• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Markaziy Osiyo

    Markaziy Osiyo davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirmoqda

    Markaziy Osiyo davlatlarining harbiy xarajatlar ortib borishiga Ukrainadagi urush kabi mintaqaviy mojarolar sabab bo’lsa ham ekspertlar bu pullar yaqin kelajakda barqarorlikni ta’minlashiga shubha qilmoqda. Bu haqda Voice of America xabar berdi.

    Foto: Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti

    Rossiya 30 yildan ortiq vaqt davomida bu mamlakatlarga asosiy qurol yetkazib beruvchi bo’lib xizmat qilgan. Endilikda esa boshqa davlatlar, jumladan Turkiya, Xitoy va AQSH ham Markaziy Osiyo bozoriga kirishdi.

    Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning o‘tgan yilgi harbiy xarajatlari 1,8 milliard dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston va Turkmanistonning yalpi ichki mahsulotidagi harbiy xarajatlar ulushi haqidagi ma’lumotlar esa hisobotga kiritilmagan.

    O‘tgan yilda Qozog‘iston harbiy byudjeti mamlakatning taxminiy 259,7 milliard dollarlik YIMning 0,5 foizini tashkil qilgan. Qirg‘iziston armiyasi 13,9 milliard dollarlik yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizini (208,5 million dollar), Tojikiston uchun esa 12 milliard dollarlik yalpi ichki mahsulotning 1 foizini (120 million dollar) tashkil etdi.

    Qirg‘iziston xarajatlari

    Qirg‘iziston mudofaa kuchlarini muvofiqlashtiruvchi Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi o‘rinbosari Qamchibek Tashiyev 2023-yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida 2021-yildan beri Qirg‘iziston armiyasini modernizatsiya qilish uchun 1,3 milliard dollar sarflanganini aytdi. Uning aytishicha, xarajatlarning katta qismi yangi yuqori texnologiyali qurollarga ketgan.

    “Ko‘plab davlatlar hali sotib olmagan Bayraktar, Aksungur, Akinji jangovar dronlarini, shuningdek, havo mudofaa tizimidagi yangi qurollarni, Mi-8, Mi-17, vertolyotlarni sotib oldik”, ta’kidladi rais o’rinbosari.

    Qo‘shni Tojikiston bilan chegaradagi keskin munosabatlar Qirg‘iziston hukumatini harbiy sohaga ko‘proq e’tibor qaratishga undadi, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligining 2023-yilgi harbiy doktrinasi qirg‘iz-tojik chegarasidagi keskin tahdidlar darajasini alohida e’tiborli deb atagan.

    Keskin vaziyat 2021-yil aprel va 2022-yil sentyabr oylarida mamlakatlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlarga olib keldi, bu esa tinch aholining o‘limiga va minglab odamlarning evakuatsiya qilishiga sabab bo‘lgan.

    “Agar qirg‘iz rasmiylari yangi qurollar Tojikistonga qarshi ustunlik beradi, deb umid qilgan bo‘lsalar adashgan. Chunki 2022-yilning may oyida Eron Tojikistonda “Ababil-2” razvedka va jangovar dronini ishlab chiqaruvchi zavod ochdi. Bundan so‘ng, 2024-yilning aprel oyida Tojikiston hukumati Turkiya bilan noma’lum sondagi Bayraktar dronlarini yetkazib berish bo‘yicha 1,5 million dollarlik shartnoma imzoladi.

    Dushanbelik siyosatshunos Parviz Mullojonov 2022-yil dekabr oyidagi intervyusida “davom etayotgan qurollanish poygasida” Tojikiston zamonaviy qurollarni sotib olish rejasi mavjudligini aytdi.

    “Gap radio va elektron urush uskunalari, hujumga uchragan dronlarni zararsizlantiradigan, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari haqida bormoqda”, deydi siyosatshunos.

