• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Salomatlik

    Odamlar bilan doimiy muloqot qilishni talab etadigan ish sog‘liq uchun xavfli ekanligi aniqlandi

    Shvetsiyaning Karolina instituti olimlari keng qamrovli tadqiqot o‘tkazib, 2005-yilgacha qandli diabet yoki uni davolash belgilari bo‘lmagan 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan uch million kishining ma’lumotlarini tahlil qildilar. Natija tashvishli bo‘lib chiqdi: mutaxassislar boshqa odamlar bilan ko‘p muloqot qilishni talab etadigan kasblar va ikkinchi turdagi qandli diabet rivojlanish xavfi o‘rtasida statistik jihatdan sezilarli bog‘liqlik borligini aniqladilar.

    Foto: Hi-tech.mail.ru

    Olimlar uchta jihatga ya’ni ish joyida odamlar bilan umumiy muloqot soni, mijozlar, bemorlar yoki o‘quvchilarning muammolarini hal qilish bilan bog‘liq hissiy yuk hamda ish muhitidagi ziddiyatlar darajasiga alohida e’tibor qaratdilar. Bundan tashqari, mutaxassislar jamoadagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasini ham baholadilar. Ma’lum bo‘lishicha, ishi boshqalar bilan doimiy hissiy aloqada bo‘lishni talab qiladigan odamlarda ikkinchi turdagi qandli diabet bilan kasallanish xavfi ancha yuqori ekan: erkaklarda - 20%, ayollarda - 24%. Agar hissiy zo‘riqishga yana muntazam kelishmovchiliklar qo‘shilsa, diabet ehtimoli erkaklarda yana 15% ga, ayollarda esa 20% ga oshishi aniqlandi.

    Kasbiy faoliyati yuqori hissiy jalb etilish, odamlar bilan tez-tez muloqot qilish va ish jamoasida yetarli qo‘llab-quvvatlanmaslikni o‘z ichiga olgan ayollar eng zaif bo‘lib chiqdi. Bunday xodimlarda qandli diabet rivojlanish xavfi tinch sharoitda ishlagan va hamkasblari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ayollarga nisbatan 47 foizga yuqori ekan.

    Bu Karolina institutining qandli diabet va bandlik mavzusidagi birinchi ishi emas: 2019-yilda jamoa allaqachon haydovchilar, farroshlar va fabrika ishchilarida ushbu kasallikning rivojlanish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlagan edi. Biroq yangi tadqiqot avvalgisidan nafaqat ko‘lami, balki ijtimoiy-iqtisodiy omillar o‘rniga kasbning hissiy jihatlari bilan bog‘liq ekanligi bilan ham farq qiladi. Olimlar ta’kidlashicha, ko‘plab kasblar, ayniqsa sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy sohalarda xodimlardan his-tuyg‘ularni boshqarish, qat’iy kasbiy va ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish talab etiladi. Inson aslida his qiladigan tuyg‘ular va u ko‘rsatishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlar o‘rtasida nomuvofiqlik paydo bo‘lganda, bu holat surunkali stress manbasiga aylanadi va vaqt o‘tishi bilan metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin.

    Foto: Hi-tech.mail.ru

    Olimlarning fikricha, hissiyotlarga boy ish bilan qandli diabet o‘rtasidagi bog‘liqlik mexanizmi organizmning stressga bo‘lgan neyroendokrin reaksiyasida yashiringan. Doimiy zo‘riqish simpatik nerv tizimini va gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezlari fuksiyasini faollashtiradi, bu esa kortizol ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Natijada, insulinga rezistentlik ortib, hujayralarning insulinga sezgirligi pasayadi. Bundan tashqari, surunkali stress yallig‘lanish sitokinlari darajasini oshiradi, bu ham insulin signalining me’yoriy ishlashiga to‘sqinlik qiladi.

    Tadqiqot ishtirokchilarning turmush tarzining individual xususiyatlarini, xususan, ularning ovqatlanish odatlari va jismoniy faollik darajasini hisobga olmagan bo‘lsa-da, ish muhiti va jamoaviy qo‘llab-quvvatlash insonning metabolik salomatligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini yaqqol ko‘rsatdi. Olimlar ular aniqlagan aloqaning biologik va xulq-atvor mexanizmlarini yanada chuqurroq o‘rganish zarurligini ta’kidlaydilar. Shuningdek, ish faoliyati tufayli boshqa odamlar bilan ko‘p muloqot qilishi kerak bo‘lgan kishilarda moddalar almashinuvi kasalliklarining samarali oldini olish choralarini ishlab chiqish lozimligini uqtiradilar.

