• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    May oyida Toshkent shahrida bir erkak ichki ishlar xodimini bo‘yniga pichoq tiqib, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Maʼlum bo‘lishicha, u ruhiy kasal bo‘lgan. Undan avvalroq — may oyi boshida Surxondaryodagi bozorda onasi bilan yurgan uch yoshli qizchani ruhiy xasta ayol pichoqlab, o‘ldirgandi. Toshkentda 12 yoshli qizga tashlanib, unga kuch ishlatgan ham ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turadigan yigit bo‘lib chiqqan. Shunday ro‘yxatda turuvchi yana bir ayol Sirdaryoda o‘qituvchiga zo‘ravonlik qilib, uni kaltaklagandi.

    Voqealar ketma-ketligi kishida shunday taassurot uyg‘otadiki, shikast yetkazuvchi, o‘zgalarni o‘ldirishgacha boradigan ruhiy kasallar oramizda xotirjam yuribdi. To‘g‘risi, qo‘rqasan kishi. Bolalaringdan, yaqinlaringdan va o‘zingdan ham xavotirga tushsan. Bunday ruhiy kasallar qanday qilib emin-erkin yuribdi, nega dispanserga yotqizilmaydi? Shu va shu kabi savollarga tibbiyot fanlari doktori, professor Zarifboy Ibodullayev javob beradi.

    Xo‘sh, ko‘cha-ko‘yda yurganda ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ro‘yxatida turuvchi kishilarni qanday aniqlash mumkin? Professor Zarifboy Ibodullayevning aytishicha, bunday kishilarni yurish-turishidan, kiyinishidan, o‘zini tutishidan bilib bo‘lmaydi.

    Ruhiy kasal odam kostyum-shimda, galstukda, chiroyli kiyinib yurishi ham mumkin. Hay-huy, deb baqirib, to‘polon qilib yuradiganlari ham bor. To‘satdan, bilmasdan oyog‘ini bosib qo‘yadi yoki oddiy savol berilsa, u qo‘pol javob beradi. Nariroq turing deb itarsa, darrov pichoqni tiqadi. Bunday shaxslar oddiy til bilan aytganda — jinni, bizning til bilan aytganda — shezofreniya.

    Aholi orasida yuradigan insonlarning qanchasi shezofreniya ekanligini oldindan bilib bo‘lmaydi. Ularning qanchasi o‘ziga javob bera olmaydigan insonlardir. “Men o‘ldirib qo‘ysam, meni qamashadi”, degan fikr ularda bo‘lmaydi, deydi professor.

    Qonunchilikka ko‘ra, aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Ruhiy xasta ayol bolani pichoqlab o‘ldirgani uchun, ichki ishlar xodimiga og‘ir tan jarohati yetkazgani, o‘qituvchini kaltaklagani uchun kim javob berishi kerak? Professorning taʼkidlashicha, ruhiy xasta bemorlarni dispanserlarda davolash va ularni “xavfsiz” bo‘lganida uyiga javob berish bo‘yicha tartiblar belgilangan. Yuqorida sanab o‘tilgan har bir holatni jiddiy o‘rganib, huquqiy baho berilishi kerak.

    Ro‘yxatda turgan ruhiy bemorlar, yaʼni xavfli guruhga kiruvchi ruhiy bemorlar aholi orasiga chiqib, nazoratdan chiqib ketsa, o‘sha hudud uchun masʼul xodimlar yuridik javobgarlikka tortilishi kerak.

    Ruhiy bemorlar bilan bog‘liq ayanchli voqealarga holatni o‘rganmay turib baho berish qiyin. Qayerdadir xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Ruhiy shifoxonadan u vaqtli chiqarib yuborilgandir? “Ijtimoiy xavfli guruhi”dan chiqdi, deb uyiga javob berilgandir? U qancha muddat davolandi, balki uni 5 oy muddatdan so‘ng yana qayta davolash kerak bo‘lgandir? Uni yotqizishmagandir, tashkiliy ishlarda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Ochiq bo‘limda maʼlum muddat yotgandan keyin nazoratga olindimi? Qaysi psixonevrolog nazoratidagi bemor edi? Shu kabi savollarga javob qidirilsa, ayb nimadaligi kelib chiqadi, dedi olim.

