• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Chempionlik yo‘laklari tarixi: “Inter” “Milan”ga shu orqali hurmat ko‘rsatgan, “Barselona” esa ushbu an’ana sabab “Real” bilan ziddiyatga borgan

    Bahorda Yevropa ligalari va Yevrokuboklarida chempionlar aniqlandi. Ko‘pincha sovrinni qo‘lga kiritgan jamoalarga chempionlik yo‘laklari tashkil etiladi. Raqiblar ikki qatorga tizilib, u yerdan yurib o‘tadigan g‘oliblarni olqishlashi ixtiyoriy harakatdir — masalan, La Liganing 38-turida “Atletik” chempion “Barselona”ni shunday kutib olgandi.

    Bugun faxriy yo‘lak an’anasi qanday paydo bo‘lgani, qayerda ishlatilishi va nima uchun tanqid qilinishi haqida hikoya qilamiz.

    Ilk chempionlik yo‘lagi “Manchester Yunayted” tashkil etgan. G‘oyani afsonaviy Mett Basbi taklif qilgan

    Chempionlik koridorlari an’anasi Angliyada paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Birinchi bo‘lib “Manchester Yunayted” raqibiga xuddi shunday yo‘lak tashkil etgan. 1955-yilda murabbiy Mett Basbi futbolchilarga dastlabki chempionligini qo‘lga kiritgan “Chelsi” uchun shon-sharaf yo‘lagini ochishni taklif qilgan.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    Balki bu qarorga Basbining “Chelsi”ga bo‘lgan shaxsiy munosabati ta’sir qilgandir — klub baribir mutaxassisga begona bo‘lmagan. 1930-yillarda “Manchester Yunayted”ning bo‘lajak murabbiyi “Liverpul”da o‘ynagan. Urush yillarida u London klubi bilan shartnoma imzoladi va armiyaga yordam berish uchun pul yig‘ishda bir nechta ko‘rgazmali o‘yinlarda ishtirok etdi.

    1955-yil 30-aprelida “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Chelsi”ni qabul qildi. Mankunianliklar futbolchilari va Mett Basbi ikki chiziqda saf tortib, yangi chempionni olqishlar bilan kutib olishdi. Keyin esa 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

    An’ana Yevropada o‘rnashib qolgan. Ligalar va Kubok turnirlarida g‘oliblar shu tarzda kutib olinadi, xayrlashadi va shaxsiy yutuqlarni sharaflaydi.

    Asta-sekin chempionlik yo‘laklari Angliyada mashhur bo‘ldi va Yevropa bo‘ylab tarqaldi

    Mashhurlikning birinchi to‘lqini 1970-yillarda “Lids” tufayli boshlangan. Klub g‘oliblarni ikki marta qutlagan: 1971-yilda “Arsenal” oltin dubl qayd etganida va 1979-yilda “Liverpul” to‘rt yil ichida uchinchi chempionlikni qo‘lga kiritganida. “Lids”ning o‘ziga esa 1974-yilda — chempionatdagi ikkinchi g‘alabadan so‘ng “Kuenz Park Reyjners” tomonidan koridor tashkil etilgan.

    Premyer Liga davrida chempionlik yo‘laklari an’anasi mustahkamlandi — XXI asrda muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirgan deyarli barcha jamoalar unga sazovor bo‘ldi. Gvardiolaning “Siti”si 7 marta, “Manchester Yunayted va “Chelsi” 4 martadan, 2016-yilda esa “Everton” va “Chelsi” “Lester” uchun ikkita yo‘lak tashkil qilgan.

    1970-yilning may oyida “Atletik Bilbao” Kubokda “Atletiko” bilan to‘qnash keldi. O‘yin oldidan basklar murabbiyi Ronni Allen bir hafta oldin mamlakat chempioni bo‘lgan Madrid klubiga hurmat bajo keltirish uchun jamoasiga faxriy koridor (ispancha — pasillo) tashkil etishni aytdi. Shu tariqa, ingliz murabbiyi orqali an’ana Ispaniyaga o‘tdi.

    “Barselona” va “Real” uch marta bir-biriga chempionlik yo‘laklarini tashkil etgan. 1988-yilda “Barselona” “Real”ga “Kamp Nou”da hurmat ko‘rsatdi. 1990/91-yilgi mavsumda “Real” Yohan Kroyf jamoasini olqishlagan edi. Klasikodagi so‘nggi yo‘lak esa 2008-yilda sodir bo‘lgan. “Real” “Barselona”ga qarshi o‘yindan bir tur oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan va Kataloniya klubi futbolchilari “Santyago Bernabeu”da tabrik yo‘lagini tashkil etgandi.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    Italiyada chempionlik koridorlari paydo bo‘lganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Birinchisi 2007-yilda Milan derbisida qayd etilgan. Jamoalar “Milan”ning klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabasidan so‘ng to‘qnash kelishdi. “Inter” avval prinsipial raqibni olqishlar bilan kutib oldi, keyin esa dunyoning eng yaxshi klubini rasman mag‘lub etdi (2:1).

