O‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Premyer Ligasi mavsumining birinchi qismida “SSKA”da eng yaxshi futbolchi deb topildi.
20 yoshli yarim himoyachi mutaxassislar, muxlislar va “armiyachilar”ning bosh homiysiz Apohteka vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz yig‘di.
Avvalroq, Abbosbek O‘zbekistonda 2023-yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi.
Joriy mavsum Fayzullayev RPL doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qildi.
Izoh (0)