AQSH prezidenti Donald Tramp urushni to‘xtatish uchun Rossiyaga 50 kun muhlat bergan edi. Respublikachi senator Lindsi Grem mazkur talabni rad etish oqibatlarini ma’lum qildi.

Grem oqibatlarga to‘xtalishdan oldin AQSH prezdentining Yevropa Ittifoqiga qurol-yarog‘ yetkazib berishga doir bayonotini ijobiy baholadi. U agar janglar belgilangan muddat ichida tugamasa, Vashington Rossiyaning neftini sotib olayotgan davlatlarga 100 foizgacha boj joriy etishini eslatdi. Siyosatchi bu Rossiya prezidentining “eng og‘riqli nuqtasi”ga zarba berish hisoblanishini ta’kidladi.
Agar Putin 51-kuni nima bo‘lishini bilishni istasa, Oyatullohga (Eron oliy rahnamosi) qo‘ng‘iroq qilsin, dedi Grem.
U shu tariqa Trampning Eron bo‘yicha siyosatiga ishora qildi. AQSH prezidenti Eronni bir necha bor yadroviy kelishuv tuzishga chaqirgan edi. Aks holda mamlakatga zarba berish bilan tahdid qilgandi. Tramp 22-iyunga o‘tar kechasi Eronning uchta yadroviy obyektiga hujum qilishni buyurgan. Grem Rossiya prezidentiga bergan maslahati bilan shuni nazarda tutgan.
Tramp 14-iyul kuni Rossiyaga 50 kun ichida tinchlik kelishuviga erishish taklifini bergan. Aks holda Rossiyadan xomashyo va energiya xarid qilayotgan davlatlarga ikkilamchi sanksiyalar qo‘llanishini bildirgan. AQSH Vakillar palatasining spikeri Mayk Djonson va senator Jeyms Kallas bu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlagan, biroq Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas 50 kunlik ultimatumi “juda uzoq muddat” ekanini ta’kidlagan.
Izoh (0)