Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik bog‘i hududida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdi.





Oliy martabali mehmon O‘zbekistonning boy madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy sanʼat namunalari bilan tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.





Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-aprel kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tantanali ravishda ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston prezidenti kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish va madaniy tadbirlarda birgalikda ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Muzokaralarda O‘zbekiston—Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bugun birgalikda Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.
Izoh (0)