Xitoyda kiberjinoyatlarda gumon qilinib, yarim yil ichida 15 ming kishi hibsga olindi, deya xabar bermoqda Reuters.
Politsiya tarmoqdagi jinoyatlar haqidagi jami 7,4 mingta ishni tergov qildi hamda 66 ta saytni pornografiya, qurol yoki portlovchi moddalar sotish haqida e’lonlar hamda qimor o‘yinlari reklamalarini joylashda gumonlab, tekshirib chiqdi.
Nashr eslatishicha, 2015-yil iyulida Xitoyda tarmoqdagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha olti oylik dastur ishga tushirilgan va u “Internetni tozalash” deb nom olgan edi.
Izoh (0)