Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yo Anhor.uz saytida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operatsiyada ishtiroki qonuniyligini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Senat matbuot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu kabi xabarlar mutlaqo asossiz, hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. “Anhor.uz” portalida ham bunday mazmunda hech qanday maqola mavjud emas.
Qayd etilishicha, Senat raisi Tanzila Norboyeva bu borada biron-bir ommaviy axborot vositasi yoki platformaga intervyu bermagan.
“Mazkur yolg‘on xabar faktlar bilan tasdiqlanmagan, fuqarolar orasida chalg‘ituvchi maʼlumot tarqatishga qaratilgan bo‘lib, aholi ongida noto‘g‘ri tasavvur hosil qilishga harakat deb hisoblanadi. Amaldagi qonunchiligiga ko‘ra yolg‘on axborot tarqatish uchun javobgarlik belgilangan”, deyiladi Senat raddiyasida
Senat jamoatchilikni bunday yolg‘on va chalg‘ituvchi xabarlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy axborot manbalariga tayangan holda xulosa qilishga chaqirdi.
Izoh (0)