• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Musiqa Shou-biznes

    “Sahnaga chiqishimga besh daqiqa qolganda kuchli hayajondan ovozim yo‘qolib qoldi” — G‘aybulla Tursunovning ilk konserti qanday o‘tdi?

    The cover up loyihasida tanilgan, “Yaxshi ko‘rardim”, “Janona”, “Yor” qo‘shiqlari bilan tinglovchilar qalbidan joy olib kelayotgan yosh ijodkor G‘aybulla Tursunov “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ikki kunlik ilk yakkaxon konsert dasturini muxlislari e’tiboriga havola qilyapti.

    Xonandaning ilk konserti bo‘lishiga qaramasdan u to‘rt mingdan ziyod tomoshabin qarshisida to‘liq jonli ijroda kuyladi. Sahna orti va dasturning eng qaynoq lavhalarini “Daryo” o‘z kamerasiga muhrladi.

    San’atkorning do‘stlari, ijoddagi hamkorlari, qo‘shiqchilar va oila a’zolari konsert oldidan unga iliq tilaklar bildirdi. Konsert ikki blokdan iborat bo‘lib, jami 19 ta qo‘shiq kuylandi. “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominatsiyasini olgan ijodkor Jasmin bilan “Dil” taronasi kuylandi. Jasmin sahnada G‘aybulla Tursunovning ilk konserti bilan tabriklab, o‘zi ham kelasi yilda konsert bermoqchiligini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov
    G‘aybulla aka bilan ko‘p tadbir va konsertlarda birga kuylaganmiz, ikkimizga ham jonli kuylash qiyin emas, qaytanga bizga jonli ijro yoqadi, deydi Jasmin. Yangi duet kuylamoqchi edik, ammo konsert tayyorgarligi bilan ulgurmadik. Shuning uchun o‘zimning repertuarimdan “Kumush nolasi” qo‘shig‘imni kuylab beraman.
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov

    Avvallari sho‘x-shodon qo‘shiqlar kuylagan, so‘nggi paytlarda jiddiy mavzulardagi qo‘shiqlari ko‘payganining sababi so‘ralganda xonanda shunday javob berdi:

    Ijodkor bir xil yo‘nalishda to‘xtab qolmasligi kerak, deb hisoblayman. Jiddiy mavzularda ham, kimlargadir “tegadigan” mavzularda ham va albatta, xalqbop qo‘shiqlar ham kuylayman. Faqat bitta mavzuda qo‘shiq aytish kerak emas, menimcha.

    Konsertga yaqinda kelin bo‘lgan Afruza turmush o‘rtog‘i bilan, Mushtariy Zafar, bloger va qo‘shiqchi Azoda, Dilshod Nazarov kelib xonandani debyut konserti bilan tabrikladi.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov

    Dastur barcha sevgan “Yaxshi ko‘rardim” qo‘shig‘i bilan boshlandi. Eng “bomba” bo‘lgan chiqish Jahongir Otajonov bilan kuylangan duet premyerasi bo‘ldi. Yosh san’atkorning ustozi o‘z repertuaridan eng raqsbop qo‘shiqlarini kuylab, zalni “oyoqqa turg‘azdi”.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov
    G‘aybulla Tursunov konsert so‘ngida barcha kutgan “Janona”ni muxlislari bilan birgalikda kuyladi, ular bilan suratga tushib, o‘zi ham “yondi”, zalni ham “yondirdi”. Hattoki, dastur tugab, pardalar tushirilgandan so‘ng ham qo‘lidan mikrofonini qo‘ymay, “Janona”sini kuylab turdi.

    Emotsiyalar ichidagi, konsert berganiga o‘zi ham ishonmagan xonanda o‘z taassurotlari haqida jurnalistlarga to‘lib-toshib gapirib berdi.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov
    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov

    Xalq xizmatlari, tadbirlarda doim jonli kuylayman, shu sababli konsertim ham to‘liq jonli bo‘lishini xohladim. Minglab insonlar oldida jonli aytish sal qiyinroq bo‘larkan-u, ammo doim jonli ijro tarafdoriman. Birinchi kunda barcha past-balandni ko‘rib oldim, qo‘shiq so‘zlarida biroz adashib ham ketdim, texnik va hayajonlanganda bo‘ladigan xatolarni ertaga qilmayman, deb umid qilaman.

    Men ijrochiman, so‘zga usta emasman. Shu sababli ham tomoshabinlar muloqot biroz kamroq bo‘lib qoldi. Jonli ijrodagi konsertda xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham baribir improvizatsiya, dasturdan chetga chiqish holatlari bo‘larkan. Ssenariy qolib, sahnada boshqa kutilmagan holatlar bo‘lib ketdi. Tomoshabinlar orasidan bir qiz chiqib raqsga tushib berishi kerak edi, lekin umuman boshqa qiz chiqib oldi, shokka tushib qoldim (kulib).

