Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Joriy mavsum RPLning birinchi davrasining kashfiyoti kim bo‘ldi? Menga Abbosbek Fayzullayevning o‘yini juda yoqdi.
U chempionatning birinchi qismini ajoyib o‘tkazdi. Uning kelajagi porloq, juda aqlli o‘yinchi”, — deydi Syomin.
Abbosbek 2023/24-yilgi mavsum Rossiya Premyer Ligasi va Rossiya Kubogida 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 20 yoshli futbolchi RPLda ketma-ket ikki marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Fayzullayevning “SSKA” bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)