• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “Firibgarlikka qarshi chora” — banklarda fuqarolarga onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etiladi

    Joriy yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-aprelgacha O‘zbekistondagi banklarda onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 7-oktyabr kuni Markaziy bank vakillari va jurnalistlar muloqotida maʼlum qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida firibgarlik yo‘li bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 milliard so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. 

    Markaziy bank Kiberxavfsizlik markazi rahbari Olimjon Tolipovning aytishicha, mamlakatda firibgarlar tomonidan fuqarolar nomiga onlayn kredit olish jinoyati ko‘paygan. Oqibatda ayrim odamlar yemagan somsaga pul to‘lashga majbur bo‘lmoqda. Bu holat, ayniqsa, avval kredit olmagan, ishonuvchan odamlarda ko‘p uchrayapti. Shu bois bank kartalari bilan bog‘liq shubhali operatsiyalarning oldini olish uchun jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etiladi.

    “Endilikda fuqarolardan kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tish talab etiladi. Bu kredit olish uchun ariza fuqaroning shaxsan o‘zi tomonidan berilganini aniqlash va uning shaxsiga yana bir bor oydinlik kiritish uchun kerak. Shu bilan birga, fuqaro tomonidan kredit olishga ariza yuborilgandan so‘ng uning kredit tarixi 2 bosqichda (ariza tushgandan so‘ng hamda kredit mablag‘lari ajratilishidan oldin) o‘rganiladi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, mijozning qarz yuki oshgani yoki muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlansa, kredit ajratish rad etilishi yoki boshqa summada ajratilishi to‘g‘risida xabar beriladi”, deydi Markaziy bank vakili.

    Maʼlum qilinishicha, mazkur tizim firibgarlar aldoviga uchgan fuqarolar nomiga bir nechta kredit tashkilotlaridan kredit mablag‘lari ajratilishining oldini oladi.

    Bundan tashqari, fuqaro kredit tashkiloti mobil ilovasida yangi ro‘yxatdan o‘tsa yoki mavjud akkauntga boshqa qurilmadan kirsa, unga birinchi onlayn kredit ajratilganidan boshlab qo‘shimcha tasdiqdan o‘tishi lozim. Bunda P2P amaliyotlar, jismoniy shaxslar hisobvaraqlari va elektron hamyonlarga o‘tkazmalar, mobil aloqa operatorlari orqali telefon raqami hisobini to‘ldirish, chet el o‘tkazmalari hamda onlayn valyuta ayirboshlash uchun sarflashga qo‘yilgan cheklovni yechish uchun 48 soat ichida tashkilot bilan bog‘lanishi kerak. Buning uchun mijoz kredit tashkiloti tomonidan yuborilgan SMS-xabarda qayd etilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiladi. Kreditni firibgarlar taʼsirisiz olganini aytadi. Tashkilot xodimi esa mijoz bilan qayta bog‘lanib, berilgan maʼlumotlar to‘g‘riligini tekshiradi va qo‘shimcha tasdiqdan o‘tkazadi.

    Mazkur cheklovlar ajratilgan kredit mablag‘larini fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra naqdlashtirish yoki tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga taʼsir ko‘rsatmaydi.

    Agar 48 soat ichida kredit olishga ariza mijoz tomonidan firibgarlar taʼsirida berilgani aniqlansa yoki mijoz qo‘shimcha tasdiqdan o‘tishni amalga oshirmasa, kredit shartnomasi bekor qilinadi va kredit ajratish jarayoni to‘xtatiladi.

    Firibgarlar qo‘lida drop kartalar ko‘p. Yaʼni moddiy manfaat evaziga ayrim shaxslar o‘z kartasini ularga sotgan. Aldangan fuqarolar nomiga olingan kredit mablag‘lari o‘sha kartalarga o‘tkaziladi. Firibgarlar u pullarni kriptovalyutaga almashtiradi. P2Pni tartibga solish orqali muammoga yechim topish mumkin. Firibgar odamlarni aldagani kabi, bankni ham almadamasligi kerak. Shuning uchun bank xodimi mijozga qayta aloqaga chiqadi. Agar firibgar tuzog‘iga tushgan odam bo‘lsa, “men kredit olmadim”, deyishi mumkin. Shunda kredit berish to‘xtatiladi. Maqsad—shubhali onlayn kreditlarning oldini olish, fuqarolarni firibgarlar tuzog‘idan asrashdir. Bank xodimi mijoz bilan bog‘lanib, unga kimdir kredit olishni tayinlamaganiga, nega qarz olayotganiga aniqlik kiritadi. Asosiy g‘oya—mijoz kreditni mutaqil, ongli ravishda o‘ziga olayotganiga ishonch hosil qilish, dedi Olimjon Tolipov.

    Markaziy bank ushbu turdagi firibgarliklarning oldini olish maqsadida bir qator rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganib chiqilganini ochiqladi. Qayd etilishicha, onlayn kredit ajratishda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun Yevroittifoq, Avstraliya va Rossiyada 14 kalendar kunlik, AQSHda 3 kalendar kunlik, Kanadada 2 kalendar kunlik “sovish” davri amaliyoti mavjud. 

    Avvalroq Markaziy bankning Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari Davron Abdullayev “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida kiberjinoyatlar ortishiga asosiy sabab aholida moliyaviy savodxonlik yetishmayotgani bilan bog‘liqligini aytgandi. 

    Firibgarlar “Markaziy bankdanman”, deb qo‘ng‘iroq qilsa, aholi “Markaziy bank kredit bilan shug‘ullanarkan”, deb o‘ylab qolmoqda. Keyin telefoniga kelgan kodlar va “dostup”ni firibgarlarga berib qo‘ymoqda. Kredit bilan shug‘ullanish Markaziy bank faoliyatiga kirmaydi. Aholimizga telefon qilayotgan firibgarlar asosan ruslar bo‘lmoqda. Ular o‘zbekchani bilmaydi. O‘zbek fuqaroga telefon qilyapti-da, rus tilida “men Markaziy bankdanman”, deb o‘zini tanishtiryapti. O‘zbek fuqarolarda nega Markaziy bank xodimi bo‘lsa, o‘zbekcha gapira olmayapti, degan shubha ham paydo bo‘lmayapti. Firibgarlar asosan chet eldan kiberjinoyat sodir etmoqda. O‘zbekistondan emas, degan u.

    Avvalroq 2024-yil I choragida O‘zbekistonda 2-3 mingtagacha kiber firibgarlik jinoyatlari sodir etilgani xabar qilingandi. 2023-yilning yanvar–noyabr oylarida esa 5 ming 500 ta kiberjinoyat sodir etilgan. Shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari hisoblanadi.

    08.10.2024, 12:05   Izoh (0)   7939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #kiberjinoyat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda kiberjinoyatchilikka qarshi sanksiyalar kiritiladigan bo‘ldi

    02.04.2015, 09:04

    Voyaga yetmagan finlyandiyalik xaker 50 mingta kiberjinoyatda aybdor deb topildi

    09.07.2015, 19:00

    Xitoyda kiberjinoyatlar uchun 15 ming kishi hibsga olindi

    19.08.2015, 09:03

    Estoniyada Rossiya maxsus xizmatlarining kiberjinoyat tayyorlagan agenti ushlandi

    07.11.2017, 21:24

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘lida hamkorlik qiladi

    18.12.2017, 15:53

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Maxfiy xizmati bilan hamkorlik qiladi

    19.05.2018, 21:35

    Toshkentda axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

    18.07.2018, 16:22

    IIV Samarqanddagi moliyaviy piramida, Telegram-kanal orqali tarqatilgan viruslar va O‘zbekistonda qayd etilgan boshqa kiberjinoyatlar haqida ma’lumot berdi

    20.01.2019, 21:50

    “Yangi O‘zbekiston xavfsizligi konsepsiyasini qabul qilamiz” – Shavkat Mirziyoyev

    26.01.2022, 18:43

    O‘zbekiston milliy internet segmentidagi saytlarga 2021-yilda 1,3 milliondan ortiq kiberhujum uyushtirilgan

    03.03.2022, 12:59

    So‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketdi — IIV

    16.06.2022, 21:08

    Sirdaryoda kiberjinoyatchilar masjid qurilishi uchun to‘plangan 73 mln so‘mni qo‘lga kiritgani aniqlandi

    10.12.2022, 09:02

    “Aholi hanuzgacha tushunib yetgani yo‘q”. Toshkentda kiberjinoyatlar soni 2 yilda 40 baravarga ko‘paydi 

    20.02.2023, 21:15

    O‘zbekistonda fuqarolar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashgani uchun taqdirlanadi

    23.02.2023, 10:32

    O‘zbekistonda kiberjinoyatlar soni keskin oshdi

    08.09.2023, 18:50

    FT: Turkiyada Rossiyadan qochib kelgan dasturchilar tufayli kiberjinoyat darajasi oshdi

    11.09.2023, 10:32

    Dunyo mamlakatlari 2025-yilga borib kiberjinoyatlardan 10,5 trln dollar zarar ko‘rishi mumkin

    26.09.2023, 12:19

    “O‘zbekistondagi asosiy kiber firibgarliklar xorijdan turib sodir etilmoqda” — Markaziy bank vakili

    03.04.2024, 12:03

    Toshkentda bankdan 370 mlrd so‘m o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan kiberjinoyatchilar ushlandi (video)

    10.07.2024, 10:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronning Isroilga qilgan hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq odam jarohat oldi

    Dunyo | 14 iyun, 10:33

    O‘zbekiston MTJ Argentinaga qarshi o‘yin o‘tkazishi yuzasidan izoh berildi

    Sport | 14 iyun, 10:31

    Tojikistondan olib kelingan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 10:05

    O‘zbekistonda 15-iyun kuni havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 09:35

    Putin Eron va Isroil rahbarlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

    Dunyo | 14 iyun, 08:59

    Isroildagi o‘zbekistonliklarga zaruriyatsiz ko‘ngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 08:32

    Shahed kamikadze dronlari Isroil havo mudofaasini yo‘q qilish uchun uchirildi va 50 daqiqada manzilga yetib boradi — OAV

    Dunyo | 14 iyun, 00:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.