Daryo

Isroil Bayrutga uyushtirgan hujumi oqibatida "Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrulloh halok bo‘lganini e’lon qildi 

"Hizbulloh"ning o‘zi hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi

1 daqiqa o‘qish9 328 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, Bayrutga uyushtirilgan hujum oqibatida "Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrulloh halok bo‘lgan.

Nasrulloh bilan birga “Hizbulloh”ning janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va guruhning bir qator boshqa qo‘mondonlari ham o‘ldirilgan.

Hujumda Dahiya hududidagi turar joy binolari nishonga olingan, "Hizbulloh" oliy qo'mondonligi o'sha yerda joylashgan bo'lgan.

Bundan tashqari, havo hujumi natijasida Hasan Nasrullohning qizi Zaynab ham halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Hasan Nasrulloh "Hizbulloh"ni 1992-yildan buyon 32 yil davomida boshqarib kelayotgandi.

"Hizbulloh"ning o‘zi hozircha rahbarining o‘limini tasdiqlamadi.

Buxorodanman. Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yil martidan beri musahhih lavozimida ishlayman va saytda chop etiladigan materiallar, katta maqolalarni tahrirlayman. Har yili “Sherlok”ning yangi va eski filmlarini ko‘rish uchun vaqt topaman. Rabg‘uziy qissalari ish stolimda turadi. Oxirgi o‘qigan kitobim “Hellados”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar