• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Chinakam matonat egasi, Ginneslari rekordi kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina

    Sport olamining chinakam afsonasi, o‘zbek gimnastikasining faxri — Oksana Chusovitina 50 yoshni qarshiladi. Sakkiz marta yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, Ginneslari rekordi kitobiga kiritilgan ushbu gimnastikachi 1975-yilning 19-iyunida Buxoro viloyatida tug‘ilgan.

    Foto: MatchTV
    Foto: MatchTV

    U 1991-yildan boshlab xalqaro sport maydonlarida sobiq SSSR tarkibida ishtirok etishni boshlagan. 1992-yilda Barselonada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada MDH nomidan qatnashib, jamoaviy bahslarda oltin medal qo‘lga kiritgan. O‘shanda u atigi 17 yoshda edi.

    Chidamlilik, fidoyilik va sadoqat timsoli

    Chusovitinaning sportdagi uzoq faoliyati — nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki mustahkam irodasi, mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan cheksiz muhabbati natijasidir. U faoliyati davomida O‘zbekiston, Germaniya va SSSR terma jamoalari safida qatnashib, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritgan. Uning noyob sakrash texnikasi, aniqligi va nafis harakatlari bugungi kunda ham yosh sportchilar uchun ibrat bo‘lib qolmoqda.

    U 2000-yil Sidney Olimpiadasidan keyin sport faoliyatini yakunlashi mumkin edi.  Chuning Oksananing o‘g‘li Alisherga leykemiya (oqqon) tashxisi qo‘yiladi. 2002-yilda uni davolash maqsadida Germaniyaga ko‘chib o‘tadi. Uning turmush o‘rtog‘i, yunon-rum kurashi bo‘yicha chempion Bahodir Qurbonov esa sportdagi faoliyatini to‘xtatadi.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    Alisherning davolanishiga “Kyoln” sport klubi yordam qo‘lini cho‘zadi. Oksana Germaniyada mashg‘ulotlarni davom ettiradi va 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi safida kumush medal qo‘lga kiritadi.

    Foto: Lenta
    Foto: Lenta

    O‘sha davrni eslab, Oksana shunday deydi:

    “Alisher o‘shanda atigi 3 yoshda edi. Kasallik qayerdan chiqqani noma’lum. Ko‘pchilik o‘g‘limni davolatish uchun mashg‘ulotlarni davom ettirdim deb o‘ylaydi. Aslida esa men sport bilan shug‘ullanmasam, ruhiy jihatdan chidab bo‘lmasdi. Shifoxonadagi bolalar ko‘zlariga qarash og‘ir edi. Sport meni biroz bo‘lsa-da chalg‘itdi.”

    Jarohatlar, qaytishlar va yangi umidlar

    2008-yildan keyin Oksana bir necha og‘ir jarohat oldi, operatsiyalar o‘tkazdi, lekin sportni tark etmadi. 2012-yil Londonda, 2016-yil Rio-de-Janeyroda, 2021-yil Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadalarda qatnashdi. Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani 45 yoshida qo‘lga kiritib, yana bir tarix yaratdi.

    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images

    “Bu qanday sir?” degan savollarga Oksana oddiy javob beradi:

    “Hech qanday sir yo‘q. Hech kim bu qadar uzoq vaqt davomida gimnastikada qolishni xohlamagan, xolos. Men har kuni o‘zimga maqsad qo‘yaman. Meni hech kim majburlamaydi. Bu — chin dildan bo‘lgan qiziqish.”

    2024-yilning may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan saralash musobaqalari oldidan jarohat olib, Parij Olimpiadasida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Oksana bu holatni afsus bilan tilga oldi:

    “Juda katta tayyorgarlik ko‘rgandim, o‘zimga ishongandim. Afsuski, jarohat meni to‘xtatdi.”

    Los-Anjeles sari!

    Chusovitina 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida qatnashishni niyat qilgan. 2023-yil kuzida Rossiyada o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lib, bu maqsad sari yana bir qadam tashladi:

    “Avvalambor, 2026-yil Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishni istayman. Keyin holatimga qarab qaror qilaman. Agar o‘zimni yaxshi his qilsam, Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun harakat qilaman.”

    Mukofot va e’tiroflar

    Bugungi kunda Oksana Chusovitina — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

    Statistika va yutuqlar

    • 1992-yil — Olimpiya chempioni (MDH tarkibida)
    • 2008-yil — Olimpiya o‘yinlari vitse-chempioni (Germaniya)
    • 3 karra jahon chempioni
    • 8 karra Olimpiya ishtirokchisi — Ginnes rekordchisi
    • Yevropa chempionati g‘olibi (2008)
    • Jahon chempionatlarida 8 ta kumush va bronza medali
    • Jahon kubogi g‘olibi (2022-yil, tayanib sakrash).

