• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo

    “Har tong qo‘rquv bilan uyg‘onardik” — O‘zbekiston boshpana bergan falastinliklar hikoyasi

    2024-yil 26-dekabr kuni 100 nafar yaralangan falastinlik ayollar va bolalar kuzatuvchilari bilan birga Rafahdan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan edi. Shundan so‘ng falastinlik fuqarolarning munosib hayot kechirishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. Ularning mamlakatga tezroq moslashishi va jamiyatga qo‘shilishiga yordam berish maqsadida bir qator muhim ishlar amalga oshirildi. “Daryo” muxbiri ular bilan suhbat qurish maqsadida “Bo‘ston” sanatoriysiga bordi. 
     
     
    Falastinda ochlik va qo‘rquv ichida kun kechirgan, har tongini xavf bilan boshlagan aholining 100 nafari O‘zbekistonda xavfsiz boshpana, mehr va insonparvarlik yordamiga ega bo‘ldi. Suhbat davomida ular boshidan kechirgan voqealarni ham so‘zlab berdi.
     
    Foto: “Daryo”
    “G‘azoda urush boshlandi va hayotimiz yomonlashdi. Qo‘shnimizni uyiga bomba tushdi, oqibatda qizim yaralandi. Biz har tong portlash ovozlaridan uyg‘onardik. Bolalarim doim qo‘rqib, yig‘lab turishardi. Qochib qutulishning iloji yo‘qdek tuyulardi. Qizimni davolash uchun Misrga chiqdik va keyin O‘zbekistonga keldik. 3 ta farzandim G‘azoda qolgan va har doim gaplashganimizda bizni qachon olib ketasiz deydi. Ular och nahor, qiynalishyapti.Uyimiz buzilgani sababli G‘azoda turmush o‘rtog‘im bilan palatkada kun kechiryapti. Bizni O‘zbekistonda yaxshi kutib olishdi, buning uchun prezidentga rahmat aytamiz. Bu yerda tinch uxlayapmiz. Falastinda qolgan farzandlarim ham kelishidan umidvorman”, deydi falastinlik fuqaro. 
    O‘z vataniga qaytishni xohlagan, ammo bu hozirda imkonsiz ekanidan qayg‘uda bo‘lgan Falastin fuqarosi 30 ga yaqin qarindoshi halok bo‘lganini aytdi.
     
    “Bizni O‘zbekistonda juda yaxshi kutib olishdi, buning uchun rahmat aytamiz. Biz uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. 8 oy ichida bu yerga ham ancha moslashib qoldik. G‘azoda kunimiz xavf bilan boshlanardi. Bomba tushishi oqibatida qizimni oyog‘i shu ahvolga kelib qoldi. Davlatimizni yaxshi ko‘ramiz, lekin hozir ortga qaytish juda xavfli.
    Taxminan 30 ga yaqin qarindoshim halok bo‘ldi. yaqinda akam vafot etganini eshitdim. Bolalarimga ta’lim berishlaridan umid qilaman. Bu yerning madaniyatiga o‘rganib ketishimizga yana oz vaqt kerak bo‘ladi, barchasi uchun rahmat aytamiz”, deydi u.
     
    So‘nggi paytlarda Falastindagi vaziyat jahon hamjamiyatining diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo aholisining 1/4 qismi ochlikka yaqin sharoitda yashamoqda. 100 mingga yaqin ayollar va bolalar to‘yib ovqatlanmaslikning og‘ir shaklidan aziyat chekmoqda va shoshilinch davolanishga muhtoj. 
     
    Foto: “Daryo”

    Bemorlar bilan ishlagan xodimning ta’kidlashicha, ularning kundalik ehtiyojlari to‘liq ta’minlandi va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli dori-darmonlar berildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlari bilan birgalikda bemorlarning hammasi ko‘rikdan o‘tkazildi, tashxislari tasdiqlandi. Shu tariqa davo ishlari boshlandi. Kelgan 100 nafar fuqaro orasida asosan 34 ta bemor bor edi. Bemorlar bilan stomatologiya, travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va bolalarda pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotlar va davolash choralari olib borildi. 

    Fuqarolarga sihatgohimizda tun-u kun navbatchilik tashkil qilingan. 10 dan ortiq shifokorlar, 20 ga yaqin hamshiralar va kichik tibbiy xodimlar ularga tun-u kun xizmat ko‘rsatmoqdamiz, deydi “Bo‘ston” sanatoriysi davolash ishlari bo’yicha direktor o‘rinbosari Zuhriddin Umarxodjayev. 
    O‘tgan sakkiz oy vaqt oralig‘ida ular to‘liq reabilitatsiya holatiga o‘tdi. Ya’ni O‘zbekiston sharoitiga moslashib, ayrimlari o‘zbek tilida ham muloqotga kirishyapti.  Bundan tashqari, falastinlik mehmonlarning O‘zbekiston jamiyatiga tezroq uyg‘unlashishi, ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, do‘stona uchrashuvlar va ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan maxsus dasturlar tashkil qilindi. Bu tashabbuslar ularga nafaqat moddiy, balki ma’naviy yordam berishga xizmat qildi. Shuningdek, ular o‘zbek to‘ylarida ham mehmon bo‘ldi. 
     
    Foto: “Bo‘ston” sanatoriysi
    Falastinlik fuqarolar boshidan og‘ir sinovlarni o‘tkazgan bo‘lsa-da, bugun ular O‘zbekistonda xavfsizlik, e’tibor va insoniylik muhitida yashamoqda. Ularning hikoyalari chuqur og‘riq bilan singib ketgan, biroq bugun yuzlarida umid, nigohlarida ishonch bor. Bu mehr va g‘amxo‘rlik esa ularni hayotga qaytarmoqda.
     
