Xitoy Ukrainadagi mojaroning diplomatik yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Xitoy Xalq ozodlik armiyasi general-leytenanti hamda armiya sobiq vitse-prezidenti Xe Ley ma’lum qildi.
Avvalroq Xitoy Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Chjan Syaogan Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi NATO davlatlari Ukrainadagi mojarodan foyda olish ilinjida “olovga moy sepayotganini”ni aytgan. Xitoy TIV rasmiy vakili Van Venbin may oyida AQSH Ukrainaga misli ko‘rilmagan harbiy yordam berayotganini maʼlum qilgan edi.
“Mening fikrimcha, Xitoyning bu masalaga munosabatida to‘rt jihat bor. Birinchidan, Xitoy urush bo‘lishini istamaydi. U davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik va kelishmovchiliklarni diplomatik yo‘l bilan, tinch muzokaralar o‘tkazish orqali hal etish tarafdori. Ikkinchidan, biz har ikki tomonning suvereniteti hurmat qilinishi va ularning xavfsizligi kafolatlanishi kerakligiga ishonamiz”, dedi Xe Ley Pekindagi 11-Syanshan xavfsizlik forumi chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tinchlik muzokaralarini rivojlantirish ustida ishlamoqda.
“To‘rtinchidan, biz alohida davlatlarga yashirin maqsadlar yo‘lida bir tomonni qo‘lida o‘ynatishiga, shu orqali dunyoda tartibsizlik yuzaga keltirishiga qatʼiy qarshimiz”, deya xulosa qildi Xe Ley.
Izoh (0)