• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Qotil arilar”. Dronlar urush haqidagi tasavvurni qanday o‘zgartirdi?

    Uchuvchisiz uchish vositalari 2020-yilgi Qorabog‘ urushining Ozarbayjon foydasiga yakunlanishida muhim rol o‘ynadi. Biroq Ukrainadagi qarama-qarshilik dronlar yoppasiga qo‘llanilayotgan tarixdagi ilk mojaroga aylandi. Rossiya urushga asosan Orlan kabi razvedkachi dronlar bilan kirib keldi. Ukrainaliklar esa ularni Bayraktar TB-2 operativ-taktik dronlari bilan kutib oldi. Ammo vaqt o‘tgan sayin bu kabi uchuvchisiz qurilmalar yuqori texnologik raqib bilan urushga mos kelmasligi, aksincha kichik va ko‘p sonli dronlar yaxshiroq samara berishi oydinlashdi.

    Qo‘shma Shtatlarning MQ-9 Reaper droni ko‘p funksiyali bo‘lib, razvedka, kuzatuv va quruqlik nishonlariga zarba berish uchun mo‘ljallangan. Undan uzoq yillar foydalanish mumkin. Ilg‘or texnologiyaning narxi ham shunga yarasha. Har biri 32 mln AQSH dollaridan turadi. Qolaversa, dronning bir soatlik parvozi qariyb 5 ming dollarga tushadi.

    Qo‘shma Shtatlarning MQ-9 Reaper droni.
    Foto: AQSH armiyasi

    7-oktyabr voqealaridan so‘ng boshlangan mojaro sabab Yaman husiylari bu turdagi dronlardan 12 tasini Sovet Ittifoqining “Kub” zenit-raketa kompleksi bilan urib tushirdi. Bayraktar TB2 dronlari ham ayni shu sababga ko‘ra jang maydonidan g‘oyib bo‘ldi. Boisi ular radarlarda ko‘rinadigan darajada yirik bo‘lib, havo mudofaa tizimlari uchun oson o‘ljaga yalanishi mumkin. Yangisini sotib olish esa ancha qimmatga tushadi.

    2K12 “Kub” zenit-raketa kompleksi.
    Foto: Chexiya Qurolli Kuchlari

    Shunday qilib, jang maydonidagi voqelik qimmat dronlarni arzon va ko‘p sonli uchuvchisiz qurilmalar bilan almashtirishni taqozo qildi. Yechim sifatida taktik maqsadlarda foydalanilayotgan Xitoyning DJI Mavic kvadrakopterlariga portlovchi moslamalar o‘rnatildi. Jangovar kallak sifatida asosan RPG-7 granatomyotining o‘q-dorilaridan foydalanilmoqda. Ular asosan ikki turga bo‘linadi.

    Bombardimonchi dronlar – kvadrakopter ostiga joylashgan baraban va ilgichlarda granata hamda yuqori portlovchi o‘q-dorilar (masalan, minomyot snaryadi) biriktiriladi. So‘ng operator ularni nishon ustidan tashlaydi. Bu turdagi qurilmalardan ko‘p marta foydalanish mumkin.

    Ukraina armiyasining “Fury” bombardimonchi droni.
    Foto:Focus journal

    Xudkush dronlar esa faqat bir marta qo‘llashga mo‘ljallangan. Qurilma nishonga yuqori tezlikda borib urilish bilan portlaydi. Operator butun jarayonni nazorat qilib boradi. Shu bois aniqligi yuqori. Bu nafaqat piyodalar, balki og‘ir zirhli texnikalarni ham safdan chiqarish imkonini beradi.

    FPV-dron jangovar kallak bilan.

    FPV-dronlar Ukraina urushi sabab keng qo‘llanila boshladi. Biroq kvadrokopterlardan jangovar maqsadlarda foydalanish holati ilk bor Suriyada qayd etilgan. Keyinchalik ular ISHID terrorchilik harakati aʼzolari safida ham paydo bo‘ldi. Iroqning Mosul shahri uchun janglarda AQSh harbiy kontingenti butunlay yangicha qurolning dastlabki namunalariga duch kelishdi.

    Arzon va serob

    FPV-dronlarning eng katta afzalligi narxi bilan bog‘liq. Bir necha yuz AQSh dollariga evaziga ularni AliExpress, Amazon kabi marketpleyslardan sotib olish mumkin. Ayniqsa, Xitoyning DJI kompaniyasi ham sifatli, ham arzon qurilmalarni taklif etadi. Aslida bu kabi kvadrokopterlar tinch maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, kompaniya allaqachon jahon bozorining 70 foizini nazorat qilmoqda. Shu bois ishlab chiqaruvchi o‘z brendiga mansub texnologiyalarning qurolli mojarolardagi ishtirokiga qarshi ekanini bildirib, bir-necha bor bayononot chiqargan.

