• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Anjuman kun tartibiga kiritilgan Qorabog‘ deklaratsiyasining imzolanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” shiori ostidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining sammitdagi nutqini e’lon qildi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Tadbirni yuksak darajada tashkil etayotgani uchun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti, hurmatli Ilhom Haydarovich Aliyev Janobi Oliylari nomiga aytilgan samimiy minnatdorlik so‘zlariga to‘liq qo‘shilaman.

    Hurmatli prezident Qosim-Jo‘mart Kemelevich To‘qayev Janobi Oliylariga Qozog‘istonning Tashkilotimizga samarali raislik qilayotgani uchun alohida tashakkur aytmoqchiman.

    Sizlar bilan turkiy dunyoning madaniyat poytaxtlaridan biri bo‘lgan Shusha shahrida ko‘rishib turganimizda chuqur ma’no mujassam. Go‘zal Qorabog‘ning durdonasi hisoblangan bu muqaddas shahar Ozarbayjon xalqining so‘nmas jasorati, tengsiz matonati, chin mardlik va birdamligini yaqqol namoyon etgan tarixiy g‘alabaning yorqin timsolidir.

    XX asrning buyuk siyosat va jamoat arbobi, mustaqil Ozarbayjon davlatining asoschisi, muhtaram Haydar Aliyev ta’biri bilan aytadigan bo‘lsak, “Shushasiz – Qorabog‘, Qorabog‘siz Ozarbayjon bo‘lmaydi”.

    Darhaqiqat, ushbu betakror shahar, nafaqat Ozarbayjon, balki barcha turkiy xalqlar qalbida alohida ehtirom va faxr-iftixor tuyg‘ularini uyg‘otib kelmoqda.

    Bugungi kunda tarixiy adolat qaror topgan va yana Ozarbayjon bag‘riga qaytgan Qorabog‘da hurmatli Ilhom Haydarovich rahbarligida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga, me’moriy obidalar va madaniy yodgorliklarni qayta tiklash borasidagi mislsiz jonbozlikka kecha bevosita guvoh bo‘ldik. Siz, aziz qardoshimizning bunday ezgu ishlaringiz yaqin do‘stlar sifatida barchamizga albatta cheksiz quvonch va g‘urur bag‘ishlaydi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz va alohida e’tiborimiz bilan ushbu bebaho shahar timsolida butun Qorabog‘ kelgusida abadiy do‘stligimizning chinakam ramziga aylanishiga ishonaman.

    Hurmatli sammit ishtirokchilari!

    Biz bundan besh yil muqaddam aynan Ozarbayjon zaminida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lib kirgan edik. O‘tgan qisqa davrda 30 dan ortiq muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli va keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik.

    Ushbu sammitimiz global xavf va xatarlar ortib, o‘zaro ishonch inqirozi tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda o‘tmoqda. Bunday murakkab vaziyatda azaliy qardoshlik ruhidan kuch olayotgan aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni, umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Shu ma’noda, bugungi yig‘ilishimiz “Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” shiori ostida o‘tayotgani dolzarb ahamiyatga ega.

    Quyidagi ustuvor masalalarga diqqatingizni qaratmoqchiman.

    Savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish.

    Tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo hajmi barqaror o‘smoqda.

    O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, umumiy o‘zaro tovar aylanmamiz hajmi 27 foizga oshdi. Bunday yuqori o‘sish sur’atlari joriy yilda ham kuzatilmoqda. Uni bardavom saqlab qolishdan manfaatdormiz.

    Mamlakatlarimiz bugungi kunda dunyoning asosiy bozorlariga chiqish hamda Buyuk ipak yo‘lini yangi tarixiy sharoitda qayta tiklash uchun qattiq bel bog‘lagan.

    Albatta, so‘nggi yillarda Tashkilot doirasida bu sohadagi hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda, raqamli tizimlar ishga tushirilmoqda. Natijada Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi muttasil o‘sib bormoqda. Biznes uchun eng ma’qul tariflarni joriy etish ushbu yo‘lakning raqobatdoshligi va jozibadorligini keskin oshirishi shubhasiz.

    Biz “Yagona oyna” tizimi yo‘lga qo‘yilishidan, bojxona-chegara o‘tkazish punktlarining uzluksiz ishlashi ta’minlanishidan manfaatdormiz.

    O‘tgan hafta Toshkentda tashkil etilgan Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansini Tashkilotimizning transport sohasidagi kun tartibini shakllantirish va ustuvor vazifalarini amalga oshirishda keng jalb etish maqsadga muvofiqdir.

    Tashkilotimiz doirasida Temir yo‘l ma’muriyatlari kengashini tuzish va uning direksiyasini Toshkent shahrida joylashtirish haqidagi taklifimizni ma’qullaysizlar, deb ishonaman.

    Topshiriq bersak, navbatdagi sammitimizga qadar savdo va transport vazirlarimiz xalqaro koridorlar imkoniyatlaridan yanada unumli foydalanish va avtotashuvlarni to‘liq raqamlashtirish, “yashil” yo‘laklar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni birgalikda ishlab chiqadi.

    Iqlim o‘zgarishlariga qarshi birgalikda kurashish.

    Tashkilotimiz hududi iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rayotgan mintaqalardan biri, desak, bu ayni haqiqatdir.

