• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Ob-havodan tortib noyob kompyutergacha: “Ishdagi ishq” filmining kadr ortida nimalar sodir bo‘lgan?

    “Ishqdagi ishq” filmining suratga olinishi haqida alohida film yoki hatto serial yaratish mumkin.

    Kameralarning yangiligi

    “Ishdagi ishq”ni suratga olish ishlari 1976-yil kuzida boshlanib, juda tez sur’atda olib boriladi: 63 kun ichida ijodiy guruh katta hajmdagi materialni tasvirga tushiradi. Bu kadrlar uch qismli filmga yetardi, biroq senzura va rejissyorning o‘zi film ustida astoydil ishlab, uni qisqartiradi. Aytgancha, operatorlik ishi uch parallel kamerada olib borilgan. Bunday usulda film ishlab chiqarish SSSR uchun noodatiy hol edi.

    “Rahbar Zolushka”

    Dastlab film “Hamkasblar” deb nomlangan pyesa bo‘lib, 1971-yilda Moskvadagi Vladimir Mayakovskiy nomidagi teatr va Leningraddagi Komediya teatri sahnalarida ilk bor namoyish etilgandi. Eldar Ryazanov va dramaturg Emil Braginskiyni voqeani “Qarindoshlar” nomli ikkinchi parda bilan kengaytiradi.

    Shundan so‘ng “Rahbar Zolushka haqidagi ertak” deb qayta nomlangan asarni ekranlashtirish, keyinchalik esa uni “Ishdagi ishq” degan qisqaroq nom bilan kinoplyonkaga tushirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

    Tabiatda yomon ob-havo bo‘lmaydi

    O‘sha davr kinoijodkorlari uchun asosiy syujetni shahar manzaralari va gavjum ko‘chalar tasvirlari bilan ko‘rsatish yangilik edi. Bu usul tomoshabin diqqatini chalg‘itib, ko‘nglini yozardi. O‘shanda kamera obyektiviga tushgan qor bilan qoplangan sentyabr oyidagi Moskva manzaralari filmni 3,5 daqiqaga uzaytiradi. Ryazanov mavsumga mos kelmaydigan holda muzlagan poytaxt kadrlarini filmdan olib tashlashga ko‘zi qiymaydi.

    Saralangan aktyorlar

    Aktyorlar tarkibi ham byurokratik jarayonlarni chetlab o‘tib, shoshilinch ravishda yig‘iladi — “Mosfilm” rahbariyati rejissyorga to‘liq ishonch bildirardi. Andrey Myagkov (Anatoliy Novoseltsev), Oleg Basilashvili (Yuriy Samoxvalov) va Liya Axejakova (kotiba Verochka) “Taqdir hazili” filmidan beri Eldar Ryazanovning ishonchli aktyorlari sifatida ko‘rilardi. Svetlana Nemolyaevani (Olga Rijova) esa rejissyor “Gusar balladasi”ning kastingida ko‘rib, e’tiborga olib qo‘ygan edi.

    Chetdan taklif etilgan yagona aktrisa Lyudmila Ivanova bo‘lib, u kasaba uyushmasi faoli Shura rolini ijro etadi. Alisa Freyndlixga ham “statistika muassasasi” direktori Lyudmila Prokofyevna Kalugina roli hech qanday e’tirozsiz beriladi. Eldar Aleksandrovich uzoq vaqtdan beri u bilan ishlashni orzu qilardi: aktrisani “Gusar balladasi”da ham, “Omad chiptasi”da ham ko‘rishni istagan, ammo ularning hamkorligi ilgari amalga oshmagandi.

    Verochkaning ko‘rinmas turmush o‘rtog‘i

    Braginskiy va Ryazanov Liya Axejakovaga moslab, kotiba obrazini qayta yozishga majbur bo‘lgan. Aslida Verochka 20 yoshli, erkin fikrli va jozibador qiz bo‘lib, uning turmush tarzi temperamentli aktrisaning tabiatiga mutlaqo mos kelmasdi. Shuning uchun Kaluginaning “o‘ng qo‘li”ni asosiy rollar ro‘yxatida bo‘lgan Aleksandr Fatyushinning qahramoniga “turmushga berish” to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ammo jarohatlangan ko‘zi sababli aktyor yakuniy montajga kiritilmagan.

    Natijada qahramon faqatgina telefon go‘shagida gaplashadigan ovozga aylangan. Keyinchalik Fatyushinning ovozi ham olib tashlangan — uning o‘rniga mahalliy gap-so‘zlarni yana o‘sha Basilashvili tinglaydigan bo‘lgan.

