Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi xususiy LOR klinikasida 11 yoshli bolaga “proba”siz ukol qilinib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bola sportchi bo‘lgani, qulog‘i og‘rib, otasi bilan klinikaga murojaat qilgani aytilmoqda. Tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, bola vafot etgach, klinikada 13 kun davomida reanimatsiyada saqlangan. Bolaning o‘limi oshkor bo‘lgach, klinika rahbari bolaning ota-onasiga 30 ming dollar berib, vaziyatni tinchitmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, 11 yoshli bola vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda masʼul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshirish davom etmoqda.
Izoh (0)