Elektr ta’minotidagi uzilishlar Puerto-Rikodagi 1,4 million aholi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Luma Energy kompaniyasi vakili Ugo Sorrentinining ma’lum qilishicha, aeroportlar va shifoxonalarda ham elektr energiyasi yo‘q.

Sorrentini ma’lumotlariga ko‘ra, 330 mingga yaqin odam ichimlik suvi olishda qiynalmoqda. Elektr tarmoqlarini tiklash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, uzilishning aniq sababi hali aniqlanmagan. Elektr uzilishi Puerto-Rikodagi taxminan 1,4 million kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Hokimiyat vakillari jabrlanganlarning shikoyatlari 72 soat ichida hal etilishini bildirgan.
Puerto-Riko gubernatori Jennifer Gonsales elektr energiyasining bunday ko‘lamda uzilishi “qabul qilib bo‘lmasligi”ni va Luma Energy bilan shartnomani bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytgan.
Puerto Rikoda 30-dekabrdan 31-dekabrga o‘tar kechasi ham avariya natijasida mamlakatdagi barcha elektr stansiyalari ishdan chiqib, umumiy elektr ta’minotida uzilish yuz bergandi.
Kanadaning sharqiy qismida yuz bergan muzli siklon Ontarioda 350 mingdan ortiq kishini elektrsiz qoldirgani haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)