• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “2030-yilga borib, yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 200 mlrd dollarga yetkazish maqsadini qo‘ydik” – Shavkat Mirziyoyev

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni temiryo‘l va aviatsiya sohasidagi davlat kompaniyalarida transformatsiya jarayonlarining borishiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ham iqtisodiy samaradorlik, ham odamlarga qulaylik nuqtayi nazaridan bu sohada katta o‘zgarishlar qilinmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 6 ta mustaqil korxona tashkil etildi. 1 ming 200 ta yangi yuk vagoni olindi, ichki yo‘nalishda yuk tashish vaqti 2 karra kamaydi.

    Raqamlashtirish natijasida vagonga buyurtma berish 7 bosqichdan 3 bosqichga, bunga ketadigan vaqt 72 soatdan 12 soatga qisqardi. Toshkent atrofida poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi. Ilgari zarar bilan ishlagan aksiyadorlik jamiyati bu yil 30 milliard so‘m foydaga chiqyapti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aviatsiya sohasidagi kompaniyalarda ham o‘sish bor. Uzbekistan Airways tizimida aviaqatnovlar 25 foiz ko‘paydi. Mahalliy yo‘nalishlarda samolyotlar soni 8 taga yetib, ichki qatnovlar 2,5 barobarga oshdi. Markaziy Osiyodagi xalqaro tashuvlarda milliy aviakompaniyamiz ulushi 20 foizga yetdi. Yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 6 million nafardan oshishi kutilmoqda.

    Uzbekistan Airports samolyotlar, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilingani samara beryapti. Dunyodagi 44 ta aviakompaniya yurtga parvozni amalga oshiryapti. Aeroportlar orqali yuk tashish hajmi ham bu yil 22 foizga oshishi ko‘zda tutilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Lekin hali vazifalar ko‘p. Transport yo‘llari qanchalik muhimligini dunyodagi murakkab vaziyat ham ko‘rsatyapti.

    Shu bois yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, transport xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim.

    Yig‘ilishda shu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

    Mamlakatimizda iqtisodiyot, savdo aloqalari yildan yilga rivojlanyapti. Aholi daromadi, hududlarning turizm salohiyati ham oshyapti. 2030-yilga borib, yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish maqsadini qo‘ydik. Shuning uchun transport “arteriya”lariga alohida ahamiyat berishimiz kerak, dedi prezident.
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Buning uchun barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratib berilmoqda. Hozirgacha sohada 25 yil oldin qabul qilingan qonun bo‘yicha ish yuritib kelinar edi. Shu jihatdan, bugun yangi tahrirda imzolangan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu sohaga xususiy kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirishga keng yo‘l ochadi.

    Endi soha rahbarlari ish uslubi va yondashuvlarini keskin o‘zgartirib, natijani taʼminlashi zarur. Buning uchun, avvalo, sohada transformatsiyani jadallashtirish, qurilish va modernizatsiya loyihalarini sifatli bajarish lozim. Xalqaro kredit reytingi olish, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish, investitsiyalarni samarali ishlatish ham muhim vazifalar qatorida.

    O‘zbekiston havo yo‘llari hali aholini rozi qiladigan darajaga yetgani yo‘q. Xalqaro reyting olib, tashqi bozorga chiqish kechikyapti. Oqibatda tannarx yuqoriligi uchun chipta narxida sezilarli o‘zgarish yo‘q. Xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi sust.

    Shu bois konsalting kompaniyasi jalb qilib, transformatsiya bo‘yicha aniq dastur va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Uzbekistan Airports tizimida asosiysi – xizmatlarni ko‘paytirish va xususiy sheriklikni kengaytirish. Samarqand aeroporti xususiy boshqaruvga berilgach, parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobar oshgan. Endi Namangan, Andijon, Buxoro va Urganch aeroportlarida ham shunday maqsad ko‘zlangan. Yil yakunigacha aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni 2 karra ko‘paytirish, daromadni 25 foiz oshirish mo‘ljallangan.

    Xalqaro bozordan mustaqil resurs jalb qilish, Navoiy aeroporti terminalidan to‘liq foydalanish choralari belgilandi.

