Voyaga yetmagan fin xakeri Julius Kivimaki ikki yillik shartli qamoq jazosini oldi. Bu haqda Finlyandiyaning “Kaleva” gazetasiga asoslanib, The Daily Dot xabar bermoqda.
Zeekill laqabi bilan tanilgan 17 yoshli Kivimaki Lizard Squad xakerlar guruhi tarkibida 50,7 ming kiberjinoyatni amalga oshirgan.
Ushbu jazodan tashqari, sud qaroriga ko‘ra, o‘smir “kiberjinoyatga qarshi kurashishi” lozim. Ammo bu qanday yuz berishi kerakligiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)