    Ukraina urushida kvadrokopterlarning turli modellari qo‘llaniladi. Narxi qariyb 500 dollarga boradigan DJI Mini 2 droni 10 kmgacha masofaga parvoz qilishi mumkin. Ammo ularni jangovar maqsadlarda qo‘llash uchun baʼzi o‘zgartirishlar lozim. Boisi bu turdagi dronlar faqat muayyan chastotadan foydalanadi. Frontning har ikki tomonida elektron urush tizimlari zich joylashtirilgan sharoitda, DJI kvadrkopterlari nishonga yetib bora olmaydi.

    DJI Mini 2

    Qolaversa, tijoriy dronlar ishlab chiqaruvchi tomonidan aeroport, harbiy baza kabi obyektlarni chetlab uchishga dasturlangan. Bundan tashqari, yuk ko‘tarish qobiliyati va parvoz masofasi ham urush talablariga javob bermaydi. Shu bois bu turdagi uchuvchisiz qurilmalardan korpusi yechib olinib, imkon qadar yengil bo‘lishi uchun faqat karkas qismi qoldiriladi.

    FPV-dronning karkas qismi.

    Shundan so‘ng elektr mator va parraklar ham yuqori quvvatlirog‘iga almashtiriladi. Sababi zavoddan chiqqan namuna 5 kilogramm og‘irlikdagi jangovar kallakni tashishga mo‘ljallanmagan. FPV-dronning eng muhim qismi akkumulyator hisoblanadi. U dronning ust qismiga o‘rnatiladi va 30 daqiqagacha parvoz davomiyligini taʼminlaydi.

    Afzalliklar va kamchiliklar nimada?

    FPV-dronlar Ukraina urushida favqulodda muhim rol o‘ynayapti. Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, frontdagi talafotlarning 40 foiziga aynan ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Yuqori tezlik, aniqlik, kichik hajm va miqdor omillari sabab kvadrokopterlar har ikki tomonni ham eng ko‘p tashvishga solayotgan tahdid bo‘lib turibdi. Arzonligi bois bu turdagi dronlar piyoda kuchlar inventaridan joy olgan muhim qurolga aylandi. Hozir front chizig‘idagi har bir askarga 3-4 tadan kvadrokopter to‘g‘ri kelyapti.

    Ukraianalik dron operatori uchuvchisiz uchish vositasini istehkomdan turib boshqarmoqda.

    Zavod namunasidagi Mavic dronlari maksimum 60 km/soat tezlik bilan parvoz qila oladi. Biroq harbiy maqsadlar uchun modernizatsiya qilingan FPV-dronlar tezligi bundan yuqoriroq. Baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, 100 km/soatga boradi. Qolaversa, ukrainaliklar Mavic bazasidan o‘z namunalarini ham ishlab chiqaryapti.

    “Wild Hornets” jamoasi ayni shu maqsadda tashkil etilgan bo‘lib, armiya uchun turli uchuvchisiz qurilmalarni yetkazib beradi. Standart modellar 160 km/soat tezlikka erishib, 1,5-3 kilogram jangovar kallak tashiydi. Bundan tashqari, 9,5 kilogramm og‘irlikdagi bomba bilan 30 kilometrgacha parvoz qila oladigan “Queen Hornet” kvadrokopterlari ham ishlab chiqarilmoqda.

    “Queen Hornet” droni.
    Foto: Wild Hornets

    FPV-dronlar ishlab chiqarish uchun muayyan tajriba va texnologik baza zarur. Biroq buni ko‘p qavatli turar-joyda ham yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi. Parvozni boshqarish tizimi, buyruq va video transmitterlari hamda akkumulyator kabi murakkab qismlar asosan Xitoydan olib kelinadi. Baʼzi komponentlarni esa 3D printer yordamida tayyorlash mumkin. “Wild Hornets” misolida oladigan bo‘lsak, jamoa mahalliylashtirish darajasini 65 foizga yetkazgan.

    Foto: Wild Hornets

    Reuters xabariga ko‘ra, mamlakat bir yilda 4 million uchuvchisiz uchish vositalari ishlab chiqaradi. Ko‘rsatkich xudkush dronlar, bomberlar, razvedkachi hamda uzoq masofaga mo‘ljallangan zarbdor dronlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu bilan xususiy korxonalar hamda ko‘ngilli jamoalar shug‘ullanadi. Jarayon davlat buyurtmalari, shuningdek xayriyalar orqali moliyalashtiriladi.

    Rossiya tomonidan nima gaplar?

    Ruslar FPV-dronlar borasida ancha kech qadam tashladi. Ammo ukrainaliklarga nisbatan ko‘proq resurs va ishlab chiqarish quvvatiga egaligi bois oradagi farqni tezda qisqartirdi. Ukraina qo‘mondonlari raqib tomonda dronlar ko‘proq ekanini daʼvo qiladi. Rossiya mudofaa vaziri Belousov esa mamlakat har kuni 4 ming FPV-dron ishlab chiqarishini aytgan. Bu Ukraina armiyasi qabul qilib olayotganidan ozroq. Shunga qaramay, haqiqiy raqamlar mavhumligicha qolmoqda.

