Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi savdo majmuasida 6-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Arg‘un” MFYda joylashgan savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar 112 tizimi orqali FVBga soat 05:15 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.
Yong‘inda savdo majmuasining 200 kvadrat metr maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.
Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
1-may kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi texnopark hududida yong‘in chiqqandi. Hodisa oqibatida ikki kishi vafot etgan, yana 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Izoh (0)