Pokistonda yog‘gan kuchli yomg‘ir kamida yetti kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda TACC.

Keltirilishicha, Pokistonning Balujiston viloyati janubi-g‘arbida tinimsiz yog‘ingarchilik tufayli yashin urishi va uylarning qulashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. O‘tgan hafta oxiridan beri mintaqada yomg‘ir yog‘moqda.
Panjob bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Mohsin Nakviyning so‘zlariga ko‘ra, elektr uzatish liniyalaridagi avariyalar natijasida uy tomlari qulashi, suv toshqini va elektr toki urishi aholi o‘limiga olib kelgan.
Afg‘oniston bilan chegarada joylashgan Chaman shahri aholisi tabiiy ofat qurboniga aylangan. Noqulay ob-havo tufayli aholi punkti viloyatning qolgan qismidan uzilib qolgan. Yo‘llardagi ko‘chkilar nazorat-o‘tkazish punktini to‘sib qo‘ygan, natijada Afg‘oniston bilan chegara savdosi to‘xtatilgan.
Oldinroq Hindiston shimoli-sharqida so‘nggi bir necha kun ichida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani, minglab odamlar jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)