    Endilikda Italiya klublari A Seriya va boshqa turnirlardagi g‘alabalardan so‘ng muntazam ravishda tantanali uchrashuvlar o‘tkazishmoqda. 2021-yilda “Sampdoriya” “Inter”ni, 2023-yilda “Fiorentina” “Napoli”ni tabriklagan. O‘tgan mavsumda “Torino” birdaniga ikkita yo‘lak tashkil qilgandi — avvaliga chempion “Inter” uchun, keyin Yevropa Ligasini yutgan “Atalanta” uchun.

    Yo‘laklar ko‘plab Kubok turnirlarida ham qo‘llaniladi. Misol uchun, Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida “Borussiya” futbolchilari kumush medallarini qabul qilib olish uchun “Real” tashkil etgan yo‘lakdan o‘tib, shohsupa tomon yurgan.

    Ko‘pincha yo‘laklar martaba, rekord yoki faoliyatini tugatayotgan alohida shaxslarga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. 2024-yil Dortmundda Yurgen Klopp va Marko Roys bilan shunday xayrlashgan bo‘lsa, 2020-yilda “Roma” va “Yuventus” hakam Tommazo Rokkini shu tariqa nafaqaga kuzatishdi.

    Angliyada bu harakatni tanqid qilishadi, lekin baribir foydalanishadi. Ispaniyada grandlar kelishmovchiliklar tufayli undan voz kechgan

    So‘nggi paytlarda chempionlik yo‘laklari chempionga hurmat emas, mag‘lublarni kamsitish ekani haqida ko‘proq gapirilmoqda. Hatto 2013-yilda “Arsenal” tarkibida Robin van Persi bo‘lgan “Manchester Yunayted”ga yo‘lak tashkil etgan.

    “Men bu an’anani tushunmayman, — deya tan oldi Piter Krauch 2025-yilda. — Ehtimol, u hurmat ko‘rsatayotgandir, lekin baribir tushunmayapman. Bu koridor orqali maydonga chiqayotgan jamoani ham, qarsak chalayotganlarni ham xijolatga qo‘yadi. Bu menga yoqmaydi”.

    Foto: Championat
    Foto: Championat

    Shunday bayonotlarga qaramay, ingliz jamoalari an’analarga amal qilishda davom etmoqda. 2024/25-yilgi mavsumda “Liverpul” muddatidan oldin chempion bo‘ldi. G‘oliblarni “Stemford Brij”da qabul qilgan “Chelsi” o‘yin oldidan chempionlik yo‘lagini tashkil etdi.

    Ispan grandlari esa faxriy yo‘laklar uchun janjallashib qolgan. 2018-yilda “Real” “Barselona” uchun yo‘lak tashkil etishdan bosh tortgan. Murabbiy Zinedin Zidan buning sababini 2017-yilda kataloniyaliklar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi g‘alabadan so‘ng uning jamoasini kutib olishmagani bilan tushuntirgan. Darvoqe, Iker Kasilyas ham bunday qarorni ma’qullamagan.

    “Barselona” o‘zi ishtirok etmayotgan musobaqalar g‘oliblari uchun faxriy yo‘laklar tashkil etmayotganini bahona qilgan. Bunga javoban klubga UEFA Kubogi—2006 da g‘olib chiqqan “Sevilya” uchun “Kamp Nou”dagi chempionlik yo‘lagi esga olindi.

    Klublar matbuotda o‘zaro janjallashib turgan bir paytda “Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde: “Ushbu harakat ma’nosi buzildi. “Real” va “Barselona” yoki boshqa prinsipial raqiblar haqida gap ketganda, albatta, revansh kayfiyati bo‘ladi. Chempionlik yo‘lagida g‘olibga ehtiromdan ko‘ra raqibni kamsitishni ko‘proq xohlashadi”, — degandi.

    2022-yilda “Atletiko” “Real” uchun yo‘lak hosil qilishdan bosh tortdi. Klub o‘z bayonotida ham ma’noning buzilishi haqida gapirdi: “Ba’zilar chempionni tan olish uchun yaratilgan narsani raqiblar to‘lashi kerak bo‘lgan ommaviy o‘lponga aylantirmoqchi. Har qanday holatda ham “Atletiko” sportning asl qadriyatlari unutilgan, muxlislarning g‘azabi va to‘qnashuviga sabab bo‘layotgan bu masxaralashda ishtirok etmaydi”.

