“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh hamda himoyachi Virjil van Deyk jamoa bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, Saloh yangi shartnoma imzolashga yaqin. Virjil van Deyk bilan ham shartnoma tez orada uzaytirilishi kutilmoqda.
“Trent Aleksander-Arnold esa ”Real“ga o‘tishga yaqin”, – deb yozgan Romano.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda APLda “Liverpul” jamoasi 73 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Eng yaqin taʼqibchisi hisoblangan “Arsenal”dan 11 ochkoga ilgarilab ketgan.
Izoh (0)