• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Zelenskiy va Tramp mojarosi: tasodifmi yoki rejalashtirilgan pistirma? Ekspertlar fikri

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 28-fevral kuni Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens bilan uchrashuvi diplomatik mojaro bilan yakunlangan edi. Tramp Zelenskiyni Rossiya bilan urushni tugatishni istamaslikda, Vens esa uni AQSHni hurmat qilmaslikda aybladi. Janjal tufayli tomonlar Ukrainadagi foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni imzolamadi.

    Foto: Getty Images

    Meduza mojaro kim tomonidan boshlangani va u rejalashtirilgan yoki yo‘qligi haqida turli ekspertlarning fikrlarini to‘pladi. Ko‘pchilik Donald Tramp va Jey Di Vensni janjal sababchilari deb hisoblaydi. Ayrimlar AQSH vakillari Zelenskiyga hujum qilgan desa, boshqalar mojaroning o‘zi oldindan rejalashtirilgan, deb ta’kidlamoqda.

    Sem Grin

    britaniyalik siyosatshunos, London Qirollik kolleji qoshidagi Rossiya tadqiqotlari instituti xodimi

    Bu tasodifiy falokat emas. Myunxendan boshlab (Tramp atrofidagilar) Ukrainani qanday qilib tuzoqqa tushirish haqida suhbat qurmoqda. Agar haqiqiy tinchlik kelishuviga erishish imkonsiz bo‘lsa, kimnidir aybdor qilib ko‘rsatish kerak edi. Bu kimdir, katta ehtimol bilan, ukrainaliklar bo‘lishi kerak edi.

    Fillips O‘Brayen

    amerikalik tarixchi va Shotlandiyadagi Sent Endryus universitetining Xalqaro munosabatlar maktabi rahbari

    Tramp Zelenskiyga bosim o‘tkazib, uni Putinga qulay shartlarda tinchlik kelishuvini imzolashga majburlamoqchi bo‘ldi. Zelenskiy rad etdi. Oxirida Tramp buni ochiqchasiga aytdi... (Trampning fikricha) Ukraina sukut saqlab, Tramp va Putin shartlarini qabul qilishi kerak.

    Devid Remnik

    The New Yorker nashri bosh muharriri, jurnalist va yozuvchi

    Davlat rahbarlari bunday ishlarni o‘z-o‘zidan qilmaydi. Ular (Tramp va Vens) oxirgi savolni kutishdi. Vitse-prezident Zelenskiydan minnatdorlik bildirishni talab qildi. Zelenskiy avval ham AQSHga bir necha bor minnatdorlik bildirgan, jumladan, o‘sha uchrashuvda ham — ham yopiq doirada, ham odamlar orasida. Ammo bu faqat jirkanch namoyish uchun bahona edi, xolos.

    Kerrin Vasbi Anderson

    Kolorado shtati universitetining kommunikatsiya tadqiqotlari professori

    Trampning ittifoqchilar va raqiblari ustidan hukmronlik qilishga bo‘lgan haddan tashqari ishtiyoqi, ehtimol, uni muzokaralarni buzishga undadi — aynan Zelenskiy sadoqat bildirishdan bosh tortgan paytda. Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvni o‘zining vositachi va yarashtiruvchi sifatidagi ko‘zbo‘yamachilik jasoratini namoyish etish uchun uyushtirgan. Buni kinolardagi mafiya boshliqlarining xatti-harakatlariga qiyoslash mumkin.
    Ular, MAGA ishtirokchilari singari, sodiqlikni talab qiladigan, zo‘ravonlikni keltirib chiqaradigan va korrupsiyani rag‘batlantiradigan chuqur patriarxal va avtokratik madaniyatni ifodalaydi. Prezident va vitse-prezident Zelenskiyni kamsitish, qo‘rqitish va haqoratlashda zo‘ravonlarning tili va ritorikasidan foydalanishdi. Ular boshqa davlat rahbarini o‘zlari oldida tiz cho‘ktirishga urinishdi. Ularda intizom va odob-axloq yetishmasligi ham muzokaralar natijasiga ta’sir ko‘rsatdi.