    Karlo Anchelotti esa bunga diplomatlarcha javob berdi: “Italiyada biz chempionlik yo‘lagiga o‘rganmaganmiz. Har kim o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ishni qilishi kerak va biz buni hurmat qilishimiz kerak. “Atletiko”ni, uning murabbiyi va futbolchilarini juda hurmat qilamiz. Ular qo‘shni va do‘st. Ular yo‘lak tashkil qilsa ham, qilmasa ham biz ularning qarorini tushunamiz.

    25 iyun, 16:46   Izoh (0)   818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Chelsi#Manchester Yunayted#Real Madrid#Barselona

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eng qimmat futbol brendlari e’lon qilindi 

    17.07.2024, 16:28

    Futbol tarixidagi eng omadsiz 15 ta transfer e’lon qilindi. Sobiq “Barselona” futbolchisi ro‘yxatda yetakchi

    22.08.2024, 11:01

    Ronaldudan Gundo‘g‘angacha. Premyer Ligaga qaytgan mashhur futbolchilar

    27.08.2024, 17:41

    Angliya terma jamoasining oktyabr oyidagi o‘yinlari uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi 

    03.10.2024, 19:36

    “Real” — yetakchi, “Barselona” — 5, “PSJ” esa yettinchi o‘rinda. Dunyoning eng qimmat klublari reytingi

    09.10.2024, 17:35

    Rodri — 2024-yilgi “Oltin to‘p” sohibi 

    29.10.2024, 02:44

    “Man Siti” peshqadam, “Barsa” “o‘nlik”da ham yo‘q: UEFA klublarning yangilangan reytingini eʼlon qildi

    13.12.2024, 22:21

    Globe Soccer Awards-2024: Vinisius — eng yaxshi futbolchi, Anchelotti — eng yaxshi murabbiy

    28.12.2024, 08:56

    Joze Mourinyo APL klubini boshqarishi mumkin

    10 yanvar, 10:20

    UEFA o‘tgan mavsum eng ko‘p maosh to‘lagan klublar ro‘yxatini e’lon qildi

    7 mart, 19:14

    APL. Superkompyuter Angliya chempionati g‘olibi qaysi jamoa bo‘lishini taxmin qildi

    11 mart, 15:03

    Yozgi transfer oynasi paytida top jamoalarga o‘tishi mumkin bo‘lgan hujumchilar 

    12 mart, 13:35

    Maydonda haqiqiy jangchi, hayotda esa kamtar va vazmin yigit – Abduqodir Husanov 

    14 mart, 18:26

    Transfermarkt: APLda narxida eng ko‘p o‘zgarish bo‘lgan futbolchilar

    19 mart, 14:20

    21-asrning eng zo‘r hujum triosi aniqlandi

    8 aprel, 08:38

    “Roma” YCHL uchun tayyorgarlik boshladi. Klub yozda kimlarni xarid qilmoqchi?

    11 may, 15:29

    “Manchester Yunayted” keyingi mavsum transferlar uchun qancha sarflamoqchiligi ma’lum bo‘ldi

    15 may, 14:47

    Angliyada YCHL yo‘llanmasi uchun kurash avjida: poygada “Chelsi”, “Siti”, Arsenal” va yana 3 jamoa bor

    16 may, 11:21

    Eng omadsiz transfer, qariya to‘purar va 36 soat ichida erishilgan ilk sovrin — Modrichning Madriddagi faoliyati haqida

    27 may, 12:05

    YKL. “Chelsi” “Betis”ni yirik hisobda mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    29 may, 09:12

    Yevropaning eng qimmat 10 ta klubi nomi ma’lum bo‘ldi

    29 may, 11:57

    UEFA klublarning yangilangan reytingini e’lon qildi (top-10)

    2 iyun, 11:38

     Lamin Yamal Xalqaro sport tadqiqotlari markazi tomonidan eng qimmat futbolchi sifatida e’tirof etildi (top-10)

    4 iyun, 13:56

    Superkompyuter Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining asosiy da’vogarlarini aniqladi

    10 iyun, 12:50

    Eng ko‘p obunachiga ega klublar: “Real” yetakchi, “Barselona” ikkinchi pog‘onada

    12 iyun, 15:45

    Markus Reshford “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi — maqsad: “Barselona”

    13 iyun, 13:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH boshlandi: qaysi jamoalar ishtirok etadi, o‘yinlar qayerda bo‘lib o‘tadi va mukofot puli qancha?

    15 iyun, 16:58

    Niko Uilyams kelajagi borasida qaror qabul qildi — manba

    16 iyun, 11:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” va “Flamengo”dan g‘alaba, “Boka Xuniors” — “Benfika” bahsida jangovor durang qayd etildi (video)

    17 iyun, 08:50

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    20 iyun, 14:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    21 iyun, 09:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.