    Qahramonlarning yashash joylari

    Qahramonlarning yashash joyi ham tomoshabinlarga ularning ijtimoiy mavqeyini dastlabki soniyalardanoq ko‘rsatib beradi.

    Olya Rijova — Novoseltsev va Samoxvalovning “doim to‘rxalta ko‘tarib yuradigan” universitetdagi kursdoshi — erta tongda shahar atrofiga qatnaydigan elektrichkaga shoshiladi. Nemolyayeva gavdalantirgan qahramon “shahar tashqarisida, ammo bekatga yaqin” alohida xonadonda yashashini aytsa-da, aslida Moskva chegarasida joylashgan “Losinoostrovskaya”ni ilg‘ab olish mumkin.

    “Olimp”ga biroz yaqinroq joyda o‘ta zamonaviy kotiba Verochka: u o‘sha paytda Moskva chegarasi hisoblangan Chertanovodan keladigan ertalabki tramvayni kutadi.

    “Oddiy xodim” Anatoliy Yefremovich esa Chernishevskiy tor ko‘chasidan idoraga yo‘l oladi. Yangi o‘rinbosar Yuriy Samoxvalovning ko‘p xonali kvartirasi esa Markaziy telegrafga qo‘shni — Gorkiy ko‘chasida joylashgandi.

    Elita vakili Lyudmila Kalugina esa Moskva markazida — Katta Nikitskaya ko‘chasidagi 43-uyda, Skaterniy tor ko‘chasiga qaragan xonadonda yashaydi. Novoseltsev rahbarining uyiga tashrif buyurishdan oldin dadillik to‘plagan bolalar maydonchasi joylashgan hovli esa suratga olish uchun maxsus barpo etilgan.

    Qimmmatbaho texnikalar

    Xodimlarning yozuv jihozlari 70-yillar uchun juda hashamatli bo‘lgan: saranjom-sarishta yozuv mashinalari, yangi telefon apparatlari va hatto Bolgariyaning “Elka” elektron kalkulyatorlari. Kompyuterda yaratilgan va chop etilgan “Jakonda” tasviri esa o‘sha davr uchun haddan tashqari ilg‘or texnologiya edi.

    Lyudmila Prokofyevnaning xonasidagi kompyuter alohida e’tiborga sazovor. Bu Vengriyaning Videoton-340 rusumli kompyuteri bo‘lib, sovet davri uchun noyob va nihoyatda qimmatbaho uskuna edi, uning narxi taxminan yarim million rublni tashkil etardi. Shu bois har kuni Markaziy statistika boshqarmasi xodimi chet el texnikasini suratga olish maydonchasiga o‘zi olib kelardi.

    Obrazlarning yaratilishi

    Suratga olish guruhi Novoseltsev va uning boshlig‘ining tashqi ko‘rinishi ustida ancha ter to‘kishga to‘g‘ri kelgan. Vazifa g‘oyat murakkab edi: mashhur leningradlik romantik Jenya Lukashinni sodda va kamtar Novoseltsevga aylantirish kerak edi. Ularga sun’iy mo‘ylov va qalin linzali ko‘zoynak asqatadi. Uncha ko‘zga tashlanmaydigan, ammo juda ma’noli detal sifatida, eski tuflilarga oq paypoqlar ham qo‘shiladi.

    Freyndlixning 36 yoshli “kampir”ga aylanishi ham deyarli imkonsiz tuyulardi. Uning obrazini kinostudiya shiyponchasida sochilib yotgan shaklsiz va didsiz kostyumlar tashkil etadi. Chiroyli ko‘k yoqali, cho‘ntakli va oq tugmali katakli ko‘ylak esa, aksincha, Modellar uyida maxsus buyurtma asosida tikilgan. Keyinchalik bu libos “Ekipaj” dramasining kostyumerlariga meros bo‘lib o‘tadi.

    Ishoralar

    “Ishdagi ishq” filmi barcha personajlar ishlaydigan binoga kiraverishdagi taxtachalardagi kulgili yozuvlar shaklida ishoralarga to‘la. U yerda “Glavsovsherst”, “MZSTUFXM huzuridagi maxsus izolyator”, “Tashqi aloqalar boshqarmasi” va boshqa ko‘plab yozuvlar bor. Ular, chamasi, senzorlar e’tiboridan chetda qolgan.