    50 yoshda bo‘lishiga qaramay, Oksana Chusovitina sportga bo‘lgan muhabbat, fidoyilik va chidamlilikning tirik timsolidir. U nafaqat o‘zbek sportining faxri, balki butun dunyo sporti tarixida o‘chmas iz qoldirgan afsonadir.

    20 iyun, 16:26   Izoh (0)   882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Oksana Chusovitina#Rio-2016#Germaniya#O‘zbekiston#SSSR#Gimnastika

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oksana Chusovitina faoliyatidagi yettinchi Olimpiadada qatnashish uchun muhim qadam tashladi

    28.10.2015, 16:07

    O‘zbekistonlik badiiy gimnastikachilar jamoaviy bahslarda Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi

    23.04.2016, 12:58

    Yetti karra olimpiadachi. Oksana Chusovitina qanday qilib 40 yoshida ham faoliyatini davom ettirmoqda?

    29.04.2016, 19:28

    Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunlash niyatida emasligini ma’lum qildi

    15.08.2016, 14:12

    Oksana Chusovitina va boshqalar: Riodan sevgi salomi (foto)

    16.08.2016, 17:09

    Oksana Chusovitina: Tokio–2020 Olimpiadasida medal olaman

    19.08.2016, 16:32

    Yetti karra olimpiadachi Oksana Chusovitinaga Malibu avtomobili sovg‘a qilindi

    31.08.2016, 18:03

    Oksana Chusovitina ketma-ket 7 Olimpiadada ishtirok etgan gimnastikachi ayol sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga rasman kiritildi

    12.12.2016, 10:22

    Portlash xavfi tufayli Nyu-Yorkda shoshilinch qo‘ngan samolyot bortida Oksana Chusovitina bo‘lgani ma’lum qilindi

    13.12.2016, 16:46

    O‘zbek sportining 2016-yilda yodda qolgan 16 lahzasi

    30.12.2016, 15:08

    Tokio—2020 Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar yakuniy ro‘yxati ma’lum bo‘ldi. Sport turlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

    10.07.2021, 18:01

    Olimpiadada O‘zbekiston bayroqdori bo‘ladigan ilk ayol, yana legionerga aylangan Sardor Rashidov va “Yuventus”da qolishga qaror qilgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport y...

    17.07.2021, 20:41

    Tokio—2020 Olimpiadasi ochilish marosimiga bir kun qolganda O‘zbekiston bayroqdorlari o‘zgardi

    23.07.2021, 11:07

    Ibragimovdan Jalolovgacha. O‘zbekistonning Olimpiadalardagi bayroqdorlari kimlar bo‘lgan?

    23.07.2021, 20:49

    Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov va O‘zbekiston bayroqdori Nigora Tursunqulova turmush quradi

    06.08.2021, 19:18

    “Daryo” dayjesti: 5-martning eng muhim xabarlari

    05.03.2024, 22:15

    “O‘zbekistonning Olimpiya o‘yinlaridagi debyuti barchamiz uchun juda muhim” — Diyor Xolmatov

    17.04.2024, 13:22

    Uzbekistan’s club jurnalining 2-sonida o‘zbekistonliklar obrazi orqali eng aktual trendlar haqida so‘z yuritiladi

    22.04.2024, 13:18

    Parij armonga aylandi — Oksana Chusovitina jarohat sabab Toshkentdagi litsenzion turnirda qatnashmaydi

    23.05.2024, 15:08

    Oksana Chusovitina 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda

    07.06.2024, 12:30

    Atlanta—1996. O‘zbekistonning yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi debyuti tarixi

    23.07.2024, 21:54

    Parij Olimpiadasi sovrindorlari va murabbiylariga faxriy unvon va ordenlarni topshirish marosimi — suratlarda

    28.08.2024, 15:59

    O‘zbekiston tarkibida 2 va undan ortiq Olimpiada medaliga ega chiqqan sportchilar

    28.08.2024, 17:10

    Toshkentda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan o‘zbekistonliklar ishtirokida xalqaro forum o‘tkazildi

    27.09.2024, 13:01

    Chusovitina: “Meni 2028-yilgi Olimpiadada ko‘rasizlar degan umiddaman”

    21.10.2024, 12:00

    49 yoshli Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida g‘olib bo‘ldi

    8 mart, 18:07

    Chempionga Chempion

    18 mart, 12:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.