O‘zbekiston U-23 terma jamoasi hamda Toshkentning “Paxtakor” klubi a’zosi Saidumarxon Saidnurillayev yozda Angliyaning “Kuins Park Reynjers” (“KPR”) jamoasi yig‘inida qatnashadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.

Hozircha uning transferi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar oshkor qilinmagan. “KPR” Angliya Chempionshipida ishtirok etmoqda. Jamoa 45 uchrashuvdan keyin 53 ochko to‘plagan holda 15-pog‘onani band etgan.
Ma’lumot uchun, 2005-yil 13-aprel kuni Andijon viloyatida tug‘ilgan futbolchi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumchi O‘zbekiston Superligasidagi debyutini 2023-yil oxirida “Surxon”ga qarshi bahsda amalga oshirgan.
Saidnurillayev fevral oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan U-20 Osiyo Kubogida ham munosib ishtirok etib, 4 uchrashuvda o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 ming yevroga baholagan. Hujumchi 2025-yilgi mavsumda “Paxtakor” tarkibida hali maydonga tushmadi.
Izoh (0)