Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Prezident axborot xizmati xabariga ko‘ra, maktublarda Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan siyosat, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar eʼtirof etilmoqda.
Davlat rahbariga mustahkam sog‘lik va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor qilingan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
- Rossiya prezidenti Vladimir Putin,
- Xitoy raisi Si Szinpin,
- Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,
- Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov,
- Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon,
- Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
- Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
- Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev,
- Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko,
- Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an,
- Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
- Koreya prezidenti Li Chje Myon,
- Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,
- Italiya prezidenti Serjo Mattarella,
- Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar,
- Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich,
- vitse-prezidenti, bosh vaziri o‘rinbosari, prezident devoni raisi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,
- BAA bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
- Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev,
- Rossiya Federal majlisi federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko,
- Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin,
- Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev,
- Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan,
- Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev,
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev,
- Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev,
- Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon,
- Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati Raisi Bakitjan Sagintayev,
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso,
- Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef,
- Yevrosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov,
- Xitoy eksport-import banki boshqaruvi raisi Chen Xuayuy,
- Ipak yo‘li fondi raisi Chju Szyun,
- Moskva va butun rus patriarxi Kirill,
- Kavkaz musulmonlar idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda,
- Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer,
- Yevroparlamentning Fransiyadan saylangan deputati Tyerri Mariani,
- AQSH Kongressi aʼzolari Trent Kelli va Kerol Miller,
- Tatariston raisi Rustam Minnixanov,
- Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov,
- Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm.
“Qutlovlar kelishda davom etmoqda”, deya xabar qilgan Prezident axborot xizmati.
Izoh (0)