• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIV Samarqanddagi moliyaviy piramida, Telegram-kanal orqali tarqatilgan viruslar va O‘zbekistonda qayd etilgan boshqa kiberjinoyatlar haqida ma’lumot berdi

    O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi kiberjinoyatchilik haqida ma’lumot berib, mamlakatda qayd etilgan shunday holatlarni sanab o‘tdi.

    Foto: IIV

    Foto: IIV

    Ayni vaqtda axborot chegara bilmas kuchga aylanib, u butun dunyo aholisini boshqarmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Eng yirik global makonga aylangan internet nafaqat shaxsga, balki jamiyat va davlat xavfsizligiga daxl qiluvchi qurolga ham aylanib bormoqda.

    Mamlakatda har bir fuqaroning o‘zi istagan axborotni olish va undan erkin foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlangan. Lekin, ushbu imkoniyatlardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanayotgan shaxslar ham yo‘q emas. Ular virtual olamda insonlar ongini zaharlash, o‘zganing boyligiga ko‘z tikish va shaxsning qadr-qimmatini toptash bilan bog‘liq harakatlarni sodir etib, jinoyatchilikka qo‘l urmoqda. Aynan shu orqali globalizatsiya jarayoni hayotimizga “kiberjinoyat” tushunchasini olib kirdi.

    Kiberjinoyat virtual fazoda sodir etilayotgan jinoyat hisoblanib, uning vujudga kelishi bevosita internet tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. U dunyoda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida 4-pog‘onada turadi. Kiberjinoyatchilik iborasi o‘z ichiga kompyuter tizimi va tarmog‘i yordamida yuz berayotgan barcha jinoyatlarni qamrab oladi. Unda tor ma’noda kompyuter tizimi jinoyat quroli bo‘lsa, axborot xavfsizligi esa jinoyat ob’ekti hisoblanadi.

    Qisqacha qilib aytganda, kiberjinoyat insonlar tomonidan pul topish, boylik orttirish yoki boshqa g‘arazli maqsadlarda hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgan axborot texnologiyalaridan noqonuniy foydalangan holda amalga oshiriladigan ijtimoiy xavfli qilmishdir.

    Uning asosiy turlari sirasiga viruslar yordamida zarar yetkazuvchi dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi raqamlarni o‘g‘irlash, firibgarlik shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlarni — bo‘hton, pornografik materiallarni tarqatish kabilar kiradi. Ammo global tarmoqda bu jinoyatning yil sayin yangi turlari paydo bo‘lmoqda.

    O‘z o‘rnida, dunyo mamlakatlari mazkur dolzarb muammoga qarshi kurarshish maqsadida 2001-yil 23-noyabrda “Kiberjinoyat to‘g‘risida”gi Budapesht konvensiyasi qabul qilindi. Hozirda ushbu konvetsiyaga 40 ga yaqin davlatlar a’zo bo‘lgan. Bundan tashqari, 2013-yilning 17-yanvarida Gaagada kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha Yevropa markazi rasman ochildi.

    O‘zbekistonda ham jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish, ularning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada endigina hayotga kirib kelayotgan munosabatlarda yuzaga keladigan jinoyatlarni o‘rganish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi negizida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni tashkillashtirish” bo‘linmasi tashkil etildi. O‘tgan vaqt davomida mazkur bo‘linma tomonidan axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, oldini olish, qarshi kurashish va fosh etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

    O‘z o‘rnida aniq misollarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Samarqand viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan “Oltinyul.uz” va “E-sum.uz” veb-saytlari orqali fuqarolarni mulkiy manfaatga qiziqtirib, “Moliyaviy piramida” loyihasi tuzilgan. Shu asosda 8 200 nafardan ziyod fuqarondan jami 450 mln. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari yig‘ilib, ushbu guruh tomonidan o‘zlashtirilgan.

    Holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan N.R. va uning sheriklariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1881-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Bundan tashqari, 2018-yil 23-iyul kuni Toshkent shahrida 5 ta avtotransport vositasi davlat raqamlari o‘g‘irlanib, jabrlanuvchilardan davlat raqamlarini qaytarish evaziga Internet tarmog‘idagi QIWI va WEB money elektron tizimlari orqali pul talab qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Bektemir tumanida yashovchi 19 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

    Shuningdek, bo‘linma faoliyati davomida axborot texnologiya vositalarini virus va zararli dasturlar tarqatish orqali shikastlash holati ham aniqlangan. Jumladan, 2018-yilning 4-oktabr kuni Internet tarmog‘idagi Telegram mesendjeridagi “Bollar Va Qizlar” nomli 374 mingdan ortiq a’zolari bo‘lgan kanaldan telefon va kompyuter vositalariga zarar keltiruvchi dasturlar tarqatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi M.V. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

    Shu kabi jinoyatlar, qotillik va o‘zini o‘ldirishga undovchi harakatlarga qarshi kurashish borasida respublikada eng avvalo bularning asosi bo‘lgan axborot tarmoqlari, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazalar yaratilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasida “Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir”, deb belgilab qo‘yilgani bu sohada tashlangan ilk muhim qadam bo‘ldi.

    Bundan tashqari, 2003-yil 11-dekabrda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi va 2007-yil 27-dekabrdagi “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

    Xulosa qilib aytganda, tobora kuchayib borayotgan globallashuv jarayonida bu kabi xurujlar, kiberjinoyatlardan saqlanish, ularga qarshi kurashish uchun har bir shaxsning hushyor va ogoh bo‘lishini davrning o‘zi taqozo etmoqda. Shuningdek, hozirgi kunda qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyati to‘g‘risida yoshlar orasida profilaktika-tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir, deyiladi xabarda.

    20.01.2019, 21:50   Izoh (0)   38408
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi Frankfurtda muzokara olib bordi

    20.01.2019, 21:41

    Toshkentda qirg‘izistonlik soxta muhrdan foydalanib, taksopark mashinasini sotib yubordi

    20.01.2019, 20:52

    Nemis tilidagi “O‘zbekiston onlayn” sayti foydalanuvchilari soni 100 mingdan oshadi

    20.01.2019, 20:21

    O‘zbekistonda rotavirusga qarshi vaksina ishlab chiqariladi

    20.01.2019, 19:51

    O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2018-yildagi faoliyati sarhisob qilindi

    20.01.2019, 19:20

    Hindiston korporatsiyasi Andijonda agroklaster tashkil etadi

    20.01.2019, 19:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.