Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2-mayda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 20,16 so‘mga pastlab, 12 900,00 so‘m bo‘ldi;
- yevro 86,12 so‘mga tushib, 14 595,06 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,29 so‘mga pastlab, 157,32 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun pastlab, 12 920,16 so‘m bo‘lgandi.
2024-yilda so‘m nominal kursi dollarga nisbatan 4,7 foizga qadrsizlangan. 2023-yilda so‘m AQSH valyutasiga nisbatan 9,7 foizga, 2022-yilda 3,94 foizga zaiflashgandi.
Izoh (0)