Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatining 14 ta shahrida suv iste’moli tanqis darajaga yetgan. Tabriz shahrida atigi 75 kunga yetadigan suv zaxirasi qolgan. Bu haqda Sharqiy Ozarbayjon mintaqaviy suv kompaniyasi rahbari Yusuf G‘afforzoda matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, mintaqada ichimlik suvining o‘rtacha iste’moli soniyasiga 12 ming litrni tashkil etadi. Eng yuqori iste’mol paytida esa bu ko‘rsatkich 13 ming litrdan oshib ketadi.
G‘afforzodaning ta’kidlashicha, hozirda ichimlik suvining yillik iste’moli 380 million kub metrga yetgan bo‘lib, bu jiddiy boshqaruvni talab qiladigan katta raqam hisoblanadi. Qishloq hududlarida esa 90 million kubometr suv sarflanmoqda.
Suv kompaniyasi rahbarining ma’lum qilishicha, ayni paytda viloyatning beshta shahri “qizil” holatda (inqiroz vaziyatida) bo‘lib, to‘qqizta shahar esa inqiroz chegarasiga yaqinlashmoqda. Tabriz ham ana shu inqirozli shaharlar qatoriga kiradi.
Izoh (0)