    Mintaqadagi boshqa davlatlar

    Qolgan davlatlar ham harbiy xarajatlarni oshirmoqda. Qozog‘istonning mudofaa xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 8,8 foizga oshdi. Harbiy byudjetini oshkor etmagan O‘zbekiston o‘tgan yili mudofaa byudjetiga qo‘shimcha 260 million dollar ajratgani xabar qilingan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston harbiy yetakchilari bilan uchrashuvda 2030-yilga borib O‘zbekistonda yuqori texnologik qurollarga ega modernizatsiya qilingan armiya bo‘lishini aytgandi. Turkmanistonda prezident Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat xavfsizlik kengashining shu oydagi yig‘ilishida Mudofaa vazirligiga harbiy tayyorgarlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

    Mintaqa rasmiylari postsovet hududidagi mojarolarni — Ukraina urushi, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi urush, Markaziy Osiyodagi chegara mojarolari va Afg‘onistondagi beqaror muhitni o‘z harbiy kuchlarini kuchaytirishga sabab sifatida ko‘rsatmoqda.

    Biroq, Markaziy Osiyo masalalarida mutaxassis yozuvchi Piter Leonard “Amerika Ovozi” bilan suhbatda, “Bu qisman obro‘ masalasidir. Avtoritar rahbarlar yaltiroq va qimmatbaho qurollarni ko‘z-ko‘z qilishni yaxshi ko‘radi. Buni Turkmanistonda ham ko‘rishimiz mumkin, u yerda rasmiylar har yili o‘tkaziladigan harbiy namoyishlarda Xitoy, Yevropa va boshqa mamlakatlardan olib kelingan yangi qurol-yarog‘ va transport vositalarini namoyish etadi. Biz bu tendensiyani butun Markaziy Osiyoda ko‘ryapmiz”.

    Markaziy Osiyoda harbiylashuvning kuchayishi geosiyosiy kontekstning o‘zgarib borayotganini ham ta’kidlaydi. Rossiya hukmronligi ostidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti tarixda Markaziy Osiyo xavfsizligi masalalarida muhim rol o‘ynagan.

    Biroq keyingi yillarda tashqi davlatlar, jumladan Turkiya, Eron, BAA, AQSH, Xitoy, Germaniya, Fransiya va Belarus Markaziy Osiyo respublikalarining harbiy hamkorlariga aylandi.

    Matbuot xabarlariga ko‘ra, 2010 va 2024-yillar oralig‘ida Turkiya va Eron Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekistonga hujumchi dronlarni yetkazib berdi; AQSH O‘zbekiston, Tojikistonga texnik yordam va harbiy mashinalar taqdim etdi; Xitoy O‘zbekistonga havo hujumidan mudofaa uskunalarini sotdi; Fransiya va Germaniya Qozog‘iston, O‘zbekistonga harbiy vertolyotlar sotdi; Belarus esa Qirg‘izistonga havo hujumidan mudofaa uskunalarini yetkazib berdi, deyiladi xabarda.

    Harbiy qurollanishning kelajakka ta’siri to’g’risidagi turli qarashlar

    Nemis tahlilchi va sobiq ittifoq tadqiqotchi mutaxassisi Svenya Petersen “Amerika Ovozi” bilan suhbatda Qirg‘iziston-Tojikiston qurollanish poygasi alohida xavotir uyg‘otayotganini aytgandi.

    “Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari chegarada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash zarurligi haqida gapirgan bo‘lsalar-da, ikki davlat ham kurash arafasida”, dedi u.

    Boshqa ekspertlar guruhi esa Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi qurollanish poygasi mojaroga olib kelishiga shubha bildirmoqda.

    “Ajablanarlisi shundaki, bu mamlakatlarda harbiy kuchlarning kuchayishi, aslida, dushmanlikni kuchaytirmadi, aksincha, chegara demarkatsiyasi masalasida samimiy va amaliy muloqotlar olib borilmoqda. Xavfli nuqtada turgan bu mamlakatlar o‘ttiz yillik (chegaraviy) mojarolarga chek qo‘yadigan tarixiy chegara shartnomasini imzolash arafasida”, deydi Peter Leonard.

