Moskvaning “SSKA” rasmiy saytida Marko Nikolich bosh murabbiy etib tayinlanganini e‘lon qildi. Jamoa serbiyalik mutaxassis bilan kelishuvga erishdi, yaqin orada rasmiy shartnoma imzolanadi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Avvalroq rus OAV Nikolich “SSKA” bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar bergandi.
Eslatib o'tamiz, “SSKA” 2023—2024-yilgi mavsumni Rossiya Premyer Ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda yakunladi. 3-iyun kuni Moskva klubi Vladimir Fedotov jamoa bosh murabbiyligidan chetlatilganini e’lon qildi. Rossiyalik mutaxassis 2022-yilning yozida “SSKA”ni boshqaradi. Fedotov boshchiligida armiya jamoasi 2023-yilgi futbol bo‘yicha Rossiya kubogi g‘olibiga aylandi.
Rossiyada Marko Nikolich Moskvaning “Lokomotiv” klubidagi faoliyati bilan tanilgan. U klubni 2020-yildan 2021-yilgacha boshqargan. Shundan so‘ng Nikolich BAAda ishladi.
Izoh (0)