    Jeyms Lendeyl

    BBC'ning diplomatik masalalar bo‘yicha muxbiri

    Vensning AQSHga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbariga nisbatan hujumkor munosabati vitse-prezident uchun g‘ayritabiiy xatti-harakatdir. Odatda vitse-prezidentlarning vazifasi saylovlarda g‘alaba qozonishga ko‘maklashish va so‘ngra rahbar yonida sukut saqlab o‘tirishdan iborat. Biroq Vens Trampning birinchi vitse-prezidenti, ancha diplomatik bo‘lgan Maykl Pensdan tubdan farq qiladi. Ko‘pchilik Vensning asosiy vazifasi Trampning ko‘p jihatdan instinktlarga asoslangan tashqi siyosatini oqlash deb hisoblaydi. Chamasi, u Tramp ma’muriyatida baqiroq rolini o‘z zimmasiga olgan va endi raqiblarga nisbatan prezidentdan ham ko‘ra keskinroq hujumlar qilmoqda.

    Mark Kelli

    demokrat siyosatchi, Arizona shtatidan senator

    Jey Di Vens go‘yo (Trampga) aytmoqchi bo‘lgandek ko‘rinardi: “Ey, dada, ko‘ring, men qanday qila olaman!” Bu esa vaziyatni yanada yomonlashtirdi. Bunday muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tkazilishi kerak edi.

    Gretxen Karlson

    amerikalik jurnalist, sobiq Fox News va CBS News boshlovchisi

    Hatto Tramp ham bu (Zelenskiy bilan suhbat) ajoyib tomoshaga aylanganini ta’kidladi. Bu uning og‘zidan bexosdan chiqib ketgandek tuyuldi. Menimcha, bu avvaldan uyushtirilgan va rejalashtirilgan edi. Tramp va Vens birinchi navbatda Amerika xalqi oldida o‘zlarini namoyish qilayotganliklarini bilishardi. Agar ijtimoiy tarmoqlarga nazar tashlasangiz, odamlarning “Amerikani qaytarib oldik” va “Amerikani yana buyuk qildik” deb quvonayotganlarini ko‘rasiz.

    Artyom Bronjukov

    ukrainalik siyosatshunos

    Bu qandaydir muzokaralar edi, deb aytish qiyin. Bu Zelenskiyni provokatsiya qilish, obro‘sizlantirish, Ukraina va jamiyat tayyor bo‘lmagan kelishuvlarni imzolashga majburlash uchun unga qarshi maqsadli hujumga o‘xshardi. Vens Zelenskiyni ukrainaliklar yetarlicha minnatdor emasligida aybladi. Ammo bu noto‘g‘ri ekanini hamma tushunadi. Zelenskiy Amerika xalqi Ukraina uchun ko‘p ish qilganini doim takrorlaydi va ta’kidlaydi.

    Yuqoridagi fikrlarga qarshilar ham bor. Go‘yoki Ukraina prezidenti o‘zini noo‘rin tutdi va mojaro uchun javobgarlik uning zimmasida.

    Nayjel Faraj

    Britaniya parlamenti a’zosi va Yevroparlamentning sobiq deputati, Britaniyaning ultrao‘ng “Birlashgan Qirollikni isloh qilish” partiyasi rahbari

    Agar Oq uyga kelsam, kostyum-shim va toza botinka kiyib olganimga ishonch hosil qilgan bo‘lardim. Agar Zelenskiy bu uchrashuvga ijobiy kayfiyatda borayotgan bo‘lsa, balki bu haqda o‘ylab ko‘rishi kerakdir. U amerikaliklarga meni qo‘llab-quvvatlamasalaring holim nima kechadi, deb o‘zini juda ahmoqona tutdi. Albatta, Vens va Tramp tashlanishdi, lekin menimcha, diplomatiya nuqtayi nazaridan Zelenskiy o‘zini juda yomon ko‘rsatdi. Mehmonim uyimda menga qo‘pollik qilishini istamasdim. Mehmon o‘zini hurmat bilan tutishini istardim.

