• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Anchelotti dahosi. “Real”ning 35-chempionligi haqida

    “Real Madrid” tarixda 35-marotaba Ispaniya chempioniga aylandi. Bu voqea Kataloniyaning “Espanyol” klubiga qarshi o‘yinda (4:0) qayd etildi. “Qirollik klubi” bu safar titulga qanday yetib keldi? Mazkur sahifada bu haqda biroz mulohaza yuritiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    To‘g‘ri tanlov

    2021-yilning 1-iyun kuni Madridning “Real” jamoasi Karlo Anchelotti bilan 3 yillik shartnoma imzolangani haqida e’lon qildi. To‘g‘ri, bu uning Madridga ikkinchi kelishi, biroq bu safargi tashrif atrofida kuzatilgan jarayonlar uni alohida voqelik sifatida ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

    O‘sha vaqt bu qarorni barcha birdek qabul qildi deyish qiyin. 2021-yil avvalidan beri Antonio Konte va Massimiliano Allegri nomlarini klub bilan shu qadar ko‘p bog‘lashgandiki, birdaniga Karlo Anchelottining bosh murabbiy etib tayinlanishi ba’zi muxlislar tomonidan majburiy yo‘l sifatida qabul qilindi. Boshqa tomondan bu qarorni kutilmagan deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Unutmaslik kerak klub Zinedin Zidan murabbiyiligidan chiqib kelayotgandi. Karlo Anchelotti esa fransiyalikning ustozi hisoblanadi. Jamoa o‘yiniga yondashuv ikkisida juda o‘xshash. Ya’ni, yangi tayinlov bilan Florentino Peres boshqa istalgan murabbiy tanlovidagi yuz berishi mumkin bo‘lgan risklardan qochdi, uni minimallashtirdi.

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    Boshqa bir faktor post-Ronaldu davridan chiqish bilan bog‘liq. Albatta, Zidan Ronaldusiz ham Ispaniyada chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi, biroq bu ko‘proq murabbiyning rotatsiyalari evaziga, maydondagi alohida yorqin futbolchilarsiz qo‘lga kiritilgan titul edi. Ha, o‘shanda ham deylik Benzema yoki Modrich tarkibda edi. Ammo, ular joriy mavsumdagi kabi yorqin ko‘rinishmagan o‘shanda, garchi hozirgidan  ko‘ra yoshroq bo‘lishlariga qaramay. Bundan tashqari klubni Serxio Ramos ham tark etgandi. “Ronaldusizlik tenglamasi”ni yechish Zidanning zimmasiga tushgan bo‘lsa Ramos ketgach yuzaga keladigan vaziyatni nazorat qilish uchun ham mos murabbiy kerak edi. Bir so‘z bilan aytganda – ayni davr uchun Anchelottidan ko‘ra mosroq murabbiyni topish qiyin edi.

    Kim va nima o‘zgardi?

    Murabbiylik uslublari haqida gapirganda Anchelottini murakkab falsafa yoki boshqotirmalar ustasi sifatida bilmaymiz. Tarkibdagi futbolchilarning individualligi Anchelotti uchun doim eng muhimi bo‘lgan. Qo‘l ostidagilarning har biridan qanday foydalanishni bilishidan tashqari u alohida futbolchi uchun samarani oshiruvchi shaxsiy ko‘rsatmalarni maromiga yetkazadi. Bu galgi eng yorqin misol – Vinisius Junior.

    U “Real”ning samara ko‘rsatkichi eng yomon futbolchilaridan biri edi – 2020/21-yilgi mavsumda (La Liga va YChL) jami 57 zarba bilan 6 ta golga erishgan. Anchelotti kelgach esa mavsumning o‘rtasidayoq 58 zarbasining 12 tasini golga aylantirib ulgurdi.

    Foto: “Real”

    Foto: “Real”

    Italiyalik mutaxassis Vinisiusdagi potensialning to‘liq va tez bo‘y ko‘rsatishi ishonch va ruhiy holat bilan bog‘liqligini his qilib futbolchiga shaxsiy psixolog yollashni maslahat beradi. Hujumchi bu maslahatga quloq tutgan. Bundan tashqari avvallari katta masofani bosib o‘tib madori qolmay noaniq zarbalar yo‘llaydigan, charchoq oqibatida samarasiz driblingga beriladigan Vinisiusga sifatli jismoniy tayyorgarlik ham kerak edi.

    Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintusning klubga qaytishi ham muhim o‘zgarishlardan biri edi. Zidanning so‘nggi mavsumi jarohat girdobida o‘tganini unutmagandirsiz. Butun mavsumi uchun oltmishga yaqin jarohat. Tahlillar jarohatlarning aksari jismoniy tayyorgarlikdagi xatolar va yuklamaning noto‘g‘ri taqsimlanishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatardi. Bu holatda klubni tark etib, “Inter”da Italiya chempioniga aylangan Antonio Pintusni ortga qaytarish Anchelotti erishgan eng katta yutuqlardan biri edi. Yuqorida eslanganidek Vinisius Junior yoki Rodrigo, Luka Modrich, Toni Kross va Kazemiro singari futbolchilarga yuklamani to‘g‘ri taqsimlashda Pintusning o‘rni juda katta. Natija yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

    Benzema

    Chempionlik va yorqin mavsumning maydondagi bosh ismi — Karim Benzema. Bugun fransiyalik futbolchining chempionat va Chempionlar Ligasidagi “gol+pas” ko‘rsatkichi 53 ochkoga yetib bo‘lgan. Ammo raqamlar Benzemaning bor qadrini ko‘rsatib berolmaydi, bu safar. Bu gal u mavsumni yakka yetakchi, haqiqiy qutqaruvchi va xarakter ramzi sifatida o‘tkazmoqda. “PSJ”, “Chelsi” va “Manchester Siti”ga qarshi YChL o‘yinlari buning yorqin misoli. Biroq Benzemaning jamoadagi o‘rni yaqqol namoyon bo‘lgan o‘yin ikkinchi davrada “Barselona”ga qarshi o‘tgan uchrashuv edi. “U o‘yinni o‘tkazib yuborgandi-ku”, — deysizmi? Aynan u bo‘lmagani uchun ham keyingi voqealar yuz bergan va futbolchining bor mavqeyi namoyon bo‘lib qolgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Biz Benzemaga bog‘lanib qolganmiz. Buni rad etmayman, hatto Karimga bog‘liqligimizdan juda xursandman. U zamonaviy futbolda hujumchi qanday bo‘lishi keraklining mukammal misoli

    Karlo Anchelotti

    Albatta shuncha maqtovdan so‘ng jamoaning himoya chizig‘i butun mavsum uchun juda yomon taassurot qoldirganini aytib o‘tish lozim. David Alabaning moslashuv jarayoni hali yakunlanmagan, Eder Militaoning o‘yini beqaror bo‘lib qolmoqda, Ferlan Mendi jarohat tufayli ko‘p vaqt yordam berolmadi. Bunga o‘xshash sabablar yetarli. Shuning uchun ham kelasi mavsum uchun transfer maqsadlari qatorida birinchi bo‘lib markaziy himoyachilar aytilmoqda.

    Hozir esa joriy mavsumdagi chempionlikni nishonlash mumkin. Bu munosib g‘alaba edi. Natija bilan jamoaning butun dunyodagi muxlislarini tabriklash mumkin.

    Darvoqe, endilikda Karlo Anchelotti Yevropaning top-5 birinchiliklarida chempion bo‘lgan tarixdagi ilk murabbiyga aylandi. U futbolchilari bilan hali YChLda ham g‘alaba qozonish imkoniyatini saqlab turibdi.

    Orif Tolipov

    30.04.2022, 23:52   Izoh (0)   31060
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    APL. “Manchester Siti” safarda 4 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonib, yana peshqadamga aylandi

    30.04.2022, 23:43

    Superliga. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Olimpik”dan 5 ta gol o‘tkazib yubordi. “Neftchi” Samarqandda ochko yo‘qotdi

    30.04.2022, 22:55

    “Real” yirik g‘alabaga erishib, muddatidan avval La Liga chempioni bo‘ldi

    30.04.2022, 21:19

    Bundesliga. Chempion “Bavariya” safarda o‘z darvozasidan 3 ta gol o‘tkazib yubordi. “Borussiya D” ham 7 ta gol urilgan o‘yinda yutqazib qo‘ydi, Holanddan het-trik

    30.04.2022, 20:56

    Mino Rayola vafot etdi. Agentning oila a’zolari buni tasdiqladi

    30.04.2022, 19:39

    APL. “Liverpul” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi va birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

    30.04.2022, 18:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi — tadqiqot

    O‘zbekiston | 20 iyun, 09:24

    Isroil Eronga qarshi urushda kuniga qancha mablag‘ sarflamoqda?

    Dunyo | 20 iyun, 09:13

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. Messining jarimadan kiritgan goli “Inter Mayami”ga g‘alaba taqdim etdi, “PSJ” esa kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)

    Sport | 20 iyun, 08:45

    Eron tashqi ishlar vaziriga suiqasdning oldi olindi

    Dunyo | 20 iyun, 08:27

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.