    Foto: “Daryo”
    Dastlabki kunlarda ularning ahvoli juda og‘ir edi. Ko‘pchiligi jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, urushda tan jarohati olgan, och-nahor qolgan edi. Ular nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham chuqur talafot ko‘rgan. Ular baland ovozlar va keskin tovushlardan qo‘rqishardi. Sog‘ligi va hayoti xavf ostida bo‘lgani uchun uyqu va ovqatlanish rejimlari izdan chiqqan edi. Deyarli bir oy davomida ko‘p vaqtini uyquda o‘tkazdi. Tinch hayotga moslashish ularga oson bo‘lmadi, deydi “Bo‘ston” sanatoriysi bosh hamshirasi Shahlo Shukurova.

    Har biriga alohida xonalar ajratilib, yetarli shart-sharoit yaratildi. Hukumat tomonidan ularning ehtiyojlariga qarab barcha zaruriy vositalar bilan ta’minlandi.

    Foto: “Daryo”
    Ba’zilar onlayn tarzda o‘z yurtlaridagi ta’lim muassasalari bilan bog‘lanib, o‘qishni davom ettirgan. Qolganlari uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan maktab va bog‘chalar tashkil etilgan. Bolalar yoshi bo‘yicha guruhlarga ajratilib, o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ularga o‘zbek tili o‘rgatilgan va har hafta ekskursiyalar tashkil etib borilgan.
     
    Ular orasida to‘liq oilalar bo‘lmagan. Bolali ayollar, asosan, turmush o‘rtoqlari yoki yaqin qarindoshlarisiz kelgan. Ayrimlari O‘zbekistonga yetib kelgach, yaqinlarining vafoti haqida xabar olishgan. Ushbu holatlar ularning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
     
    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”
    O‘zbekiston rahbariyati falastinlik fuqarolarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha choralar belgiladi. Avgust oyida qabul qilingan prezident farmoniga asosan, ularga ijtimoiy, tibbiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish tizimi joriy etildi.
     
    Unga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi asosiy ishchi organ sifatida belgilanib, mahallalarda esa “Mahalla yettiligi” va “Inson” ijtimoiy xizmat markazlari orqali amaliy yordam ko‘rsatiladi.
     
    Falastinlik fuqarolar uchun quyidagi ijtimoiy yordamlar nazarda tutilgan:
     
    Har bir mehnat yoshidagi kishiga oylik yashash nafaqasi beriladi, ijaraga olingan uy-joy xarajatlari qoplab beriladi. Tug‘ilish va dafn marosimlari uchun bir martalik to‘lovlar ajratiladi, har bir oilaga moddiy yordam ko‘rsatiladi.
     
    Agar fuqaroda nogironlikka olib keluvchi kasallik mavjud bo‘lsa, unga tezlashtirilgan tartibda nogironlik maqomi beriladi. Shuningdek, ish staji yetarli bo‘lmagan yoshi katta shaxslarga pensiya tayinlanadi.
     
    Falastinlik bolalar davlat maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablariga navbatsiz va bepul qabul qilinadi. 2028-yilgacha bog‘cha to‘lovlaridan ozod etiladi. Hamda yashash joyi bo‘yicha poliklinikalarga biriktirilib, davlat byudjeti hisobidan bepul tibbiy xizmatlar bilan ta’minlanadi.
     
    Ularning bandligini ta’minlash maqsadida ish topishda ko‘maklashiladi, zamonaviy kasblarni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratiladi. “Oila tadbirkorligi”, “Kichik biznes” kabi davlat dasturlari orqali kredit va moliyaviy yordam beriladi.
     
    Falastinliklarning moliyaviy ta’minoti uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Ushbu jamg‘arma xalqaro grantlar, xayriya mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. Uning mablag‘lari faqat Respublika komissiyasi qarori asosida sarflanadi.
    18 avgust, 15:12   Izoh (0)   813
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #O‘zbekiston#evakuatsiya#Falastin aholisi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Qizilqum” safarda “Xorazm”dan ustun keldi

    Sport | 18 avgust, 21:08

    “Zakovat” III Osiyo ochiq chempionati: 200 million so‘m o‘z egalarini topdi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 21:00

    Minglab falastinliklar Isroilning bombardimonlaridan qo‘rqib, G‘azo shahrini tark etyapti

    Dunyo | 18 avgust, 20:50

    Trampning reytingi Putin bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng ko‘tarildi

    Dunyo | 18 avgust, 20:30

    IIO xodimlari bilan janjallashgan 2005-yilda tug‘ilgan fuqaro javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 20:20

    “Universitet talabani kuchli qiladi yoki sindiradi” — 6 tilni biladigan dasturchi Nodirabegim Musayeva bilan suhbat (foto)

    O‘zbekiston | 18 avgust, 19:30

    Har kim qila oladi: 56 yoshli Jennifer Lopes nima uchun 30 yoshdek ko‘rinadi?

    Shou-biznes | 18 avgust, 20:10

    Qaysi hududlarda qurilish va ishlab chiqarish korxonalari soliqdan eng ko‘p qarzdorligi ochiqlandi

    Iqtisodiyot | 18 avgust, 20:00

    Shavkat Mirziyoyev yangi qurilgan Milliy futbol markazini borib ko‘rdi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 19:47

    Tramp Putinning talablarini eshitgach, muzokaralardan chiqishga tayyor bo‘lgan — OAV

    Dunyo | 18 avgust, 19:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.