    “KLOOP qoshidagi NII CHEGO” — bir vaqtning o‘zida Strugatskiy aka-ukalarning “Dushanba shanbadan boshlanadi” (NIICHAVO) qissasiga hamda sovet satirik yozuvchilari Ilf va Petrovning SSSRdagi son-sanoqsiz behuda muassasalarni masxara qilgan feletoniga ishora. “Glavriba MOSRIBSTROYNING” — Mixail Bulgakovning “Ityurak” asaridagi Sharikovning birinchi gapini eslatadi.

    “GLAVBURENIYE” esa “Chuqur burg‘ulash idorasi”ga ishora, chunki Sovetlar davrida KGBni hazillashib shunday atashardi.

    15 may, 21:30   Izoh (0)   607
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sovet filmi#aktyorlar#“Ishdagi ishq”#kino

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alisa Freyndlix, Liya Axejakova va millionlab muxlislar ko‘nglidan joy olgan sovet kinosining boshqa aktrisalari (foto)

    12.07.2022, 16:36

    “I operatsiyasi”da Shurik ko‘tarib yurgan qizchaning taqdiri qanday kechdi?

    30.12.2023, 10:35

    “U o‘lishni xohlardi, unga intilardi, u haqda orzu qilardi”. Taqdiri fojiali yakunlangan sovet kinosining mashhur aktyorlari

    10.02.2024, 16:40

    “Ularsiz sevimli filmlarimiz o‘z jozibasini yo‘qotardi”. Sovet filmlaridagi eng esda qolarli improvizatsiyalar

    13.02.2024, 12:16

    “Zita va Gita” filmi qanday suratga olingan: suratga olish maydonchasidan kadrlar va film haqidagi 13 ta qiziqarli fakt

    02.03.2024, 11:50

    Yelim, bo‘yoq, hatto benzin: grim tufayli tashqi ko‘rinishiga zarar yetgan sovet aktyorlari (foto)

    07.03.2024, 11:50

    Mashhurlik olib kelgan obrazlarini yoqtirmagan sovet aktyorlari (foto)

    16.04.2024, 19:31

    Mashhur sovet filmlarida qayta-qayta ishlatilgan rekvizitlar (foto)

    16.09.2024, 16:49

    “Kavkaz asirasi” filmi yulduzi Natalya Varley 77 yoshda: aktrisa hozirda nimalar bilan band? (foto)

    07.10.2024, 09:50

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50

    “I operatsiyasi”da Shurik qo‘lida ko‘tarib yurgan qizaloq taqdiri qanday kechdi?

    28.12.2024, 19:40

    Taqiqlangan meva shirin bo‘ladi. “Anora” filmi “o‘zbek fohishasi” haqida edimi?

    9 yanvar, 18:10

    Kesib tashlangan 177 metrlik kadr: “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmi qanday suratga olingan?

    13 yanvar, 10:31

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Kinodan butunlay ketib, 41 yoshida farzandli bo‘lgan: SSSR afsonasi — “Kelajakdan kelgan mehmon” filmidagi Alisa Seleznyovaning taqdiri qanday kechdi?

    8 mart, 14:40

    “Uchinchi xonadon, uchinchi qavat”: “Brilliant qo‘l” filmida kulgili xatolik aniqlandi

    18 mart, 16:15

    Film va seriallar tufayli butun dunyoga mashhur bo‘lgan avtomobillar (foto)

    20 mart, 08:15

    Sovet filmlaridagi yillar davomida e’tiborimizdan chetda qolgan muhim detallar

    28 mart, 09:46

    80 yoshdan oshgan o‘zbekistonlik mashhurlar  

    1 aprel, 12:07

    Nega Saaxov bunga yo‘l qo‘ygan? “Kavkaz asirasi” filmidagi mantiqsiz xatolik

    29 mart, 12:33

    “Fantomas” 61 yoshda: dunyo tomoshabinlarining sevimli komediyasi qanday suratga olingan?

    10 aprel, 15:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi

    O‘zbekiston | 16 may, 00:05

    Orol dengizi tubida yuqori darajadagi sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:50

    “Qatar AQSHdan 42 mlrd dollarlik qurol-yarog‘ va texnika xarid qiladi” — Tramp

    Dunyo | 15 may, 23:40

    Olimlar uzoq uyquning kutilmagan zararini aniqladi

    Dunyo | 15 may, 23:20

    Munosib qarshilik, o‘yinda burilish va “pley-off” bosqichiga yo‘l: “Navbahor” va “FarDU” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 15 may, 23:15

    Farg‘onada 213 mln so‘mlik byudjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 15 may, 23:05

    “Daryo” dayjesti: 15-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 15 may, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.