Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Braziliyalik futbolchini Londonning “Chelsi” klubi o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Klub rahbariyati Rodrigoni xarid qilish uchun 120 million yevro ajratishga tayyor. Agar transfer amalga oshsa, 24 yoshli hujumchi londonliklarning hujum chizig‘idagi asosiy yulduzga aylanishi mumkin.
Futbolchi Enso Mareska boshchiligida jamoa hujum chizig‘ini qayta qurish rejasining asosiy qismi sifatida ko‘rilmoqda. Londonliklar old chizig‘ini Koul Palmer va Nikolas Jekson atrofida shakllantirmoqchi, Rodrigoning qo‘shilishi bu rejani yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta assist qayd etdi. Uning transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.
Rodrigoning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar amal qiladi. Biroq “Chelsi” Madrid klubi rahbariyati va futbolchini qoniqtiradigan moliyaviy taklif bilan chiqishni maqsad qilgan.
Izoh (0)