• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    “O‘zbekistondagi asosiy kiber firibgarliklar xorijdan turib sodir etilmoqda” — Markaziy bank vakili

    Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ikki mingtadan ortiq kiberjinoyatlar sodir etildi. Bu haqda Markaziy bankning Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari Davron Abdullayev “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

    “Markaziy bank kredit bilan shug‘ullanmaydi”

    28-mart kuni Toshkent shahrida Markaziy bank va Asaka bank hamkorligida kiberxavfsizlik hamda moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashishga doir seminar o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistonda moliyaviy firibgarliklar soni kundan kun ortib borayotgani, muammoga qarshi kurashishni kuchaytirish lozimligi aytildi.

    Davron Abdullayev fikriga ko‘ra, kiberjinoyatlar ortishiga asosiy sabablardan biri aholida moliyaviy savodxonlik yetishmayotgani bilan bog‘liq.

    “Joriy yilning I choragida ikki mingtadan uch mingtagacha kiber firibgarlik jinoyatlari sodir etilgan. Hozirda biz asosiy eʼtiborni aholini moliyaviy savodxonligini oshirish ishlariga qaratganmiz. Chunki odamlarga firibgarlar: “Markaziy bankdanman”, deb qo‘ng‘iroq qilsa, aholi “Markaziy bank kredit bilan shug‘ullanarkan”, deb o‘ylab qolmoqda. Keyin telefoniga kelgan kodlar va “dostup”ni firibgarlarga berib qo‘ymoqda. Kredit bilan shug‘ullanish Markaziy bank faoliyatiga kirmaydi. Markaziy bank to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqaro bilan ham ishlamaydi. Chunki u regulyator hisoblanadi. Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari bilan ishlaydi. Ularga yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar beradi”, — dedi mutaxassis.

    Odamlar qanday aldanadi?

    Davron Abdullayev vaziyatni tahlil qilarkan, kiber firibgarlik qanday uyushtirilayotganiga urg‘u berdi.

    “Hozirgi holatlarga qaralsa, fuqarolar qaysi vaziyatlarda aldanib qolyapti? Firibgarlar fuqaroga telefon qilib, “Markaziy bankdanmiz”, deb o‘zini tanishtiradi. “Sizni nomingizga falon summadagi (katta miqdor aytiladi) kredit rasmiylashtirilyapti, bu bizning tizimda ko‘rinib turibdi”, deydi. Shunda fuqaro shoshib qoladi. Moliyaviy bilimi bo‘lmagani uchun “rostdan ham nomimga kredit rasmiylashtiribdi”, deb o‘ylaydi-da, telefoniga qanaqa kod SMS bo‘lib kelsa, hammasini firibgarlarga aytib qo‘yadi. Hatto o‘zi bilmagan holda telefonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqaruvni ham firibgarga bermoqda. Telegramʼda ekranni ikkinchi odamga onlayn ko‘rsatib berish funksiyasi bor. Undan foydalanilsa, ekraningizda nima qilayotganingiz firibgarga ko‘rinib turadi. Firibgarlar shundan foydalanib, odamlar nomiga kreditlarni rasmiylashtirib olmoqda. Ularni aldamoqda”, — dedi u.

    “Asosiy jinoyatlar xorijdan sodir etilmoqda”

    Markaziy bank vakilining maʼlum qilishicha, O‘zbekistondagi kiber firibgarliklarning deyarli hammasi chet eldan turib amalga oshirilmoqda.

    “Aholimizga telefon qilayotgan firibgarlar asosan ruslar bo‘lmoqda. Ular o‘zbekchani bilmaydi. O‘zbek fuqaroga telefon qilyapti-da, rus tilida “men Markaziy bankdanman”, deb o‘zini tanishtiryapti. O‘zbek fuqarolarda nega Markaziy bank xodimi bo‘lsa, o‘zbekcha gapira olmayapti, degan shubha ham paydo bo‘lmayapti. Firibgarlar asosan chet eldan kiberjinoyat sodir etmoqda. O‘zbekistondan emas.

    “Podmena nomera” degan dastur bor. Unda chet elda turgan holda o‘zbekistonliklarga O‘zbekistonning mobil raqami orqali qo‘ng‘iroq qilish imkoni bor. Siz o‘sha dasturdan foydalangan xorijdagi odam bilan gaplashib bo‘lgach, u raqamga qayta qo‘ng‘iroq qilsangiz, mutlaqo boshqa odam bilan bog‘lanasiz. Odamlar shu orqali ko‘p aldanib qolyapti”,—dedi Davron Abdullayev.

    Markaziy bankning maʼlum qilishicha, firibgarlar Telegramʼda “Markaziy_Banki_uz” nomli soxta kanal orqali fuqarolarga onlayn kreditlar taklif etmoqda. Aldangan fuqaroning bank kartalariga oid maʼlumotlarni qo‘lga kiritgach, uning pullarini o‘zlashtirish holatlari ko‘p uchramoqda. Regulyator fuqarolardan bunday xabarlarga eʼtibor qaratmaslik va bank kartalari maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslikni so‘ragan.

    Mutaxassislar fikricha, aholida moliyaviy savodxonlik oshsa, bu kabi firibgarlik holatlari kamayadi. Aks holda muammo barham topishi qiyin bo‘lishi mumkin.

    Maʼlumot uchun, 2023-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 5 ming 500 ta kiberjinoyat sodir etilgan. Shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlari hisoblanadi.

    03.04.2024, 12:03   Izoh (0)   15332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inflyatsiya yana pasaydi. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxlari qanday o‘zgardi? 

    01.04.2024, 11:17

    O‘zbekiston byudjeti taqchilligi rekord darajada ortdi. Nimalarga ko‘p xarajat qilingan? 

    01.04.2024, 20:30

    O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun yillik to‘lov miqdori maʼlum qilindi

    02.04.2024, 12:12

    O‘zbekiston byudjetidan qaysi sohaga eng ko‘p subsidiyalar ajratilayotgani maʼlum bo‘ldi

    02.04.2024, 19:00

    Uzcard va Humo bankomatlarini birlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi

    31.07.2023, 17:25

    O‘zbekistondagi 26 ta bank 3,8 mlrd so‘m jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi

    02.06.2023, 23:48
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05

    Razvedka Putin harbiy yordam uchun Kim Chen Inga nima berganini aniqladi

    Dunyo | 30 may, 10:58

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42

    iPhone 16 modeli 2025-yilda dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi

    Texnologiyalar | 30 may, 10:24

    O‘zbekistonda 5 yilda kiberjinoyatlar bilan 1,9 trln so‘mdan ortiq pul talon-toroj qilindi

    O‘zbekiston | 30 may, 10:16

    La Liga. VAR 16 marta “Barselona” foydasiga qaror qabul qilgan, “Real Madrid” eng ko‘p zarar ko‘rgan jamoaga aylandi

    Sport | 30 may, 10:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.