• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil nega AQSHning bunker bombasi bilan Eron yadro poligoniga zarba bermoqchi?

    AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir paytda Qo‘shma Shtatlarning harbiy aralashuvi bo‘yicha variantlarni ko‘rib chiqayotganini aytdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.AC

    Foto: Fordodagi yadroviy obyekt / USA Today
    Foto: Fordodagi yadroviy obyekt / USA Today

    Tramp “kelasi hafta muhim bo‘lishi”ni ta’kidladi va Eron rasmiylarining muzokaralar olib borishga intilayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq AQSH rahbari muzokaralar uchun kech bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmadi.

    Rasmiylar va mutaxassislar AQSHning 13 tonnalik bunker bombasigina Tehron yadro dasturining asosi hisoblangan va tog‘da joylashgan Fordo yersosti uranni boyitish zavodini yo‘q qilishga qodirligini aytmoqda. Qo‘shma Shtatlar B-2 bombardimonchi samolyotlari yordamida yetkazib beriladigan bunday bombalarga ega yagona davlatdir. Agar u Eronga qarshi ishlatilsa, bu AQSHning faol aviazarbalar berishini anglatadi.

    ♦ Bunker bombalar qanday xususiyatga ega?

    Bu oddiy bombalar yetib bora olmaydigan, yerostida chuqur joylashgan nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan bombalarning umumiy nomi. AQSH armiyasining eng kuchli bunker bombasi GBU-57 Massive Ordnance Penetrator hisoblanadi. Uning og‘irligi taxminan 13 600 kg bo‘lib, jangovar qismi 2700 kiloni tashkil etadi. Qattiq po‘latdan tayyorlangan va 60 metrgacha yer ostiga kirib portlash imkoniyatiga ega.

    Foto: AQSHning bunker bombasi
    Foto: AQSHning GBU-57 Massive Ordnance Penetrator bunker bombasi / AP Photo

    B-2 Spirit — AQSHning yashirin bombardimonchi samolyoti bo‘lib, hozirda GBU-57’ni tashish uchun mo‘ljallangan yagona uchoqdir. U bir vaqtning o‘zida ikkita bunker bombani tashiy oladi. AQSH harbiy-havo kuchlari ta’kidlashicha, bir nechta bombani ketma-ket, bitta yoki bir nechta samolyot yordamida tashlash mumkin. Bu esa har bir zarbaning chuqurroq kirib borishiga imkon beradi va umumiy ta’sirni kuchaytiradi.

    Isroil AQSH ishlab chiqargan GBU‑28 va BLU‑109 kabi bunker bombalaridan foydalanadi. Bu bombalar odatda F‑15 kabi qiruvchi samolyotlar orqali tashlanadi. Biroq ular chuqur yerostidagi nishonlarga, jumladan, Eronning Fordo yadro markaziga yetib bora olmaydi. Isroil 2024-yilda “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohni Bayrutdagi yer osti shtab-kvartirasida o‘ldirish uchun ketma-ket BLU-109 bombalaridan foydalangan.

    ♦ Eronning Fordov yadro inshooti qancha chuqurlikda joylashgan?

    Tehrondan taxminan 95 km janubi-g‘arbda joylashgan Eronning Fordo uran boyitish zavodi havo hujumlari va bunker bombalardan himoyalanish uchun tog‘ yonbag‘riga qurilgan. U taxminan 80-90 metr chuqurlikda joylashgan. Fordo inshootining qurilishi taxminan 2006-yilda boshlangan va 2009-yilda ishga tushirilgan. Xuddi shu yili Eron uni rasman tan olgan.

    Foto: Fordodagi yerosti obyekti
    Foto: Fordodagi yerosti obyekti / Maxar

    2015-yildagi JCPOA nomi bilan tanilgan Eron yadro kelishuviga ko‘ra, Eron Fordodagi uranni boyitish ishlarini to‘xtatishga va bu joyni ilmiy-tadqiqot markaziga aylantirishga rozi bo‘lgan. Biroq 2018-yilda AQSH kelishuvdan chiqqanidan so‘ng, Eron bu obyektda uranni boyitishni qayta boshladi. Mamlakat uning yadro dasturi faqat tinch maqsadlarda ekanini ta’kidlab kelmoqda.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Fordo Eron va Rossiyaning yer-havo raketa tizimlari bilan himoyalangan, ammo Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida bu mudofaa tizimlari allaqachon zarba ostida qolgan bo‘lishi mumkin.

    Fordow nuclear site: What we know about Iran's facility hardened against  bunker busting bombs | CNN

    Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu harakatni Eronning raketa va yadroviy salohiyatini yo‘q qilish vazifasi sifatida talqin qilib, ularni “mavjudlikka tahdid” deb ta’riflagan. Rasmiylar Fordo asosiy nishon ekanini tasdiqlagan.

    Bu butun operatsiya... haqiqatan ham Fordoni yo‘q qilish bilan yakunlanishi shart, degan Isroilning AQSHdagi elchisi Yexiel Leiter.

