• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Dunyo milliarderlaridan o‘rganishga arzigulik 5 ta odat

    Har birimiz hayotimizda muvaffaqiyatga erishishni istaymiz, ammo bunga qanday erishish mumkin? Ko‘plab boy va mashhur insonlar muvaffaqiyat sari yo‘lni bosib o‘tishda ma’lum hayotiy tamoyillarga amal qilgan. Ularning kundalik odatlari, vaqtni boshqarish uslubi, intizomi va o‘z ustida ishlashi hayotini o‘zgartirishni istagan har bir kishiga ilhom manbai bo‘lishi mumkin. Quyida dunyoning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlari amalda qo‘llaydigan beshta foydali odat bilan tanishasiz.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru
    1. Qat’iyat

    Muvaffaqiyat sari yo‘l ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan iborat bo‘ladi. Muhimi ular ustida to‘xtab qolmaslik va oldinga intilish. Bu haqiqatni eng muvaffaqiyatli milliarderlar yaxshi bilishadi.

    Masalan, Apple asoschisi Stiv Jobs o‘z kompaniyasining direktorlar kengashi tomonidan ishdan bo‘shatilgan edi. Ammo o‘n yil ichida boshqa bizneslarda muvaffaqiyatga erishib, Apple’ga qaytib keldi va kompaniyani yana foydaga chiqardi.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru

    Yana bir misol Uolt Disneyning hayotidir. U mashhur Walt Disney Productions kompaniyasini ochishdan oldin bankrotlikka uchragan: uning birinchi animatsiya studiyasi Laugh-O-Gram muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

    Shuningdek, britaniyalik yozuvchi, yolg‘iz ona J.K. Rouling ham shon-shuhrat sari oson yo‘l bosmagan. Uning Garri Potter haqidagi kitobini hech bir nashriyot chop etishni istamagan: unga 12 marta rad javobi berilgan. Faqat 13-urinish muvaffaqiyat olib kelgan va keyinchalik unga ulkan gonorarlar keltirgan. Bunga qadar Rouling nafaqaga tayanib kun ko‘rgan.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru
    1. Mutolaa

    Foyda bermaydigan seriallar o‘rniga, muvaffaqiyatli insonlar ko‘p kitob o‘qishadi. Turli janrdagi kitoblarning ashaddiy ishqibozi, Microsoft asoschisi Bill Geyts ana shunday odam. U ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez sevimli kitoblari ro‘yxatini ulashadi. Internetda uning shaxsiy kutubxonasidan 100 dan ortiq asarni topish mumkin.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru

    Mark Sukerberg ham kunni mutolaasiz tasavvur qila olmaydi. Bir safar u o‘z auditoriyasiga har ikki haftada bittadan kitob o‘qishni rejalashtirganini aytgan. U va’dasida turib, eng yoqqan asarlarini obunachilari bilan bo‘lishgan.

    1. Kundalik rejim

    Muvaffaqiyatli insonlar qoidalaridan yana biri qat’iy kundalik rejimga amal qilishdir. Bu intizomni mustahkamlaydi va har doim yaxshi holatda bo‘lishga yordam beradi. Masalan, tadbirkor Ilon Maskning ish kunlari soatlab emas, balki daqiqalab rejalashtirilgan deyishadi. Uning jadvalidan faqat ish emas, balki shaxsiy rejalari ham o‘rin olgan. Maskning aytishicha, faqat shunday qilib hammasiga ulgurish mumkin.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru

    Ko‘plab mashhur milliarderlar esa rejimni yillar davomida o‘zgartirishmaydi. Masalan, Amazon asoschisi Jeff Bezos nima bo‘lishidan qat’i nazar, har kuni 8 soat uxlashga, erta 10 dan oldin uchrashuv belgilamaslikka va albatta oilasi bilan nonushta va kechki ovqat qilishga harakat qiladi.

    1. Erta tongda turish

    Muvaffaqiyatli odamlarning aksariyati tushgacha uxlamaydi va barcha muhim ishlarini ertalab bajarishadi. Tadbirkor Richard Brenson intervyularida har doim erta soat 5 larda uyg‘onishini aytadi. Bu esa unga ish va shaxsiy ishlarga ko‘proq vaqt ajratish imkonini beradi.

    The Walt Disney Company rahbariyati raisi Robert Ayger har kuni 5:30 da uyg‘onadi, shunda u bemalol gazeta o‘qish, pochtani ko‘rish va sport bilan shug‘ullanishga ulgura oladi.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru

    Oxygen Channel sobiq rahbari Jerri Leyborn esa har kuni soat 6 da uyg‘onib, ishga ketishdan oldin sayrga chiqadi. Bu esa uni kun bo‘yi energiya bilan ta’minlaydi.

    1. Sport

    Sportning foydasi hammaga ayon: har qanday shifokor doimiy mashg‘ulotlar nafaqat tanani, balki ruhiy holatni ham yaxshilashini aytadi. Muhimi — o‘zingizga yoqadigan jismoniy faoliyat turini topish.

    Mark Sukerberg jang san’atini yaxshi ko‘radi. Har kuni ishga borishdan avval bir soat kurash bilan shug‘ullanadi. Yozda yoki dam olish paytlarida esa syorfing bilan shug‘ullanishni yoqtiradi.

    Foto: Lady.mail.ru
    Foto: Lady.mail.ru

    Yevropaning eng boy kishisi va Louis Vuitton’ning egasi Bernar Arno haftasiga to‘rt soatni tennisga bag‘ishlaydi. Dunyoning eng muvaffaqiyatli qo‘shiqchilaridan biri Madonna esa ko‘p yillardan beri yoga bilan shug‘ullanadi.