    Bunday holatlar davom etaveradimi, favqulodda chora ko‘rish vaqti kelgandir. Yana shunday voqealar takrorlanmasligiga kim kafolat beradi?

    Xavfli guruhga kiruvchi bemorlar qatʼiy nazoratga olinishi shart. Ular ochiq bo‘limga o‘tkazilayotgan paytda patapsixologik tekshiruvlardan o‘tkazish kerak. Yaʼni ularning shaxsiyatidagi qanday xavfli holatlar borligini bilish uchun psixologik tekshiruvlardan o‘tkazish maqsadga muvofiq. Shundan so‘ng ochiq bo‘limga o‘tkazish lozim.

    Odamlar ochiq aytyapti, ijtimoiy tarmoqlarda yozishyapti: Bizni kim himoya qiladi, xavfli ruhiy kasallar oramizda yuribdimi, biz o‘zimizni qanday asraymiz, qanday qilib farzandlarimizni muhofaza qilamiz, degan xavotirlar yo‘q emas. Shaxsan o‘zim ham bularni ko‘p ko‘raman va shu qatorda o‘zim ham xavotirdaman. Bularning tezkor yo‘l bilan oldini olib, poliklinika, maktab va mahallalarda psixologik masalalar bo‘yicha xona ajratib qo‘yish kerak. Ular aholi orasida ruhiy bemorlar borligini, sog‘lom odamlarni ham sog‘lomligini tekshiradigan tizim yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Ular grafik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi.

    Shuningdek, yashirin kechayotgan ruhiy kasalliklar maxsus testlar orqali bilib olinadi. Buning uchun bizga psixoprofilaktika bilan shug‘ullanadigan tibbiy klinik psixologlar zarur, dedi Zarifboy Ibodullayev.

    Yuqoridagi holatlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi izoh berganicha yo‘q.

    15 iyun, 22:42   Izoh (0)   3921
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ruhiy bemor#Zarifboy Ibodullayev#ruhiy-asab kasalliklari dispanseri#ruhiy xasta#tajovuz#ruhiy kasal

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda ikki nafar shifokorni ayovsiz kaltaklagan bemor va uning o‘rtoqlari qamoqqa olindi

    30.07.2024, 17:10

    Tushkunlik va xavotirni yengishda yordam beradigan 6 ta mahsulot

    09.10.2024, 14:50

    “OIV bilan yashaydiganlar ham oddiy inson” — Respublikadagi OITSga qarshi kurashish markazi mas’uli bilan suhbat (foto, video)

    02.12.2024, 15:36

    Tanada yallig‘lanish jarayoni ketayotganidan darak beruvchi simptomlar

    02.12.2024, 13:15

    Deputatlar 9 daqiqada maʼqullagan xarajatlar oshirilishi loyihasi, Toshkent viloyatidagi korxonada sodir bo‘lgan portlash, talabalar uchun belgilangan taʼtil mudda...

    05.12.2024, 22:50

    “Farzandim bilan sinaldim” — otasidan erta ayrilgan va “Bu mening onam” sabab ko‘pgina tuhmatlarga qolgan Malika Ravshanova 41 yoshda (foto, video)

    07.12.2024, 15:30

    O‘lim jazosiga hukm qilingan SSSR futbol yulduzi. U qanday qilib sportchidan haqiqiy jallodga aylangan?

    18 fevral, 21:04

    Skorseze hammamizni aldagan: “La’natlanganlar oroli”dagi Di Kaprioning qahramoni aqldan ozgan emas

    22 fevral, 12:55

    Mukammal qomatga erishish yo‘lida anoreksiyaga duchor bo‘lgan jahon yulduzlari

    9 aprel, 20:15

    Toksikomaniya nimasi bilan xavfli: nega aynan bolalar va o‘smirlar uning tuzog‘iga ilinmoqda? (video)

    19 may, 23:20

    Qo‘rqinchli tushlar inson sog‘lig‘i haqida nimalarni aytib bera oladi?

    2 iyun, 13:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.