• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turizm sohasida oliy taʼlim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu haqda shu yil 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi hamda tadbirkorlar bilan muloqotda topshiriq berilgan edi. Ushbu topshiriqlar va bildirilgan takliflar asosida soha rivojiga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Xususan, xorijiy turistlarni yurtimizga jalb qilish uchun turizm tashkilotlarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 50 million dollar qiymatida alohida kredit liniyasi ochilmoqda. Bu kreditlar milliy valyutada yillik 17 foiz stavkada, 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilga ajratiladi.

    Salohiyati yuqori bo‘lgan joylarda master-rejalar asosida turizm maskanlari barpo etiladi. Bunday hududlar infratuzilmasini yaxshilash uchun joriy yilda respublika byudjetidan 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, ularning har biriga 50 million dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Turizm sohasidagi tadbirkorlar uchun qator yengilliklar ham nazarda tutilmoqda. Ular orasida avtobus va mikroavtobuslarni bojxona bojidan ozod etish, turoperator va hunarmandlarning xalqaro yarmarkalardagi xarajatining 50 foizini qoplab berish, xorijiy mehmonlar ishtirokida biznes tadbirlar tashkil qilgan tadbirkorlarning foyda solig‘i 50 foizga kamaytirish kabi choralar bor.

    Davlat rahbari O‘zbekistonning milliy turizm brendini yaratish zarurligini ta’kidlagan edi. Shunga muvofiq, maqsadli bozorlar talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi turizm turlari to‘g‘risida kontentlar yaratiladi. Ular xalqaro media va ijtimoiy platformalar, jahon sport va san’at tadbirlarida targ‘ib qilinadi. Bunga auditoriyasi katta bo‘lgan xorijiy jurnalist, bloger va inflyuenserlar ham jalb qilinadi.

    Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovlari haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi. Avia, temir yo‘l va avtobus chiptalarini kamida olti oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi. Umumxalq bayramlari kunlarida qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bular haqda muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Soha uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi ham muhim. Kelayotgan o‘quv yilidan boshlab, bu borada ham qator yangiliklar mo‘ljallanmoqda.

    Jumladan, turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohasida o‘quv dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi ta’lim muassasalarining tajribasi asosida takomillashtiriladi. Bu sohada oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi. Talabalarga bir vaqtning o‘zida ixtisosligi bo‘yicha ishlab, kasbiy ko‘nikmalarini bevosita ish joylarida rivojlantirish imkoniyati yaratiladi. Andijon, Buxoro, Samarqand va Urganch davlat universitetlari, sharqshunoslik, jahon tillari va “Ipak yo‘li” oliygohlarida gidlarni tayyorlash kurslari tashkil etiladi.

    Davlat rahbari bu chora-tadbirlar bo‘yicha hujjat ishlab chiqib, ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

    16.07.2024, 21:35   Izoh (0)   6983
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoroda turizm va servis sohasiga yana 100 mln dollar ajratiladi 

    01.06.2024, 11:40

    Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    15.06.2024, 20:02

    Farg‘onada turizm halqasi tashkil etiladi  

    11.07.2024, 18:05

    Toshkent va Xorazmda aksiz markasiz tamaki va isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

    16.07.2024, 21:25

    O‘zbekiston iyunda mobil internet tezligi reytingida necha pog‘ona ko‘tarilgani ochiqlandi

    16.07.2024, 21:10

    It urishtirgan xo‘rozlar, stomatologlarning yangicha uslubi, baklajka biznesidan kelgan daromad: ijtimoiy tarmoqlarda nima gap? 

    16.07.2024, 21:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turk seriallarida yoshidagi katta farqqa qaramay tomoshabinlar mehrini qozongan 7 juftlik

    Kino | 22 avgust, 19:55

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.