    Jek Kin

    AQSH armiyasining iste’fodagi generali va Fox News tahlilchisi va Urushni o‘rganish instituti raisi

    Ular (Zelenskiy va Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak) o‘z pozitsiyalarini Amerika xalqiga taqdim etishga va shu orqali Putinga bosim o‘tkazib, uni chekinishga majburlashga qaror qilishdi. Zelenskiy Putin yovuz ekanini ko‘rsatish uchun sinovdan o‘tgan askarlar haqida gap boshladi. Shundan so‘ng u o‘z fikrini davom ettirish uchun imkoniyat izlay boshladi. Unga Tramp kabi (ko‘p) savol berilmadi, shuning uchun u prezidentga (AQSH) berilgan savollardan keyin gapira boshladi. U oldingi safga chiqish uchun agressiv harakat qildi. U Trampga Putinga ishonib bo‘lmasligi va u buzgan sulhlar haqida ma’ruza qildi.
    Zelenskiyning bu uchrashuvdagi maqsadlari Trampnikidan keskin farq qilardi. Zelenskiyga bu yerda eng muhimi ular tuzmoqchi bo‘lgan bitimni nishonlash va amerikaliklarga bu Ukraina hamda AQSH uchun nima uchun foydali ekanini tushuntirish kerakligi uqtirilgandi. Ma’muriyatning rejalari shunday edi, biroq Zelenskiy butunlay boshqa narsani istardi. Tramp va Vensni Zelenskiyning aytganlari emas, balki u buni qayerda va qachon aytgani g‘azablantirdi. Uning Amerika xalqini boshqarishga urinishi ularning g‘azabini keltirdi.

    Aleksey Goncharenko

    ukrainalik deputat

    Amerika rasmiylari qilayotgan ishlarga baho berishga haqqim yo‘q deb o‘ylayman. Ukraina fuqarosi sifatida aytishim mumkinki, Zelenskiy nimani eshitganidan qat’i nazar, xotirjam bo‘lishi va bahsga bormasligi kerak edi. U biz hamkorlik va muloqot qilishni xohlashimizni, Qo‘shma Shtatlar bilan hech qanday muammo bo‘lishini istamasligimizni aytishi kerak edi. AQSH bizning ittifoqchimiz bo‘lishini istaymiz. Men Zelenskiyning prezident sifatida ancha diplomatik va konstruktiv bo‘lishini istayman.

    Mixail Xodorkovskiy

    YUKOSning sobiq egasi va Putin rejimining faol tanqidchilaridan biri

    Men prezident Zelenskiyning og‘riqli holatini va o‘zidan kuchliroq bosqinchi oldidagi ojizligidan tushkunlikka tushganini tushunaman. Biroq biznesdan olish mumkin bo‘lgan og‘ir saboq shuki: sizning muammolaringiz faqat o‘zingizniki. Agar boshqa tomon sizga yordam berishini istasangiz, o‘z muammolaringizni unutib, ularning muammolariga e’tibor qarating. Bu muammolarga o‘zingizning emas, ularning ko‘zi bilan qarang. Ularga o‘z muammolarini hal qila olishingizni ko‘rsating. Zelenskiy bu vazifani bajara olmadi. U Tramp saylovchilarining bu vaziyatni qanday ko‘rayotganini e’tibordan chetda qoldirib, adolat va Yevropa haqida ochiqchasiga gapirdi.

    Shu bilan birga, ko‘pchilik ziddiyat shunchaki tomonlarning asosiy qarama-qarshiliklarini ochib berganini aytmoqda

    Aleksandr Baunov

    Rossiya va Yevrosiyoni o‘rganish bo‘yicha Berlin Karnegi markazining katta ilmiy xodimi

    Men bu hodisaning ibtidoiy ma’noda qandaydir pistirma yoki tuzoq bo‘lganini ko‘rsatadigan hech qanday dalilni ko‘rmayapman. Biz jonli efirda ko‘rgan munosabatlarning buzilishi taraflar harakatiga qarab ro‘y berishi ham, oldi olinishi ham mumkin edi.

    Dmitriy Kolezev

    rossiyalik jurnalist, Republic nashrining sobiq bosh muharriri

    Eng aniq va oddiy variant — bu Vladimir Zelenskiy, Donald Tramp va Jey Di Vensning tasodifiy xatti-harakatlari. Bu xulq-atvor Zelenskiyda ham, ko‘plab boshqa ukrainaliklarda ham mavjud bo‘lgan Tramp siyosatiga nisbatan chuqur va asosli norozilikni namoyon qildi. Oval kabinetdagi voqea, avvalo, Tramp va Vensning xatti-harakatlari nuqtayi nazaridan jirkanch edi.

