Daryo

Muhammad Saloh dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin

Misrlik futbolchiga Saudiya Arabistoni klubi qiziqish bildirmoqda

1 daqiqa o‘qish24 486 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiyaning “Al-Hilol” klubi braziliyalik hujumchi Neymar bilan xayrlashgach, yangi yulduz futbolchini jamoaga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Al-Hilol” “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni transfer qilishni maqsad qilgan. Salohning ingliz klubi bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Agar misrlik futbolchi Saudiya klubiga o‘tsa, u dunyoning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy mavsumda Saloh barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 55 million yevroga teng.

Avvalroq Saloh Saudiya Arabistoni chempionati klubiga erkin agent sifatida o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar