AQSH prezidenti administratsiyasining Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordami 2025-yil oxirigacha qurol-yarog‘ va texnika bo‘lgan ehtiyojni qoplashni nazarda tutadi. Bu haqda AQSH davlat departamenti vakili Metyu Miller ma’lum qildi.
Biz allaqachon taqdim etgan va administratsiya faoliyati yakunlangunga qadar yuboriladigan resurslar Ukrainani 2025-yil oxirigacha urush uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ va materiallar bilan ta’minlaydi, dedi Miller.
U shu tariqa saylangan prezident Donald Tramp Oq uyga kelgach, Ukrainaning Rossiyaga qarshi kurashi qanday kechishiga izoh berdi. Miller Kongress tomonidan Ukrainaga tasdiqlangan harbiy yordam paketidan qancha summa qolganini ochiqlamadi. U bu masala bilan Pentagonning shug‘ullanayotgani aytdi.
AQSHning Kiyevga yordami ikki asosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi: Pentagon omborlaridan harbiy mol-mulkni jo‘natuvchi PDA tashabbusi va yangi uskunalarni sotib olishni nazarda tutuvchi USAI.
Hozirgi ma’muriyat Baydenning muddati tugagunga qadar — 2025-yil 20-yanvargacha — Ukrainaga kelishilgan barcha mablag‘larni ajratish niyatida ekanini bir necha bor e’lon qilgan. Mazkur summa taxminan 9 milliard dollarga yetadi.
AQSH harbiy yordamiga Rossiyaning pozitsiyasi
Rossiya Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish muammoni hal etishga to‘sqinlik qilishi, NATO davlatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga jalb etishi va “olov bilan o‘ynashish” ekanini bildirgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol-yarog‘ tashiyotgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va NATO nafaqat qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa davlatlar hududida kadrlar tayyorlash orqali ham mojaroda bevosita ishtirok etmoqda. Kreml esa G‘arbning Ukrainani qurol bilan ta’minlashi salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirgan. Rossiya tahdidli bayonotlariga qaramay, o‘zi ham Shimoliy Koreya harbiylarini urushga jalb qilmoqda, jang maydonida Eronning Shahed dronlaridan foydalanmoqda.
Izoh (0)