    Artilleriyaning davri tugadimi?

    Yuqori aniqligi bois u qisqa masofali artilleriya vazifasini ham bajarmoqda. Qo‘shma Shtatlardan harbiy yordam to‘xtab qolgan vaqti aynan FPV-dronlar snaryadlar taqchilligini bartaraf etishga ham yordam berdi. Biroq kvadrakopterlarning foydalanish masofasi cheklangan. Maksimum 20 kilometrgacha parvoz qilishi mumkin. Zamonaviy artilleriya tizimlari esa bundan ikki barobar uzoqroqdagi nishonlarga zarba bera oladi.

    FPV-dronlarning kamchiligi shu bilan yakunlanmaydi. Mudofaa texnologiyalari bo‘yicha akselerator Maks Makarchukning aytishicha, elektron urush tizimlari sabab Ukraina kvadrokopterlarning samaradorlik ko‘rsatkichi 40 foizgacha tushib ketgan.

    Gap shundaki, dron va operator o‘rtasidagi aloqa turli chastotalar orqali bog‘lanadi. Elektron urush tizimlari turli usullar bilan taʼsir ko‘rsatib, bu ikkisini bir-biridan uzib qo‘yadi. Ulardan eng keng tarqalgani jamming, yaʼni signalni bo‘g‘ish bo‘lib, dron ishlayotgan chastotada shovqinli signal (interferensiya) yuboriladi. Qolaversa, chastota spektorini to‘sish va GPS signallarini bostirish kabi usullar ham faol qo‘llaniladi.

    Rossiya armiyasining “Krasuxa-4” elektron urush tizimi.
    Foto: Alamy

    Elektron urush tizimlari statsionar hamda portativ bo‘lishi mumkin. Birinchisi frontning muayyan uchastkasi yoxud harbiy obyektni himoya qiladi. Ikkinchisini piyodalar qo‘lda ko‘tarib yurishi yoki zirhli texnikalarga o‘rnatishi mumkin. Ammo mazkur texnologiyaning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor. Dron signallarini bostirish uchun avvalambor u ishlayotgan chastotani aniqlash zarur.

    Ukraina armiyasining Bradley piyoda jangovar mashinasi kichik hajmli dronlarga qarshi elektron urush tizimi bilan.
    Foto: Reddit

    Elektron urush tizimlaridan butunlay daxlsiz dronlar ham bor. Bunga ular boshqaruvda radio to‘lqinlari yoxud GPS emas, optik tolali kabellardan foydalanishi sabab. Standart FPV-dronlardan farqli, bu turdagi uchuvchisiz qurilmalar yuqori sifatli tasvirni uzatib beradi. Ammo jiddiy kamchiliklari ham yo‘q emas. Optik-tola kabelli kvadrokopterlarni notekis relyef, jumladan o‘rmonlar va shahar sharoitida samarasiz qilib qo‘yadi. Qolaversa, foydalanish masofasi ham g‘altak hajmiga qarab maksimum 20 kilometrga yetishi mumkin.

    Rossiya armiyasi tomonidan qo‘llanilayotgan optik-tola kabelli dron.

    Harbiy sohadagi zamonaviy trendlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Avvallari mamlakat bu boradagi ehtiyojlarini tashqi o‘yinchilar hisobiga qondirgan bo‘lsa, 2022-yildan uchuvchisiz uchish qurilmalarini o‘zimizda ham tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Turli maqsadga mo‘ljallangan dronlar Qurolli Kuchlarimizga Lochin brendi ostida yetkazib berilyapti. Joriy yili Toshkentda o‘tkazilgan mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasida ular ilk bor keng omma eʼtiboriga havola etildi.

    O‘zbekiston Qurolli Kuchlari uchun bombardimonchi hamda FPV-dronlar.
    Foto:kollaj

    Bundan tashqari, festivalda mahalliy ishlab chiqarilgan elektron urush tizimlari va antidron qurollar ham namoyish qilindi.

    Kichik hajmli dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan tizim hamda antidron qurollar.
    Foto:kollaj

    Dronlarning jang maydonida paydo bo‘lishi harbiy sohada keskin o‘zgarish yasadi. Bu xuddi poroxning ixtiro qilinishi yoxud tanklar va aviatsiyaning urushda qo‘llanila boshlashidek inqilobiy qadam. Biroq frontdagi askarlar o‘rnini texnologiyalar egallaydi, deyish uchun hali ancha ertalik qiladi. Lekin bizni mavhum kelajak kutayotganini taʼkidlash joiz. Bunda yuqori texnologik salohiyatga ega kuchlarning qo‘li baland keladi. Zamon talablariga moslasha olganlargina omon qolish imkoniga ega bo‘ladi.

    Humoyun Tojiddinov tayyorladi

    10.12.2024, 20:43   Izoh (0)   13279
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ukraina#dronlar#Rossiya#Yevropa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

    Dunyo | 25 may, 21:16

    Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 25 may, 20:49

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.