    16 may, 14:56   Izoh (0)   27263
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bill Geyts#Jeff Bezos#Mark Sukerberg#Stiv Jobs#Rouling#milliarderlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sun’iy intellekt tufayli insoniyat uch kunlik ish haftasiga o‘tadi” — Bill Geyts

    24.11.2023, 15:15

    Forbes 2023-yil dekabr holatiga ko‘ra dunyoning eng boy 10 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi

    17.12.2023, 14:00

    Ilon Mask yana dunyoning eng badavlat insoniga aylandi

    30.12.2023, 09:45

    7 mln dollarga kelgan Rianna, 2500 xil taom, to‘y oldidan 3 kunlik bazm: Osiyoning eng boy odami o‘g‘lini uylantirmoqda (foto, video)

    03.03.2024, 14:40

    Osiyoning eng boy odami qanday ko‘rinishga ega va u nima bilan shug‘ullanadi?

    12.03.2024, 10:40

    Muvaffaqiyatga erishgan mashhurlar amal qiladigan 10 qoida

    25.03.2024, 18:31

    Toshkentdagi Prezident maktabi o‘quvchisi Garvard universiteti talabasi bo‘ldi

    03.04.2024, 14:06

    Dunyodagi eng badavlat insonlar reytingi e’lon qilindi

    10.04.2024, 20:50

    Yozgi topshiriq: Bill Geyts hamma o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar ro‘yxatini e’lon qildi

    25.05.2024, 12:45

    Bill Geyts Xitoy tufayli atom energiyasiga milliardlab sarmoya kiritmoqchi

    18.06.2024, 07:55

    Ilon Maskning sobiq rafiqasi uning muvaffaqiyat siri haqida gapirdi

    29.06.2024, 08:17

    Hindistonda yil to‘yiga tayyorgarlik: 27 qavatli uyda bo‘lib o‘tadigan tadbirga dunyoning eng badavlat va mashhur insonlari keladi (foto)

    08.07.2024, 12:10

    27 qavatli hashamatli uy, 6 qavatli avtoturargoh, 3 ta vertolyot maydonchasi: Osiyoning eng boy oilasi qanday uyda yashaydi?

    11.07.2024, 09:40

    “O‘g‘limning vaznidan uyalmayman”: dunyodagi eng badavlat kuyov Anant Ambani qanday kasallikdan aziyat chekadi? (foto)

    22.07.2024, 17:53

    Dubaydagi uydan shaxsiy samolyotgacha: Ambanilar oilasiga berilgan 15 ta eng qimmatbaho to‘yonalar

    10.08.2024, 19:35

    Stress darajasini kamaytirib, uzoq yashaysiz: kitob o‘qishning ko‘pchilk bilmagan foydalari

    21.10.2024, 11:45

    Muzqaymoqli ichimlik, kartoshka fri, shokoladli baton:  IT milliarderlarning o‘ziga xos diyetalari

    24.10.2024, 12:40

    Shaxsiy suvosti kemasi va “Uyda yolg‘iz 2” filmidagi xona: dunyodagi eng qimmat mehmonxonalar qanday ko‘rinishda? (foto)

    09.11.2024, 07:39

    Dunyoning eng badavlat insonlari egalik qiladigan noyob villa va qasrlar (foto)

    29.11.2024, 14:53

    Dunyoning eng badavlat odamlari bo‘sh vaqtida nimalar bilan shug‘ullanadi?

    03.12.2024, 15:49

    Milliarderlar kadrda: kinoda suratga tushgan dunyoning eng badavlat odamlari

    06.12.2024, 09:36

    Bill Geyts tavsiya qiladi: hamma o‘qishi kerak bo‘lgan beshta qiziqarli kitob

    07.12.2024, 14:10

    Ikkichi milliarderlar: ko‘pchilikni hayratga soladigan 4 ta muvaffaqiyat tarixi

    20 yanvar, 13:42

    Milliarder Bill Geyts hayotidagi eng katta xatosi haqida so‘zlab berdi

    29 yanvar, 17:45

    Bir kecha uchun kamida 8 ming dollar: Jahon yulduzlari dam oladigan dunyoning eng qimmat kurortlari

    24 mart, 21:51

    Sayyoradagi eng badavlat insonlardan biri Jeff Bezos uylanmoqda

    25 mart, 15:17

    Faqat uchtasi saqlanib qoladi: Bill Geyts kelajakda barcha kasblarning yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qildi

    3 aprel, 12:50

    Dunyodagi eng qimmat uylar qanday ko‘rinishda va kimlarga tegishli?

    10 aprel, 14:56

    Bill Geyts farzandlarini merosdan mahrum qildi. Milliarder pullari kimga qolishini aytdi 

    11 aprel, 15:55

    Bill Geyts o‘zining deyarli barcha boyligini kambag‘al va bemorlarga tarqatish niyatida

    9 may, 18:35
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ledi Gaga Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

    Layfstayl | 3 iyun, 15:40

    O‘zbekistonda O‘rmon agentligi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 15:30

    Afg‘onistonda Qurbon hayiti boshqa sanada nishonlanadi

    Afg'oniston | 3 iyun, 15:20

    DXX hajga yuborishini aytib firibgarlik qilgan yana to‘rt kishini ushladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 15:10

    Futbol yulduzlarining mashhurlikda o‘zidan qolishmaydigan rafiqalari

    Layfstayl | 3 iyun, 15:05

    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar

    Reklama | 3 iyun, 15:00

    Pokistonda 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi

    Dunyo | 3 iyun, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.