    Konsert boshlanishidan besh daqiqa oldin qattiq tayyorgarliklar ta’siri va kuchli hayajondan ovozim yo‘qolib qo‘ldi. Shifokorlar chaqirib, tinchlantiruvchi ukollar olib sahnaga chiqdim.

    Jahongir Otajonov, ustozim bilan duet taklifi u kishidan chiqdi. Vatan haqida qo‘shig‘ing yo‘q ekan, menda bor, beraman dedilar va shu bilan duet kuyladik. Bundan keyin ham ijodiy hamkorliklar to‘xtamaydi.

    Aslida o‘nta hit tarona chiqarganimdan so‘nggina konsert beraman, deb niyat qilgandim. Lekin jamoam bilan gapdan gap chiqib hazillashib konsert bermaymizmi, degan gapimni ushlab olishdi shu bilan qolgani tezlashib ketti. Bir kun avval ham konsertim bo‘lishiga ishonmagandim, hozir siz bilan gaplashib turib endi his qilyapman. Hattoki, zal to‘lishiga ishonmagandim, o‘zimning yaqinlarim, tanishlarim bilan 200 tacha odam bilan konsert o‘tkazsam kerak, deyotgandim.

    “Nargiz”, “Ko‘cha” qo‘shiqlarimni avval qatnashgan loyihalarimda kuylaganimdayoq muxlislarga yoqqandi. Premyera qo‘shiqlarim ham qalblardan joy olib, hit darajasiga ko‘tariladi, deb umid qilaman. Nasib qilsa, kelasi yil uch kun konsert bermoqchiman” deydi yosh xonanda.

    Foto: “Daryo” / Ulug‘bek Xudoynazarov

    Konsert reportajini to‘liq holatda Daryo Lifestyle YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    26.11.2024, 22:17   Izoh (0)   67973
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #G‘aybulla Tursunov#“Janona”#Jasmin#Afruza#Xalqlar do‘stligi#Jahongir Otajonov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Ra’no Shodiyeva xonadonida to‘y, Feruza Normatovaning jahli chiqdi, Malika Ravshanova Shahzoda Muhammedovani yig‘latdi

    18.08.2022, 22:21

    Instagram: Qimmatbaho mashina xarid qilgan Muqaddas Xoliqova, fonogramma “uyaltirib qo‘ygan” Botir Qodirov, “kasbini o‘zgartirgan” Muqaddas Sa’dullayeva

    19.08.2022, 22:06

    Instagram: Eridan pul olmaydigan Asal Abdullayeva, Shahnoza Otaboyevaga atalgan syurpriz, Parizodaning telefoni topildimi?

    21.08.2022, 22:16

    Alisher Uzoqov 38 yoshda: Otasining o‘limidan so‘ng akasini topgan, 10 yil “prava”siz mashina haydagan aktyor va xonandaning hayot yo‘li haqida (foto)

    25.08.2022, 19:42

    Instagram: Oyog‘ini jarohatlagan Parizoda, Ulug‘bek Rahmatullayevdan yangi qo‘shiq, kunini bog‘chada o‘tkazgan Lola

    29.08.2022, 22:40

    Instagram: O‘g‘lining to‘yida san’atkorlar ustidan dollar sochgan Abdulla Qurbonov, turmushga chiqayotgan Ruxshona, Jahongir Xo‘jayev Umra safarida

    03.09.2022, 22:39

    Instagram: Madinada o‘zbek muxlisasidan sovg‘a olgan Feruza Normatova, tug‘ilgan kunini nishonlagan xonanda Asal, garderobini ko‘rsatgan Malika Ravshanova

    12.11.2022, 22:45

    Yulduz Usmonovaning nazariga tushgan Malik uysiz yashagani, pulsizlikdan sevimli qo‘shig‘ini sotgani va uni mensimagan yulduzlar haqida

    18.02.2023, 22:18

    “O‘g‘lingizdan drama aktyori chiqmaydi, deyishgan” — go‘dakligida debyut rolini yaratgan, depressiyaga tushgan va otasining o‘limidan so‘ng akasini topgan Alisher

    29.08.2023, 19:41

    Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qizi Zinnuraga uylandi (foto, video)

    19.09.2023, 21:36

    Instagram: Valijon Shamshiyev 11-marta ota bo‘ldi, Lolaning qizi san’atga kirib kelmoqda, Rayhon Ulasenovaning onasiga kutilmagan sovg‘asi

    10.07.2024, 10:42

    “Setora” dan “Sahar”gacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi? 

    21.11.2024, 17:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.