    Mavjud muammolarni tizimli hal etish uchun bizning tashabbusimiz asosida vazirlar darajasida Turkiy ekologiya kengashini tuzish taklifini ma’qullaysizlar, deb ishonaman. Mazkur tuzilma qarorgohini ekologik ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud – Orolbo‘yidagi yirik shahar Nukusda joylashtirish ayni muddao bo‘lar edi.

    Shu o‘rinda turkiy dunyo bugungi kunda iqlim bo‘yicha xalqaro hamkorlikda o‘zining yuksak o‘rni va baland ovoziga ega bo‘lib borayotganini alohida g‘urur bilan ta’kidlamoqchiman.

    Joriy yilning noyabr oyida Bokuda o‘tkaziladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining XXIX Iqlim sammiti (COP – 29) barcha mamlakatlarimiz uchun ulkan tarixiy voqea bo‘ladi.

    Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha dunyo yetakchilari sammiti muvaffaqiyatli o‘tishiga chin dildan tilakdoshmiz. Biz mazkur nufuzli anjumanda faol ishtirok etishga va bu borada Ozarbayjonga har tomonlama ko‘maklashishga tayyormiz.

    Muqobil energetika.

    Biz 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini keskin oshirish va energetika balansida ularning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz.

    Sheriklarimiz bilan birga yiliga 2 gigavatt quvvatdagi yangi shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirmoqdamiz. Ushbu loyihalar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilmoqda.

    Qo‘shni Qirg‘izistonda gidroelektr stansiyalarini Qozog‘iston bilan birgalikda qurish ishlarini ham boshlayapmiz.

    Muqobil energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Yashil energetika sari turkiy harakat” konsepsiyasini qabul qilishning vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman.

    Turkiy dunyo xalqlari o‘z taraqqiyotining turli davrlarida umumbashariy sivilizatsiya rivojiga mislsiz hissa qo‘shganlar.

    Nomlarini jahon ahli yaxshi biladigan ulug‘ alloma va ulamolarimiz ikkita buyuk Renessansga asos solishgan. Bu azal-azaldan xalqlarimiz hayotida inson kapitali naqadar yuqori bo‘lganidan darak beradi.

    Biz zamonaviy “bilimlar iqtisodiyoti”ni qurish, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalar, blok-cheyn, bulutli, kvant hisoblash texnologiyalari, robototexnika, “to‘rtinchi sanoat” kadrlarini tayyorlash sohalarida hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdormiz. Buning uchun Turkiy davlatlar tashkilotining Inson kapitalini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha tashabbusni ilgari suramiz va uni yurtimizda joylashtirishga tayyormiz.

    Tashkilot shafeligida aniq fanlar bo‘yicha Yoshlar turkiy olimpiadasi va Butunjahon turkshunoslar kongressini tashkil etishni hamda ularni kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etamiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    To‘qqiz oydan buyon G‘azo sektorida kechayotgan qonli urush oqibatlari bizni chuqur qayg‘u va iztirobga solmoqda. To‘qnashuvlar 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar hayotiga zomin bo‘lganini hech bir sabab va bahona bilan oqlab bo‘lmaydi.

    Biz zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqiramiz.

    Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning eng asosiy shartidir.

    Yana bir muhim masala.

    Ming afsuski, jahonning boshqa mintaqalarida urush va mojarolar kuchayib borayotgani oqibatida yon qo‘shnimiz bo‘lgan va ko‘p millionli turkiy xalqlar istiqomat qilayotgan Afg‘onistondagi vaziyat xalqaro hamjamiyat e’tiboridan chetda qolib ketmoqda.

    O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettiradi.

    Afg‘onistonning xorijdagi “muzlatilgan” moliyaviy aktivlarini qaytarish mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatni yumshatishga xizmat qilishiga ishonamiz.

    Yangi voqelik sharoitida Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Tashkilotimiz a’zolarining umumiy va yakdil yondashuvlarini ishlab chiqish masalalari tashqi ishlar vazirlarimiz muloqotlarida asosiy muhokama mavzusi bo‘lishi lozim.

    Hurmatli do‘stlar!

    Bugun ilgari surilgan barcha taklif va tashabbuslar “Turkiy nigoh – 2040” konsepsiyasi hamda Samarqand shahrida qabul qilingan Turkiy davlatlar tashkilotining besh yillik strategiyasi mazmuniga mos va uyg‘undir.

    Anjuman kun tartibiga kiritilgan Qorabog‘ deklaratsiyasining imzolanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    06.07.2024, 17:15   Izoh (0)   5680
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    06.07.2024, 12:06

    Shavkat Mirziyoyev Shushada o‘tkazilgan sammitda G‘azo fojiasiga to‘xtalib, zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi 

    06.07.2024, 16:29

    Toshkentda ikki yuk mashina haydovchilari “Jiguli” haydovchisi bilan tortishib, yo‘lda xavfli vaziyat yuzaga keltirdi (video)

    06.07.2024, 16:58

    Toshkentda o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi 

    06.07.2024, 16:20

    Nukusda qo‘lbola usulda tayyorlangan “Qaratau” nomli alkogol mahsulotlari aylanmasiga chek qo‘yildi 

    06.07.2024, 15:24

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    06.07.2024, 12:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40

    Xitoy va AQSH o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

    Dunyo | 27 iyun, 20:25

    Urush suratlarini yoritgan, xalq dardini gapirgan va haqiqat uchun jon bergan jurnalistlar

    Dunyo | 27 iyun, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.