Sanepidqo‘mita tavsiyaga ko‘ra, yengil jismoniy ish uchun havo harorati kamida 21 daraja va nisbiy namlik esa 40-60 foiz bo‘lishi lozim.
Ta’lim muassasalari o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘yicha havo harorati quyidagicha bo‘lishi kerak:
- o‘rtacha og‘irlikdagi ish uchun — kamida 17 daraja;
- og‘ir jismoniy ish uchun — kamida 16 daraja;
- fizika laboratoriyalari uchun harorat 18-21 daraja oralig‘ida.
Avvalroq Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti ilmiy tadqiqotchilari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida “Siz qaysi mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilasiz?” va “Qaysi mahsulotlarni iste’mol qilishingizga ota-onangiz ruxsat bermaydi?” degan savollar bo‘yicha so‘rov o‘tkazgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)