Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiya elchisi Moskvaning Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan olish qarori haqida tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘ini xabardor qilgan. Bu haqida TASS xabar qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Afg‘oniston hukumati rasman tan olinganini tasdiqlaydi, dedi Rossiya prezidentining maxsus vakili Kabulov.

Tolibon tomonidan kiritilgan Afg‘oniston bayrog‘i ilk bor Moskvadagi elchixona tepasiga o‘rnatildi.
“Afg‘onistonni tan olish to‘g‘risidagi qarorni Putin Lavrov taklifi bilan qabul qilgan va bu Moskvaning muloqot o‘rnatish istagidan dalolat beradi”, dedi Rossiyaning Kobuldagi elchisi.
Avvalroq AQSH “Tolibon”ning terrorchi tashkilot sifatidagi maqomini qayta ko‘rib chiqishi haqida xabar berilgandi.
AQSH davlat kotibi Marko Rubioning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda hibsda bo‘lgan amerikaliklarning ozod qilinishi bilan bog‘liq.
"Bu maqom hozir yana qayta ko‘rib chiqilmoqda, chunki so‘nggi vaqtlarda hibsga olingan ba’zi amerikaliklarni ozod qilishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdik", dedi u Vakillar palatasida bo‘lib o‘tgan eshituvda.
Shuningdek, Davlat kotibi AQSH terrorchi tashkilotlar, jumladan, “Al-Qoida”ga qarshi kurashda “Tolibon”dan ko‘proq hamkorlikni kutishini aytgan.
Izoh (0)