    28 iyun, 12:50   Izoh (0)   1283
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #qandli diabet#Olimlar#Tadqiqot#Kasbiy faoliyat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qandli diabet, stress va uyqusizlik: shirinlikka bo‘lgan moyillikning oshishiga nima sabab bo‘ladi?

    15.09.2022, 16:49

    Yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilaydi va qondagi shakar miqdorini normallashtiradi: Asalning organizmga yana qanday foydasi bor?

    01.10.2022, 10:29

    Anor, ko‘k choy va yoshroq ko‘rinishga yordam beradigan boshqa mahsulotlar

    24.10.2022, 15:44

    Ortiqcha yukdan xalos bo‘ling: Qorindagi yog‘ qanchalik xavfli?

    17.01.2023, 13:49

    Kuniga 8 soatdan ortiq uxlash inson salomatligiga qanaqa ta’sir ko‘rsatadi?

    22.04.2023, 13:59

    Ratsiondan chiqarib tashlang: qandli diabet xavfini oshiradigan 4 xil odatiy oziq-ovqat

    25.04.2023, 09:30

    Gazlangan ichimliklardan voz kechishga undovchi 11 ta sabab

    29.01.2024, 15:10

    Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turi qaysi ekanligini aniqladi

    24.04.2024, 16:55

    Vitaminlarga boy, ammo har kuni yeyish zararli bo‘lgan mahsulotlar

    25.05.2024, 14:43

    Ko‘zingizga uyqu kelmaydi: so‘nggi yillarning eng yaxshi detektiv filmlari

    27.06.2024, 09:30

    Olimlar kam uxlaydigan odam 2050-yilda qanday ko‘rinishini tasvirladi (foto)

    13.12.2024, 16:33

    Xavfli odat: nonushta qilmay yurish qanday oqibatlarga olib keladi?

    17.12.2024, 10:40

    Yemirilgan suyaklar, chiriyotgan ko‘zlar, zaiflashgan xotira: o‘zbekistonliklar koronavirusdan so‘ng qanday asoratlar bilan to‘qnashmoqda?

    30 yanvar, 16:27

    Shokolad yurak uchun foydalimi? Olimlar javob berdi

    15 fevral, 15:15

    “Poliklinikalarda oilaviy shifokorning bazaviy oyligi 500 dollar, hamshiraniki 300 dollar bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev

    7 may, 15:52

    Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish yiliga 500 ming kishining hayotini asrab qoladi — tadqiqot

    8 may, 19:25

    Megan Marklning retseptidan jabrlangan ayol undan 10 mln dollar tovon puli talab qilmoqda

    12 may, 18:45

    O‘zbekistonda anomal issiq bo‘ladi. Qanday xavflar bor?

    13 may, 20:40

    Yurak ko‘tara olmayapti: zamonaviy hayot tarzi infarktga chalinish xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

    19 may, 16:53

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling 

    25 may, 12:00

    Gilos sog‘liq uchun foydami yoki zarar?

    2 iyun, 16:48

    Qo‘rqinchli tushlar inson sog‘lig‘i haqida nimalarni aytib bera oladi?

    2 iyun, 13:34

    Shirinlikdan o‘zni tiya olmaslik: bu orqali organizm qanday signal beradi?

    11 iyun, 13:41

    Shakar o‘rnini bosuvchi mashhur modda bosh miya tomirlarini shikastlashi aniqlandi

    11 iyun, 20:30

    Erkaklar o‘qisin: Qorin chiqishining oddiy, ammo kutilmagan 4 ta sababi

    16 iyun, 20:20

    Kim qon donori bo‘lishi mumkin? Donorlik va uning foydasi haqida to‘liq qo‘llanma

    18 iyun, 20:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Konferensiyalar Ligasi saralash. “Bashakshehir” ilk bahsda g‘alaba qozondi. Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

    Sport | 25 iyul, 09:20

    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi

    Reklama | 25 iyul, 09:00

    “Fransiya Falastin davlatini tan oladi” — Makron

    Dunyo | 25 iyul, 09:12

    Prezidentni haqoratlashda gumonlangan o‘zbekistonlik Ozarbayjonda ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 08:50

    O‘zbekistonda yarim yillik soliq tushumlari 20 foiz ko‘paydi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 08:41

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.