    Davlat rahbari mazkur uchta kompaniyada raqamlashtirishni jadallashtirish, rejalarni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy natijadorlikni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    26.11.2024, 20:42   Izoh (0)   4491
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#temir yo'l#avia

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev samolyot va poyezd chiptalari narxi qimmatligini tanqid qildi

    28.01.2020, 21:50

    Shavkat Mirziyoyev transport vaziriga so‘nggi marta ogohlantirish berdi

    07.06.2022, 18:59

    Qoraqalpog‘istonda bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari qurilishiga qo‘shimcha 5 trln so‘m ajratiladi

    26.08.2022, 14:08

    “2025-yilda milliy iqtisodiyotimizni sifat jihatidan mutlaqo yangi darajaga olib chiqishimiz shart” — Shavkat Mirziyoyev

    13.02.2024, 20:40

    Jizzaxdagi BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqdi (foto)

    27.06.2024, 13:49

    Prezident Zominda barpo etilayotgan sanoat texnoparkida Xitoy investitsiyalari ishtirokidagi ilk loyihalarga start berdi (foto)

    27.06.2024, 17:22

    “Anjuman kun tartibiga kiritilgan Qorabog‘ deklaratsiyasining imzolanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    06.07.2024, 17:15

    “Daryo” dayjesti: 15-iyulning eng muhim xabarlari

    15.07.2024, 22:15

    Avgust oyida Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi temiryo‘l ishga tushiriladi — “Nezavisimaya gazeta”

    16.07.2024, 22:15

    Turizm sohasida oliy taʼlim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi

    16.07.2024, 21:35

    Prezident raqobatni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi 

    05.08.2024, 20:41

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi

    08.08.2024, 12:48

    Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qismi ochildi (foto)

    29.08.2024, 22:24

    Shavkat Mirziyoyev aholini munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasiga to‘xtaldi 

    31.08.2024, 20:09

    “Buyuk xalqimizga farzandlik mehri bilan ta’zim qilaman!” — Shavkat Mirziyoyev

    31.08.2024, 21:16

    Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionat O‘zbekistonga berildi

    03.10.2024, 14:29

    Boysun va Uzunda kavrak, Muzrabotda sholi yetishtirish: prezident Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    22.11.2024, 21:09

    Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonidagi keyingi qadamlarni muhokama qildi

    22.11.2024, 21:44

    “Har bir xonadon, har bir korxona tabiatni asrashga hissa qo‘shishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    23.11.2024, 13:44

    Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanida barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi

    23.11.2024, 15:28

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “Yangihayot” industrial texnoparkida bo‘ldi 

    23.11.2024, 16:45

    Shavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi “Xushnud” mahallasida bo‘lib, aholi hayoti, hududdagi o‘zgarishlar bilan tanishdi

    23.11.2024, 18:29

    O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim maʼmuriy javobgarliklar bekor qilinadi

    24.11.2024, 13:37

    Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

    25.11.2024, 14:24

    O‘zbekiston drama teatrining yangi mavsumi “Romeo va Julyetta” spektakli bilan boshlandi (video)

    26.11.2024, 12:30

    Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi

    25.11.2024, 21:40

    O‘zbekistonda 2025-yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi

    25.11.2024, 21:59

    Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi

    25.11.2024, 21:11

    Ishdan olingan bosh vazir yordamchisi va uning akasi, Komil Allamjonovga suiqasdda gumonlanib, qamoqqa olinganlar, Qashqadaryoda ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirgan er...

    25.11.2024, 23:10

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining raisi etib saylandi

    25.11.2024, 23:00

    Oq uy Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berganini tan oldi 

    26.11.2024, 03:38

    Britaniya Ukrainaga yashirincha uzoqqa uchadigan raketalar yetkazib berdi — OAV

    26.11.2024, 11:25

    O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda 

    26.11.2024, 11:55

    “Parkovka monopolisti”: Toshkentda pulli to‘xtash joylari yagona boshqaruvchiga sotildi

    26.11.2024, 14:32

    Trampning maslahatchisi pora talab qildi — WP

    26.11.2024, 15:18

    O‘zbekistonda davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlari ish haqi oshiriladi

    26.11.2024, 16:26
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.