Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 26-turidan o‘rin olgan uchrashuv bugun, 23-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi bo‘limda urildi. 14-daqiqada Soboslaining uzatmasidan so‘ng Salah hisobni ochdi. 37-daqiqaga kelib esa Salah to‘pni Soboslaiga uzatdi va uning zarbasi aniq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda maydon egalari bir qator vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq ulardan naf chiqmadi.
56-daqiqada mehmonlar hisobni yiriklashtirgan edi, biroq ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari holat borligi maʼlum bo‘ldi va gol bekor qilindi. Yakuniy hisob 0:2.
APL
26-tur bahsi
23-fevral, yakshanba
“Manchester Siti” — “Liverpul” 0:2
Gollar: 0:1 — Salah (14), 0:2 — Soboslai (37).
“Manchester Siti” — Ederson, Lyuis, Husanov, Ake (Diash, 77), Gvardiol, Niko (Kovachich, 78), de Bryuyne (Makeyti, 66), Savinio, Doku, Foden, Marmush (Gundo‘g‘an, 77).
“Liverpul” — Alisson, van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Kvansa, 90+2), Robertson (Simikas, 74), Gravenberh, Mak Allister, Soboslai, Dias (Gakpo, 79), Jons (Endo, 74), Saloh (Elliot, 90+2).
Izoh (0)