Estoniya prokuraturasi Rossiya federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda hamda mamlakat hududida davlat muassasalariga qarshi kiberjinoyatlar tayyorlagan Rossiya fuqarosi ushlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, rossiyalik erkak xavfsizlik politsiyasi tomonidan Narva chegara punktida, Estoniyadan Rossiyaga ketishga uringanida tutib qolingan.
6-noyabr kuni Xaryusk uyezd sudi uning hibsga olinishiga ruxsat berdi. Rossiya fuqarosi Estoniya respublikasiga qarshi qaratilgan nozo‘ravonlik harakatlarida hamda kompyuter jinoyati tayyorlashda gumonlanmoqda. Birinchi ayblov bo‘yicha 2–15 yil qamoq jazosi, ikkinchi ayblov bo‘yicha jarima va ikki yilgacha qamoq jazosiga berilishi mumkin.
Tergovga davlat prokurori Inna Ombler rahbarlik qilmoqda.
Izoh (0)