AQSh prezidenti Barak Obama 1-aprel, chorshanba kuni mamlakat xavfsizligiga xatar soluvchi kiberjinoyatchilarga nisbatan sanksiyalar kiritish imkonini beruvchi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Oq uy bayonotiga tayanib.
Hujjatga muvofiq, sanksiyalar qo‘llaniladigan shaxslarni aniqlash bilan moliya vazirligi, davlat departamenti, shuningdek adliya vazirligini boshqaruvchi bosh prokuror shug‘ullanadi. Farmon AQSh sanksiyaviy ro‘yxatlariga kiberhujum va kiberjosuslikda ishtirok etayotgan, yoki ularga u yoki bu shaklda yordam berayotgan xorijiy shaxslarni kiritishga imkon beradi.
AQSh sanksiyalari Amerika yurisdiksiyasida bo‘lgan kishilar aktivlarini muzlatib qo‘yish, shuningdek ular bilan ishbilarmonlik munosabatlarini taqiqlashni nazarda tutadi.
Izoh (0)