    Toshkentdagi “Mano” siyosiy tadqiqot instituti direktori Baxtiyor Ergashev 2023-yil yanvarida OAVga bergan intervyusida mintaqada keng ko‘lamli harbiy mojarolar yuz berishiga shubha qilishini aytgandi.

    “Shubhasiz, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi mojaro kabi xavfli zonalar mavjud. Lekin ishonchim komilki, bu mojaro keskinlashuv tendensiyasidan qat’i nazar, hal bo‘ladi”. — degan u.

    Mintaqa aholisi ham harbiy qurollanish sabablari haqida turlicha fikrda. Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyatida bo‘lgan qirg‘izistonlik fotomuxbir Danil Usmonov 2021-yil apreli va 2022-yil sentyabridagi qirg‘iz chegarasidagi mojarolar haqida “Amerika Ovozi”ga bergan reportajida, Qirg‘iziston bilan chegaradosh shaharlar aholisi bilan suhbatda “Bishkek rasmiylari o‘z mintaqasining iqtisodiy muammolarni ko‘proq pul sarflash bilan hal qiladi”, deb javob berishganini ta’kidlagan.

    “Ammo, ular harbiy xarajatlarni ko‘paytirish va Botkenni harbiy jabhadan qurollantirishni Tojikiston bilan chegaradagi mojarolarni oldini olish uchun zarur chora sifatida qabul qilishadi”.

    Qirg‘iziston rasmiylari harbiy xarajatlarni oshganligiga sabab qilib, ehtimoliy mojarolarni bartaraf etish imkoniyatlarini kuchaytirishni ko’rsatdi. 2024-yil yanvar oyida Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati aholisi bilan uchrashuvi chog‘ida Tashiyev qurol-yarog‘ va tegishli xaridlar Markaziy Osiyodagi kuchlar muvozanatni o‘zgartirganini ta’kidladi.

    “Biz endi (harbiy) qudratga ega bo‘lmagan kuchsiz davlat sifatida ko‘rilmaymiz... Bugun bizni dahshatli raqib, kuchli davlat va ishonchli hamkor sifatida ko‘rishmoqda”, deb ta’kidladi u.

    Leonardning aytishicha, harbiylashtirish Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy barqarorligini mustahkamlashi dargumon.

    “Agar Markaziy Osiyo hukumatlari siyosiy islohotlarida vaziyatni yumshatish vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi institutlarni ishga tushirish kabi yechimlarni emas, oddiy qurolli kuchlarni barqarorlikni mustahkamlashning kaliti deb bilsa, kutilmagan muammolarga duch keladi”, dedi u.

    “Masalan, Qozog‘iston o‘z armiyasiga katta mablag‘ sarflaydi. Lekin bu butun mamlakatni larzaga keltirgan 2022-yil yanvaridagi umummilliy norozilik namoyishlari kabi voqealarning oldini oladimi?”

    30.07.2024, 16:15   Izoh (0)   7563
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonga hujum bo‘lgan taqdirda, mamlakat armiyasi qancha vaqt qarshilik ko‘rsata oladi? 

    05.05.2023, 17:39

    Qirg‘iziston Turkiyadan sotib olgan dronlarini sinovdan o‘tkazdi (video)

    29.10.2023, 21:56

    Markaziy Osiyo davlatlari ilk harbiy mashg‘ulotlarni Rossiya va Xitoysiz o‘tkazmoqda — AFP 

    09.07.2024, 17:19

    Domino effekti: 2024-yilgi AQSH saylovlari Markaziy Osiyo bilan munosabatlarga qanday ta’sir qiladi?

    29.07.2024, 17:06

    Qozog‘istonda Afg‘onistonning gazlangan anorli ichimligi tekshiruvdan o‘tkazildi  

    29.07.2024, 09:24

    MDH davlatlaridan birida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

    28.07.2024, 16:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57

    Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:50

    Isroilning Eronga hujumidan so‘ng qaysi aviakompaniyalar parvozlarini to‘xtatdi yoki bekor qildi?

    Dunyo | 14 iyun, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.