“Real” APLdan 4 nafar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqda.
Madrid klubi Trent Aleksander-Arnold, Rodri va Uilyam Saliba yoki Kristian Romeroni kuzatmoqda, deya xabar beradi The Independent.
Rodri — “qaymoqranglilar”ning asosiy transfer maqsadi. “Real” “Manchester Siti”ning 115 ta moliyaviy qoidabuzarliklari bo‘yicha olib borilayotgan ishni kuzatib turibdi. Bu transferga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Yarim himoyachining o‘zi ham Ispaniyaga qaytishga qarshi emas.
Trent esa hali “Liverpul” bilan shartnomasini uzaytirmagan. Futbolchi joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin.
“Real” Salibadagi iqtidorga ishonmoqda. Biroq shu bilan birga “Arsenal” futbolchisini sotib olish qiyin bo‘lishini tushunmoqda. Alternativ variant sifatida “Tottenhem” a’zosi Kristian Romero ham ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)