Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasi 2020/21-yilgi mavsumining 1-tur o‘yinlari yakunlandi.
Chempionat tarixida ilk bor tur doirasida faqat bitta mezbon jamoa gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ishni o‘z uyida “Sochi”ni qabul qilgan “Spartak” uddaladi (2:2). Qolgan o‘yinlarda mezbonlar gol ura olmagan.
Shuningdek, bu turda mezbonlar bor-yo‘g‘i ikkita gol urgan (ikkisini ham “Spartak”). Bunaqasi liga tarixida bir marta kuzatilgan — 2006-yilgi mavsumning 19-turida.
Rossiya chempionatining 2-tur uchrashuvlari 14 va 15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
RPL
1-tur bahslari
8-avgust, shanba
“Ximki” — SSKA 0:2
“Tambov” — “Rostov” 0:1
9-avgust, yakshanba
“Ufa” — “Krasnodar” 0:3
“Arsenal” — “Axmat” 0:0
“Spartak” — “Sochi” 2:2
10-avgust, dushanba
“Ural” — “Dinamo M” 0:2
11-avgust, seshanba
“Rotor” — “Zenit” 0:2
“Rubin” — “Lokomotiv M” 0:2
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)