• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Eldor Aripov: "Termiz muloqoti Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega"

     Shu kunlarda “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov o‘z nutqida anjumanning Termiz shahrida o‘tkazilishi ramziy ma’noga egaligini qayd etdi. 
    — Markaziy va Janubiy Osiyo chorrahasida joylashgan ushbu qadimiy shahar azaldan mintaqalarni bog‘lovchi muhim markaz bo‘lib xizmat qilgan, - dedi ekspert.

    Shuningdek, E.Aripov Termiz zardushtiylik, buddaviylik, xristianlik va islom an’analari paydo bo‘lgan va rivojlangan madaniyatlararo hamda diniy muloqot markazi bo‘lganini ham qo‘shimcha qildi.  Yunon-Baqtriya, Kushon podshohliklari va boshqa qadimiy davlatlar o‘rtasida joylashgan shahar Temuriylar davrida taraqqiy etib, yirik savdo, hunarmandchilik va ilm-ma’rifat maskaniga aylangan. 

    Qolaversa, Hindiston va O‘rta Osiyoni bog‘lovchi qadimiy Shimoliy savdo yo‘li ham Termiz orqali o‘tgan.  Bugun shahar izchil modernizatsiya qilinmoqda va O‘zbekistonning janubiy darvozasi sifatidagi maqomini tiklagan holda yana Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘inga aylanmoqda. 
    — Termizning boy tarixiy merosi umumiy taraqqiyot uchun yangi strategik imkoniyatlarni ochadigan hamkorlikning yagona makonini barpo etish uchun mustahkam zamin yaratmoqda, — deydi u. 

    Eldor Aripov Termiz muloqotining ahamiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, global beqarorlik sharoitida barcha o‘zaro hurmat va teng huquqli ishtirokka asoslangan erkin va konstruktiv muloqot har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi.  Shu maqsadda 2021 yilning iyul oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik.

    Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro anjuman o‘tkazildi, 2022 yilda esa BMTning tegishli rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu qadamlar hamkorlik va tarixiy aloqalarni tiklashga asoslangan yangi mintaqaviy kun tartibiga asos soldi. 

    — Bugun buning uchun barcha zarur sharoitlar mavjud,— dedi E.Aripov. — Markaziy Osiyoda Janubiy Osiyo bilan hamkorlikni birgalikda chuqurlashtirish uchun mustahkam hamjihatlik shakllangan. “CASA-1000”, TAPI va Transafg‘on yo‘lagi loyihalarining qo‘llab-quvvatlanishi ham bunga isbot bo‘la oladi. Bundan tashqari, SMTI direktori Afg‘oniston bosqichma-bosqich transformatsiya bo‘layotgani va qo‘shnilar bilan tinchlik va hamjihatlikda yashashga intilayotganini ta’kidladi. Mamlakatning mintaqaviy aloqalarga, jumladan, Markaziy Osiyo bilan to‘laqonli integratsiya bo‘lishga qiziqishi ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash uchun tarixiy imkoniyat ochmoqda. 

    Eldor Aripov Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqida gapirar ekan, so‘nggi yillarda bu boradagi ishlar barqaror rivojlanib borayotgani, iqtisodiy kun tartibi ushbu jarayonda muhim rol o‘ynayotganini qayd etdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi besh milliard dollardan oshdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich mintaqalar ega bo‘lgan katta salohiyatga nisbatan past. 

    Ekspert iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun savdo amaliyotlarini yanada soddalashtirish, transport yo‘laklarining ko‘p variantli tizimini yaratish va energetika infratuzilmasini rivojlantirishni muhim deb hisoblaydi. 

    Shu ma’noda, Transafg‘on yo‘lagini qurish loyihasini tezroq amalga oshirish strategik jihatdan muhimligiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, uning hayotga tatbiq etilishi mintaqa mamlakatlar uchun Hind okeani portlariga eng qisqa yo‘l ochib, Janubiy Osiyoni Markaziy Osiyo, Rossiya, Xitoy va Yevropa bozorlari bilan bog‘laydi. 

    Ekspert Termiz muloqoti mintaqalarning farovonligi yo‘lidagi hamkorlik tamoyillariga asoslangan, ziddiyatlar va qarama-qarshiliklardan holi munosabatlarning yangi modelini taklif etishiga umid bildirdi. 

    Nutqining yakunida SMTI direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy va sivilizatsiyaviy mushtarakligi, xalqlarimiz va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlari birgalikda farovon kelajakni bunyod etishimiz uchun mustahkam zamin yaratadi. O‘zaro aloqalarni va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlamasdan turib, bugungi kunda mamlakatlarimiz duch kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni yengib bo‘lmasligini chuqur anglash vaqti keldi.” degan so‘zlarini keltirib o‘tdi. 
    Eslatib o‘tamiz, 19-21 may kunlari Termiz shahrida “Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

    Tadbir SMTI, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi. 

    Forum Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Amerika, Yaqin Sharqdan 200 ga yaqin ishtirokchilarni  bir maydonda jamladi. Ular orasida siyosiy-iqtisodiy, biznes doiralar, moliya institutlari, xalqaro va mintaqviy tashkilotlar vakillari, shuningdek, tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlarining taniqli ekspertlari  bor.

    21 may, 17:03   Izoh (0)   1756
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda Chori Avaz ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

    17 may, 12:39

    “Samarqandim” jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi

    14 may, 15:46

    Onlayn makonda tartib va aniqlik: “noqonuniy kontent” tushunchasini huquqiy jihatdan mustahkamlash vaqti keldi 

    14 may, 15:38

    “Xotira Nuri” — tarix, tabiat va texnologiyalar uyg‘unligidagi yangi yodgorlik maskani

    10 may, 21:49

    O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasida “O‘zbek milliy kiyimlari kuni” mavzusida brifing o‘tkazildi

    11 aprel, 15:43

    O‘zbekiston diplomatiyasida tarixiy voqelik: dunyo qonun ijodkorlari Toshkentda jamlanmoqda

    6 aprel, 12:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.