    Nishonga olingan boshqa yadroviy obyektlar

    Isroil Eronning eng yirik yadroviy obyekti bo‘lmish Natanzdagi uran boyitish markazining yer usti qismini yo‘q qilgani taxmin qilinmoqda. BMTning xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentligi (MAGATE) ma’lumotlariga ko‘ra, elektr ta’minotining uzilishi natijasida obyektdagi yerosti boyitish zallariga ham zarar yetgan bo‘lishi mumkin.

    foto:
    Foto: Natanzdagi yadroviy inshooti hujumdan oldin (chapda) va keyin (o‘ngda) / MAXAR

    Potensial yadroviy va kimyoviy ifloslanish xavfi

    16-iyun kuni MAGATE rahbari Rafael Grossi shikastlangan Natanz hududidan ham radiatsiyaviy, ham kimyoviy ifloslanish xavfi mavjudligini aytdi. U Isroil hujumiga uchragan Eronning Natanz va Isfahon yadroviy obyektlari atrofida radiatsiya darajasi hozircha me’yorida ekanini ta’kidladi. Biroq harbiy vaziyatning keskinlashuvi radiologik chiqindi tarqalishi xavfini oshiradi.

    MAGATE rahbari Eron yadro qurolini yaratayotganiga oid dalillar yo‘qligini ma’lum qilgan. AQSH razvedkasi ham mazkur ma’lumotni tasdiqlagan. Biroq Grossining ta’kidlashicha, hech bir davlat Eron kabi uranni 60 foizgacha boyitmayapti. Bu esa texnik jihatdan yadro quroli ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan darajaga (90 foizga) yaqin.

    MAGATE rahbari Eronning ko‘plab yuqori lavozimli amaldorlari u bilan suhbatlarda yadro quroli yaratish islomga zid ekanini tan olganini aytgan. Biroq Eron bu qurolni yaratish uchun zarur bo‘lgan “pazl bo‘laklari”ning barchasiga ega.

    19 iyun, 16:42   Izoh (0)   3061
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Eron#bunker bomba#Isroil#AQSH#yadroviy obyekt#radiatsiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isroil Suriya harbiy salohiyatining qariyb 90 foizini yo‘q qildi. Bu mintaqadagi kuchlar balansiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin

    18.12.2024, 19:35

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi 

    17 iyun, 23:50

    AQSH Yaqin Sharqdagi qo‘shinlarini shay holatga keltirdi

    18 iyun, 08:26

    Rossiya Eron-Isroil urushida nimani yo‘qotishdan qo‘rqadi yoki nimalarga ega bo‘ladi?

    18 iyun, 19:35

    “Isroil biz uchun Eronda ‘qora ishlar’ qilmoqda” — Germaniya kansleri 

    18 iyun, 09:36

    Isroil o‘z fuqarolariga mamlakatni tark etishni taqiqladi

    18 iyun, 10:18

    Isroildagi o‘zbekistonliklar mamlakatni qanday tark etishi mumkinligi ma’lum qilindi

    18 iyun, 10:48

    Eron Isroil havo hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi

    18 iyun, 10:30

    “Xomanaiy qo‘rqqan kalamushday yer ostiga yashirinib olgan” — Eron sobiq valiahd shahzodasi

    18 iyun, 12:42

    FIFA Isroil klublaridagi legionerlarga hech qanday tovon to‘lamasdan ketishga ruxsat berishi mumkin

    18 iyun, 14:15

    Turkiya mudofaa vaziri Eron chegarasiga bordi

    18 iyun, 15:25

    Isroilning Eron zarbalaridan himoya qiluvchi mudofaa raketalari tugamoqda — WSJ

    18 iyun, 16:35

    Isroilning nozik nuqtasi: “Temir gumbaz” nega Eron raketalarini tutib qola olmayapti?

    18 iyun, 19:05

    Xitoy Eronga sirli samolyotlar jo‘natdi

    18 iyun, 18:50

    “Tehron muloqotga tayyor, ammo Vashingtonga ishonchini yo‘qotgan” — Eron TIV vakili

    18 iyun, 18:30

    Isroil operatsiya boshlanganidan beri Erondagi 1,1 mingta obyektga hujum qildi

    18 iyun, 19:27

    ABC: AQSH harbiy-dengiz kuchlarining kamida ikkita esminetsi Isroilni himoya qilishda ishtirok etmoqda 

    18 iyun, 20:50

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    “Isroil Trampni mojaroga tortmoqchi” — Avstriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri

    18 iyun, 20:30

    Putin Yaqin Sharqdagi mojaroda vositachi bo‘lishga tayyorligini tasdiqladi 

    18 iyun, 21:15

    Isroildagi turistlar uchun xavfsiz tarzda chiqib ketish maqsadida maxsus raqamli ro‘yxatdan o‘tish shakli joriy qilindi

    18 iyun, 21:35

    So‘rovnoma: 60 foiz amerikaliklar AQSHning Eron-Isroil mojarosiga aralashishiga qarshi

    18 iyun, 22:45

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi 

    18 iyun, 23:10

    Tramp Eronga hujum rejasini tasdiqladi, biroq yakuniy buyruqni bermadi — WSJ

    19 iyun, 08:31

    Eron Isroilga birinchi marta “Sejjil” raketasini uchirdi (video) 

    19 iyun, 09:20

    “Qiyomat kuni samolyoti” Vashington yaqinida ko‘rinish berdi 

    19 iyun, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.