    Ular tajovuz qurboni bo‘lgan, mavjudligi xavf ostida qolgan davlat rahbariga tanbeh berishga urinishdi. Ular kuch mavqeyida, o‘z hududlarida turib, yordam so‘rab kelgan insonni kamsitishdi. Shunday bo‘lsa-da, Zelenskiy yanada ehtiyotkorroq bo‘lishi mumkin edi. Agar u shunchaki tanbeh va mulohazalarni tinglagan va ularga xotirjamlik bilan javob berganida, o‘z nuqtayi nazarini asosli tarzda tushuntirishi va ko‘proq narsaga erishishi mumkin edi.

    Kemi Badeno

    Britaniya Konservativ partiyasi yetakchisi

    Bunday murakkab suhbatlarni kameralar oldida o‘tkazish to‘g‘ri emas deb o‘ylayman. Prezident Zelenskiy qahramon ekanligini unutmasligimiz lozim. U Ukraina xalqining kuch-qudrati va jasoratini mujassam etadi. Bu (Tramp va Vens tomonidan) poylab turib qilingan hujum emas deb o‘ylayman. Menimcha, har ikki tomon ham o‘z milliy manfaatlari doirasida harakat qilmoqda. Ular hozir turli narsalar haqida gaplashayotganga o‘xshaydi. Ingliz tili (Zelenskiy uchun) ona tili emasligi ham vaziyatni yaxshilamagan bo‘lsa kerak. Men savdo vaziri bo‘lgan paytimda, Sharqiy Yevropadan kelgan ko‘plab delegatsiyalar muzokaralarni tarjimon yordamida olib borishardi.
    4 mart, 10:45   Izoh (0)   7244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Zelenskiy#Tramp#Ukraina

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zelenskiy tinchlik bo‘yicha kelishuvga tayyor emas” — Tramp

    1 mart, 10:25

    “Tramp va vitse-prezident bu ahmoqning basharasiga musht tushirmagani vazminlikning oliy namunasidir” — Mariya Zaxarova Zelenskiy haqida

    1 mart, 12:23

    “AQSH Ukrainaga har qanday harbiy yordamni to‘xtatadi” — Oq uy matbuot kotibi

    1 mart, 13:27

    AQSH yordamining to‘xtatilishi Putinning g‘alabasiga olib kelishi mumkin — ISW

    2 mart, 17:20

    London va Parij Ukrainadagi urushni to‘xtatish rejasini tayyorlaydi

    2 mart, 18:25

    Tramp janjaldan so‘ng Zelenskiy uchun tayyorlangan tushlikni yedi 

    2 mart, 19:20

    “Tramp erkinlik uchun kurashayotgan xalqni emas, qotil diktatorni yoqlamoqda” — huquq himoyachisi

    2 mart, 23:15

    Zelenskiy Tramp bilan munosabatlarni tiklash ehtimolini baholadi

    3 mart, 08:32

    Tramp administratsiyasi Zelenskiy bilan munosabatlarni tiklash shartini aytdi

    3 mart, 09:34

    “Ukraina xavfsizlik kafolatlari evaziga Rossiyaga hududiy yon bosishi kerak” — Tramp maslahatchisi 

    3 mart, 11:25

    “Rossiyaning Ukrainaga tajovuzkor bosqinchiligi o‘zini oqlashi ham mumkin” — Alisher Qodirov

    3 mart, 13:15

    Tramp jamoasi Zelenskiyning iste’foga chiqishini talab qilmoqda — Bloomberg

    3 mart, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40

    Madura bo‘g‘ozi tubidan qadimgi hayot izlari topildi

    Dunyo | 16 may, 23:30

    Toshkentdagi go‘zallik salonida ayolning yuzi 80 foiz kuydirib qo‘yildi

    O‘zbekiston | 16 may, 23:16

    Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub etdi

    Sport | 16 may, 23:06

    Dunyoning eng badavlat insonlarning rafiqalari qanday ko'rinishda?

    Layfstayl | 16 may, 23:05

    Fransiyada 200 dan ortiq fermer cheklovlarni bekor qilish uchun namoyishga chiqdi

    Dunyo | 16 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.