Yevropa Konferensiyalar Ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi “Cherno More” — “Bashakshehir” o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Bolgariyadagi “Huvefarma” stadionida o‘tgan uchrashuvda istanbulliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 52-daqiqada Omar Shahiner tomonidan kiritildi. Bellashuvni zaxiradan boshlagan Eldor Shomurodov 73-daqiqada Ivan Brnich o‘rniga maydonga tushib, 18 daqiqa harakat qildi.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 31-iyul kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.
Yevropa Konferensiyalar Ligasi
2-saralash bosqichi
“Cherno More” — “Bashakshehir” 0:1
Gol: 0:1 — Omar Shahiner (52)
Izoh (0)